Tayanch tushunchalar lug„ati:
Didaktik tashhisning maqsadi – o‗quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog‗liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilish.
Nazorat – ta'lim oluvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini aniqlash, o‗lchash va baholash.
Hisobga olish – ta'limning muayyan davrida o‗quvchilar va o‗qituvchi faoliyatini umumlashtirish asosida xulosalash.
Joriy nazorat – muayyan mavzularning o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirilish darajasini ta'lim jarayonida muntazam ravishda nazorat qilish.
Oraliq nazorat – ma'lum o‗quv fani yuzasidan muayyan mavzular bo‗yicha
o‗quvchilarning bilimlarini aniqlash (yozma, og‗zaki va test shaklida o‗tkaziladi).
Yakuniy nazorat – chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan mavzular to‗liq
o‗tib bo‗lingach, o‗tilgan mavzular bo‗yicha yozma, og‗zaki, test shaklida o‗tkaziladi.
Reyting - baholash, tatibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‗yicha baholash.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‗rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Nazorat uchun savollar:
Ta'limni tashhis etish nima? Uning mohiyati haqida gapirib bering.
Ta'limni baholash yoki tekshirish va tashhis o‗rtasidagi farq nimalarda ko‗rinadi?
Nazorat va tekshirish tushunchalarini izohlab bering.
Tekshirish tizimi qanday bosqichlardan tashkil topadi?
Nazorat (tekshirishdan tashqari) o‗z ichiga qanday tushunchalarni oladi? Ular haqida ma'lumot bering.
O‗quvchilarning o‗zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga e'tibor berish lozim?
Ta'lim jarayonini nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?
Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‗yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat?
O‗quv faoliyati natijalarini hisobga olishning turlari va ularning vazifalarini ko‗rsatib bering.
O‗quvchilar faoliyatini hisobga olishning qanday metodlarini bilasiz? Ularning har biri haqida ma'lumot bering.
Reyting tizimi nima? U qanday afzalliklarga ega?
qaysi sabablarga ko‗ra besh balli baholash mezoni o‗zini oqlamadi?
O‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini baholash mezonlari qahida ma'lumot bering.
Test topshiriqlari:
1. O‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini tekshirish quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish;
v) o‗qitish, tashkil etish, tizimlash;
s) nazorat qilish, o‗qitish, tarbiyalash;
d) umuminsoniy, gumanistik, demokratik.
2. O‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarining yakuniy nazorati nima?
a) o‗quvchilardan so‗rash;
v) yangi bilimlarni mustahkamlash vaqtida so‗rash;
s) bo‗lim yakuni, yarim yil yoki o‗quv yili oxirida so‗rash;
d) dars yakunida so‗rash.
Do'stlaringiz bilan baham: |