11-MAVZU: MAKTABNI BOSHQARISH VA UNGA
RAHBARLIK QILISH
Reja:
1. Maktab ishini rejalashtirishning ahamiyati.
2. Maktab ish rejasining turlari.
3. Maktab ish rejasining asosiy ishlari.
Tayanch iboralar: Reja, maktab, ish reja, o‘qituvchi, o‘quv yili, attestasiya, tarbiyaviy ish, metodik ishlar, tashkiliy ishlar.
Hozirgi davrning muhim talablaridan biri maorif tuzilishini takomillashtirish, umumiy ta’lim, mehnat va kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish, ta’limning faol shakllari va usullarini, texnika vositalarini yana ham kengroq qo‘llash, ta’lim-tarbiya birligi, oila, maktab va jamoatchilikning mustahkam aloqasini sobitqadamlik bilan amalga oshirish lozimligidir. Maktabni boshqarish jarayoni bilim o‘choqlarini rejalashtirish komplektlash, mehnat tarbiyasi va ta’limi uchun sharoitlar yaratishlarni o‘z ichiga oladi. Unda o‘quv-tarbiya ishlari tizimini rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish ham alohida o‘rin tutadi.
Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishning keng ko‘lamdagi ijtimoiy dasturi bo‘lib hisoblangan asosiy qilinadi g‘oyalari amalga oshirilayotgan hozirgi vaqtda maktab ishlarini barcha buginlarda rejalashtirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlarini yagona reja asosida olib borish - boshqarish samarali uslubining ajralmas qismidir. Bizningcha, har bir boshqarish vositasi faoliyatida muayyan tizimning bo‘lishi shart. Buning ma’nosi shundan iboratki, bu ish tasodifiy, biriga aloqasi bo‘lmagan tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, balki aniq sharoitni, vaziyatning xususiyatini hamda butun maktab jamoasi oldida, shuningdek, uning ayrim buginlari oldida to‘rgan vazifalarning xususiyatlarini qat’iy hisobga olish negizida ishlab chiqilgan, qat’iy suratda tartibga solingan, bir-biri bilan bog‘langan va chuqur o‘ylab ko‘rilgan tadbirlar yig‘indisidan iborat.
Reja bilan ishlash oldindan ko‘ra bilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Har qanday vazifani muvaffaqiyatli bajarish, tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan, xalq maorifi va maktab ishiga oid bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘ri rejalashtirish mahoratiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Xalq ta’limi bo‘limining ishini, jumladan maktab ishini rejalashtirish avvalo uning vazifalarini, faoliyat mazmuni va usullarini aniqlashdan iboratdir. Maktabda tuzilgan ish rejasi mazkur maktab pedagoglari jamoasi har bir a’zosining tizimida ifodalangan davlat topshirig‘idir.
To‘g‘ri tuzilgan ish rejasi xatoga yo‘l qo‘yishdan asraydi hamda ilgari yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tugatishni ham ta’minlaydi. Yanada soddalashtirilgan holda bayon qilinadigan bo‘lsa, rejalashtirish - har bir pedogogning kelgusida qanday vazifalarni bajarishi zarurligini yaqqol ifoda etish bilan birga pedagogdan mazkur vazifalarni bajarishga tayyorgarlik talab etadi.
To‘g‘ri tuzilgan reja rahbarlar uchungina emas, ayni vaqtda maktab muallimlari jamoasining har bir a’zosi uchun ham yo‘l ko‘rsatuvchidir. Shu sababli maktab ishini rejalashtirish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim o‘rin egallaydi. Agar maktab ishi har tomonlama to‘kis, mukammal, atroflicha tuzib chiqilgan bo‘lsa mazkur reja asosida ish tashkil etish bir muncha oson kechadi, maktab jamoasining har bir vakilini mehnatga bo‘lgan munosabatini ijobiy yuksaltiradi, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini ifoda etishlariga kengroq imkoniyatlar yaratib beradi.
Maktablarning ish rejalarida o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish, maktabning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya ishining dolzarb masalalariga qaratilgan turli mavzularda seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, maktab o‘qituvchilarining pedagogik o‘qishlarini aks etishi dolzarb vazifadir.
Har bir umumiy ta’lim maktablari uchun shartli ravishda qabul qilingan ish rejalari mavjud. Ular quyidagi rejalardir:
- Maktabning ma’lum davrga mo‘ljallab (bir yoki ikki besh yillik uchun) tuziladigan ish rejasi. Buni maktabning istiqbol ish rejasi deb ataladi. Bunday ish rejasi umummaktab xalq-xo‘jalik reja-ko‘rsatkichlari asosida tuziladi hamda maktabning ma’lum davrga rivoji (qancha sinf xona, o‘qituvchilar soni, o‘quvchilar soni, maktab qurilishlari va h.k.) turli raqamlar asosida ko‘rsatiladi;
-Maktabning bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi maktab ish turlari asosida tuziladi.
Maktabning joriy ish rejasi.
Mazkur reja maktabning bir o‘quv yiliga mo‘ljallab tuzilgan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga:
- maktab direktori va uning o‘rinbosarlarining bir o‘quv yiliga mo‘ljallab tuzadigan ish rejalari;
- maktabda fanlar bo‘yicha tashkil etilgan metodik birlashmalarning ish rejalari;
- sinf rahbarlarining ish rejalari;
- fan to‘garaklari va kuni uzaytirilgan guruh rahbarlarining ish rejalari;
- maktab kutubxonasining ish rejasi;
- maktab ustaxonasining ish rejasi;
- maktab ota-onalar komitetining ish rejasi;
- maktab vrachi va hamshirasining ish rejasi;
- har bir boshlangich va fan o‘qituvchisining taqvim bo‘yicha hamda kundalik darsni o‘tkazish rejasi kabi rejalar kiradi.
Shunga alohida etibor qaratish lozimki, rejani to‘g‘ri tuzish bilan ish bitmaydi. Ishning muvaffaqiyati shu rejani qanday usulda, qanday shaklda amalga oshirishga, unda belgilangan tadbirlarni hayotga tadbiq etish mahoratiga ko‘p jihatdan borliq. Maktab rejasini amalga oshirishda qo‘yidagilar muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi:
1) Maorifning yuqori tashkilotlari, xalq ta’limi bo‘limlari va maktabga yakin bo‘lgan turli muassasalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatilganligi;
2) Boshqarish va rahbarlik ishiga bilimdon, o‘ta halol, ishbilarmon va ma’muriy qobiliyatga ega bo‘lgan pedagog xodimlar jalb etilganligi;
3) Xodimlar o‘rtasida ish taqsimotining to‘g‘ri tashkil etilganligi;
4) Rahbar xodimlardan tortib eng quyi ijrochigacha umumiy rejadan kelib chiqadigan shaxsiy (joriy) ish rejasini tuzib, shu asosida ish yuritishi;
5) Rahbarning maktab ish rejalarining bajarilishi yuzasidan samarali hamda uzluksiz nazoratni o‘rnatganligi.
Maktab rejasi ustida ishlash jarayonida o‘sib kelayotgan yosh avlod taqdiri haqida, ularni aqlan va jismonan kamol toptirish haqida, maktab ishini rejalashtirishda o‘qituvchilar jamoasining ijodiy taqdiri haqida, ziyokorlarni ma’naviy jihatdan o‘stirish va ularning ilmiy, metodik va umumpedagogik mahoratini oshirish haqida o‘ylash lozim. Zero, maktabda o‘quv dasturlarining bajarilishi, o‘quvchilar bilimining sifati, ularning tarbiyalanganlik darajasi, umuman olganda o‘quv-tarbiya ishining hamma jihatlari o‘qituvchiga, uning halol mehnatiga bog‘liq. O‘qituvchi – maktabdagi bosh siymo. Bundan keyin ham u shunday bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham maktabning ish rejasida o‘qituvchilar jamoasidagi kuchlarni shunday taqsimlash kerakki, ularning har biri topshiriqlarni bajarishga butun kuch va g‘ayratini safarbar etish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
Maktabning o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirishda quyidagi uchta sharoitga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1) ishning boshlangich ahvolini chuqur pedagogik tahlil qilish yo‘li bilan, ya’ni ish rejalashtirilayotgan paytda pedagogik jarayon tavsifini aniq bilish;
2) ishning rejalashtirilishi oxirida maktab jamoasi o‘quvchilarga bergan ta’lim va tarbiyaning darajasini aniq tasavvur qilish;
3) maktab ishini hozirgi kun talablari darajasiga ko‘tarish uchun, shunga imkon beradigan pedagogik vositalarning eng maqbulini tanlash. Rejalashtirishni uz shakliga kura yozma, grafik va aralash (yozma va grafik) shaklga bo‘lish mumkin. Reja qisqa, aniq va tushunarli, pedagogik maqsadlarga muvofiq tuzilib, yagona qilinadilarni, qo‘yilgan masalalarni bajarish tadbirlari tizimini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Rejaning sifati rejalashtirish qanchalik oqilona va to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liqdir. Odatda, maktab ishi rejalashtirilayotganda uning tuzilishi ikki qismdan iborat deb tuzish tavsiya etiladi: 1-qism - analitik bo‘lib, unda maktab ishining o‘tgan o‘quv yilidagi yakunlarining tahlili va yangi o‘quv yildagi vazifalari o‘z aksini topadi; 2-qism esa amaliy xususiyat kasb etib, bu vazifalarni bajarish tadbirlari rejalashtiriladi. Shundan kelib chiqib, quyida maktabning bir o‘quv yili uchun ish rejasining namunasini tavsiya etamiz.
1 qism. Maktab ishi yakuni va uning yangi o‘quv yilidagi vazifalari:
Kichik tumanning o‘ziga xos xususiyati va maktab ish sharoitlari. Bu yerda kichik tuman, uning aholisi, mavjud madaniyat muassasalari, maktab ishini qiyinlashtiruvchi noqulay sharoitlar haqida qisqacha tavsif beriladi.
2. O‘quv yili ish yakunlari haqida qisqacha tahlil. Bu bo‘limda rejaning barcha bo‘limlari doirasidagi ish yakunlari beriladi hamda tahlil qilinadi. Bunda o‘tgan o‘quv yili rejasi qanday bajarilgani, vazifalar qanchalik amalga oshirilgani; jamoa, pedagoglar sinflar va boshqalarning raqam ko‘rsatkichlari keltiriladi, o‘quvchilarning bilim va tarbiyalanganlik darajasi baholanadi, maktab jamoasi ish usullari tahlil qilinadi. Kamchiliklar ko‘rsatiladi.
3. Yangi o‘quv yili vazifalari hukumatimizning maktab isloxoti haqidagi qarorlaridan kelib chiqadi. Bu o‘rinda hukumatimizning ta’lim-tarbiya sohasida maktab oldiga qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqqan holda, maktabning asosiy vazifalari shakllantirib boriladi. Aniqlangan vazifalar orasida aniq tadbirlarni belgilash rejaning ikkinchi qismi bo‘lib hisoblanadi. Uning mundarijasi (namunaviy tuzilishi) quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Tashkiliy-pedagogik ishlar.
2. Maktabning o‘quv-moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlash.
3. Maktab faoliyatida tayanch va o‘rta umumiy ta’limni amalga oshirish.
4. Maktabni o‘qituvchi xodimlar bilan ta’minlash va ular bilan ishlash.
5. Maktabni o‘quv-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish.
6. Maktabning sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarini tashkil etish.
7. Ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar.
8. Maktabning otalik, sog‘liqni saqlash va savdo tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlari.
9. Maktab kengashi va maktab direktori olib boradigan ishlari.
10. Maktab ichki nazorati va uni amalga oshirish.
11.Maktabning moliya-xo‘jalik ishlari.
12. Maktabning metodik ishlari.
Maktab rejasining tashkiliy-pedagogik ishlar qismida umumiy ta’lim maktabida yangi o‘quv yilini uyushkoklik bilan boshlash hamda uni tugallashnini beruvchi tadbirlar bu boradagi maktabning boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlari belgilanadi. Bu o‘rinda ish taqsimoti ham aniq ko‘rsatiladi. O‘qituvchi xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, maktab rahbarlari, xodimlari va o‘qituvchilar o‘rtasida vazifa va topshiriqlarni taqsimlash (masalan: kim sinf rahbari bo‘ladi, mazkur maktabning mikromaydoniga kimlar biriktiriladi, kim to‘garak rahbari bo‘ladi, kim o‘quv-tarbiya va sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni boshqaradi va h. k.), sinflarni butlash kabi masalalar ko‘rsatiladi.
Shundan keyin muayyan bir ish uchun (metodik birlashmalarning ish kunlari, maktab kengashi majlislari, kasaba uyushmasi tashkiloti majlislari va shu kabilar uchun) haftaning kunlarini aniq ko‘rsatish ham maqsadga muvofiqdir. Ish rejasining "Maktabni o‘quv-moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlash" deb atalgan kismida:
a) maktab uchun ajratilgan mablag‘ va boshqa mablag‘lardan to‘la, o‘z vaqtida va unumli foydalanish;
b) o‘quv qurollari va boshqa o‘quv-xo‘jalik jihozlari, kutubxona va metodik xonalari uchun mo‘ljallangan adabiyotlarni sotib olish; mebellar, darsliklar, o‘quv-xo‘jalik ashyolarini remont qilish va saqlanishini ta’minlash; o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar kuchi bilan maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash;
v) sanitariya-gigiyenik rejim, texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi kurash tadbirlari; o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi;
g) maktabning o‘quv xonalari, texnika vositalari bilan ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Maktab ish rejasinin-maktabni pedagogik xodimlar bilan ta’minlash va ular bilan ishlash deb atalgan qismida maktabni hozirgi kunning talablari darajasidagi o‘qituvchi va tarbiyachi xodimlar bilan ta’min etishga qaratilgan tadbirlarni belgilash bilan birga, maktab o‘qituvchisining g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-metodik, pedagogik hamda umumiy madaniy saviyasini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar belgilanadi.
Bundan tashqari maktab ish rejasining mazkur qismida pedagog xodimlar bilan ishlash va ularning malakasini oshirishga karatilgan ishlar:
a) pedagoglarning bilimini mustaqil oshirishi, turli mavzularda ma’ruza, konferensiya va suhbatlar uyushtirish, o‘quvchilar orasida ta’lim-tarbiya ishlari olib borish bo‘yicha pedagog xodimlar o‘quvini tashkil etish kabilar;
b) o‘qituvchilarning mahoratini oshirish. O‘z ustida mustaqil ishlashni tashkil etish bo‘yicha konsultasiyalar, ochiq darslar o‘tkazish va ularga qatnashish;
v) malaka oshirish va metodik ishlar. Maktab islohoti talablari asosida yangi dastur bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish shahar, tuman, Respublika institutlaridagi kurs mashg‘ulotlariga qatnashish. Metodik kengash, sinf rahbarlarining sinf guruhlari, fanlar bo‘yicha metodik birlashmalari ishlarini tashkil etish. Maktab metodika xonasini jihozlash va to‘ldirish. O‘qituvchilar shug‘ullanayotgan pedagogik mavzulardagi muammolar. Pedagogik konferensiyalar, ko‘rgazmalar;
g) o‘qituvchilar attestasiyasi. Attestasiya komissiyasi tarkibini, bu tadbirni o‘tkazish muddatini belgilash, o‘qituvchilar haqida attestasiyaga doir hujjatlarni tayyorlash. Bu tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tajribalarni ko‘rgazmada aks ettirish. Attestasiyani o‘tkazish davomida o‘qituvchilarning darslariga qatnashish va boshqa ishlari bilan tanishish;
d) ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo‘yicha komissiya tarkibini belgilash, muddati va mavzusini aniqlash, javobgar kishilarni ko‘rsatish. Tajribalarni umumlashtirish va ayirboshlashga doir ko‘rgazma va stendlarni tashkil etish. Shahar, tuman va maktabdagi eng yaxshi o‘qituvchilar darslariga qatnashish hamda ularning ibratli ishlarini o‘rganish. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va yoyish metodikasi bo‘yicha seminar praktikum o‘tkazish;
ye) maktab doirasida pedagogik o‘qishlar o‘tkazish kabi tajribalar belgilanadi.
Maktab ish rejasining o‘quv-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish deb nomlangan qismida o‘quv rejasi va dasturlarni o‘z vaqtida, yuqori saviyada, sifatli qilib bajarilishini ta’minlovchi tadbirlar, maktabdagi ta’limning asosini tashkil etuvchi darsning samaradorligini oshirish, maktabdagi ta’limni kabinet tizimida olib borish, ta’lim-tarbiya jarayonida texnika vositatalari va EHMdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari rejaning mazkur qismida fanlar bo‘yicha ta’limiy va tarbiyaviy ishlar:
a) o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan asosiy va fakultativ dasturlar bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish; fan asoslarini o‘qitishning nazariy va uslubiy darajasini oshirish;
b) o‘quvchilar bilan bilimga, fanga, ta’lim jarayoniga qiziqishni oshirish bo‘yicha tarbiyaviy ishlar olib borish. Ularni bilimlar va mustaqil ko‘nikma hamda malakalar bilan qurollantirish. Maktabda va uyda o‘quv mehnatini unumli tashkil etish;
v) kitob bilan ishlash;
g) qobiliyatli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan alohida ishlash.
Maktab kitob fondini yaratish va uni to‘ldirish, o‘quvchilarni darsliklar bilan to‘la ta’minlashga erishish.
O‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib boradigan o‘quv ishlarini (tematik, har bir darslarga rejalar tuzish va ularni o‘rganish, kontrol, ijodiy, laboratiriya va amaliy ishlar, o‘quv ekskursiyalarini o‘tkazish hamda mashg‘ulotlarda texnika vositalaridan foydalanishga doir rejalarni ishlab chiqish kabilarni) rejalashtirish.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda:
O‘quvchilar jamoat tashkilotlari (o‘quvchi yoshlar tashkiloti) faoliyatiga pedagogik rahbarlik. O‘quvchilarning jamoatchilik ishlarida faollikka tarbiyalash, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda axloqiy tarbiya, huquqiy tarbiya, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, mehnat tarbiyasi, baynalmilal tarbiya, kasb tanlash, iqtisodiy tarbiya, estetik tarbiya, ekologik tarbiya, sanitariya-gigiyena maorifi kabi masalalarni amalga oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuningdek, o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish, ularni mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borish, og‘zaki va yozma nutq madaniyatlarini rivojlantirib borish, texnikaga oid ta’limni amalga oshirish, fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga amaliy malakalar berib borish kabi tadbirlar belgilanadi.
Ish rejasining o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish bo‘limida o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda konferensiyalar, kechalar, o‘tkir zehnlilar mushoiralari o‘tkazish, ekskursiyalar tashkil etish, kino, teatr, mehnat jamoalariga guruh bo‘lib borish, mehnat va urush faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, devoriy gazeta chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi ishlar belgilanadi.
Respublikamizdagi ko‘pgina maktablar tajribasida sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni bir necha yillar davomida faol o‘qituvchilarga maxsus biriktirib qo‘yilishi kabi usul o‘zini oqlamokda. Sinfdan tashqari bunday tarbiyaviy ishlarning barcha qilinadilari o‘qituvchidan maxsus bilim va malaka talab etadiki, bunday bilim va malakalar tezda hosil bo‘lmaydi.
Maktabning ish rejasidagi ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar bo‘limida o‘qituvchilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishlarining turli shakllari (ota-onalar majlisi, ota-onalar bilan konsultasiyalar va suhbatlar o‘tkazish, mahallalar, turli mehnat jamoalari, jamoatchilik hamda ota-onalarning tarbiya va boshqa masalalarda maktabga qachon va qanday yordamni tashkil qilish kabi) masalalar ko‘rsatiladi.
Ish rejasidagi maktabning otalik tashkiloti bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlari bo‘limida maktab binosini remont qilish, o‘quv xonalarini jihozlash ishiga otaliq tashkilotning e’tiborini jalb etish, otaliq tashkilotidagi ishchi va xizmachilar uchun turli tarbiyaviy mavzularda suhbatlar olib borish kabi ishlar rejalashtiriladi.
Maktab ish rejasining maktab kengashi va maktab direktori qoshidagi yig‘ilish degan bo‘limida, maktab kengashi va direktor qoshidagi yig‘ilishning dasturi, kengash ishining mavzusi va mundarijasi aniq ko‘rsatiladi. Yig‘ilishlarni o‘tkazish muddati, kun tartibi, kengashning maktabdagi metodik birlashmalar bilan aloqasi, birlashmalarga rahbarlik qilish, yig‘ilishlarning mavzusi, yig‘ilish shakli, uni o‘tkazish kuni kabi masalalar maktab ish rejasining mazkur bo‘limida ko‘rsatilishi shart.
Ish rejasining pedagogik jarayonni boshqarish va nazorat qilish deb nomlangan bo‘limida maktab ishlarini boshqarish hamda pedagogik jarayonga rahbarlik qilishning asosiy shakllari belgilanadi va bunda:
-O‘quvchilar bilimining sifati va o‘qituvchilarning o‘quv dasturlarini bajarishi (darslarga kirish va tahlil qilish, laboratoriya va amaliy ishlar, ekskursiyalar, kontrol, ijodiy ishlar, ishlab chiqarish mehnati, maktab maydonidagi tajriba ishlarini tahlili; o‘quvchilar bilan alohida ishlashning holatini aniqlash, daftar tutish; sinf jurnallarida o‘quvchilar bilimini qayd etish va baholash; o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar bilimi, tushuncha va ko‘nikma darajasi; maktab ma’muriyatining nazorat ishlari; darslik, o‘quv jihozlari va boshqalarning qanday holatda ekani) tekshiriladi.
- Fakultativlar ishini nazorat qilish, metod birlashmalar, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, sinf rahbarlari, kutubxonachilar, laborantlar faoliyatini kuzatish, maktab hujjatlarining kay tartibda yuritilayotganligini nazorat qilib borish kabi masalalar g‘oyatda muhimdir.
Rejaning mazkur bo‘limida quyidagi masalalarni ham ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
a) ulgurmovchi, yordamtalab o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlab olish;
b) ana shunday o‘quvchilarning tayyorgarliklaridagi kamchilik va yetishmovchiliklarni sababini o‘rganish;
v) bo‘sh o‘zlashtiruvchi va o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarning barcha yozma ishlarini, fanlar bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishi, ularning og‘zaki javoblarini tekshirib borishni ta’minlash;
g) ulgurmovchi va ikki yil bir sinfda qoluvchi o‘quvchilar bilan guruh va alohida holda muntazam ishlashni tashkil etish;
d) ana shunday o‘quvchilarni o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar qatoriga qo‘shib borish borasida ota-onalar va ular ishlab turgan korxona bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarning samarali shakl va usullarini qidirib topish kabi qator masalalarni belgilash zaruriy holdir.
Ish rejasining maktabning moliya va xo‘jalik ishlari deb atalgan bo‘limida maktabni shu o‘quv yilida va undan keyingi davrda moddiy-o‘quv bazasini yanada mustahkamlash, davlat va otaliq tashkiloti tomonidan ajratiladigan mablag‘larni turli, maqsadga muvofiq holda sarflash, moliyaviy hisob-kitoblarni tartibga solish tadbirlari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |