Masalaga huquqiy baho bering.
Sardor va Niginaga qanday maslahat berasiz?
4-Masala.
Nargiza o`zining 12 yoshli farzandining familiyasini bobosining familiyasiga o`zgartirish maqsadida tuman FHDYO organiga ariza bilan murojaat qildi. FHDYO organi vakili unga bolaning otasi bilan birga ariza berishi lozimligini aytdi. Nargiza esa Turmush o`rtog`i chet elda ekanligi, u rozi ekanligini aytadi. FHDYO organi vakili rad javobini berdi.
Nargizaga maslahat bering.
5-Masala.
Fuqaro Nodir Olmazor tuman sudining hal qiluv qarori asosida 3 yildan beri farzandiga aliment to`lab kelar edi. Turmush o`rtog`i bilan nikohlari esa ayni vaqtda rasman haqiqiy emas deb topildi. Sababi esa, xotini Muhabbatning majburan nikohga kirganligi da’vosi bilan sudga chiqishi bo`ldi. Bundan so`ng Nodir alimentni ham to`lashdan bosh tortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |