O‘zbek adabiyotshunosligi
kafedrasi mudiri, f.f.d., dotsent A.R.Davlatova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
3-kurs talabasi Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘liga
TAVSIYANOMA
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi yo‘nalishi talabasi Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘li guruh talabalari ichida xorijiy til (ingliz tili)ni o‘rganishi davomida faolligi, qiziquvchanligi va intiluvchanligi bilan ajralib turadi. Talaba Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘li respublika miqyosidagi olimpiadalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘li o‘z mutaxassisligidan tashqari bo‘sh vaqtlarida ingliz tili to‘garagida ham faol ishtirok etadi. Hozirgi kunda xalqaro sertifikat olish niyatida. Ayni vaqtda uning bilim darajasi CEFR B1 talablariga to‘laqonli javob bera oladi.
Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘li tomonidan bugunga qadar jami 20 ta maqola va tezis nashr etilgan bo‘lib, shundan ingliz tilida 1 ta xalqaro va 1 ta respublika miqyosidagi jurnal hamda konferensiyalarda nashr ettirilgan.
Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘li ingliz tili fanidan a’lo bahoga o‘qiganligi va yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib uning nomzodini Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga tavsiya etaman.
Fakultetlararo chet tillari
kafedrasi mudiri D.Otajonova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
3-kurs talabasi Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘liga
filologiya fanlari nomzodi Xolikova Nodira Djaxongirovnadan
FIKR-MULOHAZA
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi yo‘nalishi talabasi Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘li guruh talabalari ichida faolligi, qiziquvchanligi va intiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Hakimov Bobur Yangiboy o‘g‘li mening rahbarligimda “Sharq adiblari ijodini o‘rganish” mavzusida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda. Uning tadqiqot ishi Sharq adiblari ijodini qiyosiy o‘rganishdan iborat.
Bobur Hakimov men bilan hammualliflikda “Jahon adabiyoti o‘quv kursida Sharq adiblari ijodini o‘rganish” mavzusidagi o‘quv-qo‘llanma ustida ish olib bormoqda.
Bugungi kunga qadar Hakimov Bobur tomonidan 20 ta xalqaro va respublika miqyosidagi maqola va tezislar turli hil jurnal hamda konferensiya materiallarida nashr ettirilgan. 4 ta maqolasi xalqaro va respublikadagi jurnallarga nashr etish uchun berilgan.
Bobur Hakimov barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirganini, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan muntazam shug‘ullanib kelayotganini hamda yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olib, uning nomzodini Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |