Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-sonli Talabalar turar joyi Pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Sog‘lom tunnush tarzi” mavzusida davra suhbati bo‘yicha
BAYONNOMASI
O‘tkazilgan joyi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-sonli Talabalar turar joyi
O‘tkazilgan sana: “_29__”_10_2021 yil
Qatnashdilar: To‘garak rahbarlari Z.T.Mavlanova
Ma’sul shaxs S.R Mirzayeva . PEP 21/1, 21/2 talabalari.
KUN TARTIBI:
Institut 1-sonli Talabalar turar joyi talabalar orasida “Sog‘lom tunnush tarzi” mavzusida davra suhbatini tashkillashtirish haqida.
ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan, institut pedagogika fakulteti psixalogiya kafedrasi to‘garak rahbarlari Z.T.Mavlanova tomonidan “Sog‘lom tunnush tarzi” mavzusida so‘zga chiqdi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida: Quyidagilar Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:
har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish;
ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish;
maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish.
Kun tartibidagi masala yuzasidan institut pedagogika fakulteti psixalogiya kafedrasi ma’sul shaxs S.R Mirzayeva mavzusida davra suhbatini davom ettirdi.
Sog'lom turmush tarzi bugungi kunda juda keng tarqalgan tushuncha bo'lib, uni har bir inson o'ziga xos tarzda ko'p jihatdan talqin qiladi. Kimdir bu kontseptsiyaga ko'proq jismoniy, kimdir - ruhiy qo'yadi. Sog'lom turmush tarzining jihatlaridan biri bu tanangizni yaxshi jismoniy holatda saqlashdir. Buning uchun vosita sifatida har bir kishi o'zi sport, fitnes va hokazolarni tanlaydi. Agar inson o'z tanasini doimo takomillashtirsa, u o'z ruhini, irodasini va ongini yaxshilaydi va bu erda asosiy narsa ma'naviy komponentdir. Faqat o'z ustimizda, jismoniy tanamizda uzluksiz ishlash orqali biz o'zimizni ichki jihatdan yaxshilaymiz;
Davra suhbatida talabalar ma’ruzani diqqatlik bilan tinglab o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi va qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
QAROR QILINDI:
1. Institut pedagogika fakulteti psixalogiya kafedrasi to‘garak rahbarlari Z.T.Mavlanova axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Sog‘lom tunnush tarzi” mavzusida davra suhbati inobatga olinsin.
3. “Sog‘lom tunnush tarzi” mavzusida davra suhbati bo‘yicha tanlov va tadbirlar samaradorligi oshirilsin.
Yig’ilish raisi: Samarova.SH.R
Kotiba: Mavlanova.Z.T
Do'stlaringiz bilan baham: |