Fanning asosiy vazifasi - talabalarga kimyo kursini to‘liq va yangicha yondoshuv asosida o‘qitish va chuqur bilim berish bilan Respublikamiz kimyogarlarning yangi avlodini shakllantirish va tarbiyalashdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
3-semestr
1-mavzu: Kristallokimyoga kirish
Kristallokimyo predmeti va vazifalari. Kristallokimyoning asosiy jihatlari: stereokimyoviy, kristall tuzilishi; kimyoviy bog'lanishlarga xos xususiyat. Umumiy kristalli kimyo (kristallardagi kimyoviy bog'lanish turlari, kristalli tuzilmalar sistematikasi, atomlarning kristall kimyoviy radiusi.). Strukturaviy tahlil kristallokimyoning asosiy eksperimental usuli sifatida. Kristal tuzilishi va uni modellashtirish usullari. Kristallarni hisoblash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |