O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA - KIMYO FAKULTETI
“ KIMYO O'QITISH METODIKASI ”
TA’LIM YO’NALISHI
K U R S I SH I
Mavzu: ____________________________________________
_______________________________________________________
BAJARDI: KO’M 18/2 - guruh talabasi Urkinbayeva Ro‘za
TEKSHIRDI: Shayzakova D
|
CHIRCHIQ – 2021 Yil
Reja:
Kirish
Kimyodan masalalar yechishga umumiy metodik talablar.
Kimyodan masalalar yechishni o’qitish
O’quvchilarda kimyodan masalalar yechishning izchilligini shakllantirish
Kimyodan masala yechishning algebraik usuli
Kimyodan masalalar va ularning tiplari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Darslikda pedаgogika oliy o’quv yurti kimyo yo’nalishi talabalari uchun ilmiy asoslangan masalalar yechish metodlari ochib berilgan. Bu talabalarni ijodiy fikrlashga, fikrlash talab qilinadigan masalalar va ular yechimlarining qisqa, aniq usullarini o’rgatadi. Darslikdan kimyodan masalalar yechish usullarini o’rganishda, kimyo o’qitish metodikasida, kimyo to’garaklarida masalalar yechish, talabalar mustaqil ishlarida, kurs ishi va diplom ishi yozishda yordamchi bo’ladi. Darslikdan shuningdek barcha kimyo o’qituvchilari ham foydalanishlari mumkin. Undan foydalanib talabalar masala yechishning ko’nikmalarini xosilqilish, fizik kattaliklar va SI sistemasidagi birliklaridan to’g’ri foydalanishni, masalalar yechish davomida ulardagi kimyoviy jarayonlarni to’g’ri, ilmiy mushohada qilishni o’rgatadi. Masalalar yechish kimyo ta’limida muhim ahamiyatga ega, bu o’qitishning usullaridan biridir. Bunda talaba kimyodan olingan nazariy bilimlarni chuqur va to’liq o’rganishga olib keladi, olgan bilimlarini mustaqil qo’llashga o’rganadi. Kimyoni o’rganish uchun kichik kimyoviy muammolarni hal etishdan boshlab, sekin-asta katta muammolarga o’tish lozim . Bo’lg’usi kimyo o’qituvchilari ijodiy fikrlashni va aqliy mushohada yuritishni bilishi lozim. Bu jarayonning zarur bo’g’ini kimyodan masalar yechishni bilish xisoblanadi. Chunki masala yechish chuqur aqliy fikr yuritishni talab qiladi. Masalalar yechishni o’rgatishning psixologik tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik talabalar masalalarni bitta ko’rsatilgan usulda yechishga xarakat qiladi, kamchilik talabalar unga ijodiy yondashadi. Masalaning ma’nosini tushunmasdan, kimyoviy iboralarni noto’g’ri ishlatadi, fizik kattalik va matematik xisoblashlardan noto’g’ri foydalanadi. Qanday bo’lsa ham masala javobini chiqarishga xarakat qiladi, biroq undagi jarayonlarni to’g’ri talqin etmaydi. Masalalarni yechish uning kimyoviy mazmuni bilan matematik qismi ajratib ko’rsatilmaydi. Masala yechimi, javobi to’g’riligini javobiga qarab emas, balki teskari yechish bilan tekshirilmaydi, natijada masalalar yechishning ma’lum ko’nikma va malakalari talabalarda shakllanmaydi. Bitiruvchi talabalar masalalar yechishni o’rganmasdan oliy dargoxlarni bitirib kimyo o’qituvchisi vazifasini egallaydi, bu esa o’quvchilarning kimyodan masala yechishni o’rganish darajasini pasaytirib yuboradi. Masalalar yechishni o’rganishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish unchalik qiyin emas. Masalalar yechish jarayoni qiziqarli bo’lib, to’g’ri yechilgan masaladan talaba zavq oladi, o’z kuchi va bilimiga ishona boshlaydi. Natijada unda kimyo fanini chuqur o’rganish qiziqishi paydo bo’ladi. Masala yechish ko’nikma va malakasi talabada ta’lim jarayonida, shuningdek bu malakani doimo, uzluksiz ma’lum tartibda masala yechish orqali rivojlantirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |