2.2 Huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya
Hozirgi paytda normativ aktlarni cheklanmagan tarzda qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lgan kompьyuterlarni (avtomatlashgan qidiruv tizimlarini) yaratilishi tufayli huquqiy axborot imkoniyatlaridan foydalanish yaxshilandi. Aynan shu o’rinda g’alati hol ko’zga tashlanadi: bir tomondan fuqarolarning zarur axborotlarga ehtiyoji oshib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, axborotlar, ayniqsa, qo’shimcha qonunlarning ko’pligidan asosiy qonunlarning ahamiyati kamayib ulardan foydalanish qiyinlashib bormoqda.
Fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlashning eng zarur va amaliy ta’sirchan bir necha yo’nalishlari mavjud, ya’ni: 1) fuqaroning shaxsiy tashabbusiga binoan uni matnlar bilan bevosita tanishtirish; 2) qiziqqan kishilar va muassasalarni maxsus xatlar orqali xabardor qilish; 3) ommaviy axborot vositalari orqali normalar matnini e’lon qilish; 4) yuridik maslaxatxona yoki ekspertlarga murojaat etish; 5) huquqiy axborot Markaziga murojaat etish; 6) jamoat joylarida qonun matni yoki boshqa xabarlarni namoyish etish, targ’ib qilish; 7) norasmiy muloqot, ya’ni yon-atrofdagi kishilar bilan aloqalar.
Huquqning tarbiyaviy yo’lga qo’yish va boshqarish funktsiyasining ta’sirchanligi huquqiy xabarlarning sifati, uzluksiz va zarur manzilga tez yetkazilishi bilan aniqlanadi. Buning uchun axborot manbai, birinchidan, axborotga talabgor uchun qimmatli bo’lgan xabarlarga ega bo’lishi, ularni doimo to’ldirib borishi; ikkinchidan, yetkazadigan xabarni iste’molchi uchun ma’qul, mos va uchinchidan, xabarlar bilan ta’minlashni doimiy, maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Axborot manbai bo’lgan huquqdan bir qator amaliy natijalar kelib chiqadi. Ulardan biri quyidagi sohada, amaliy faoliyatda huquqni bilish shartligidir: a) protsedur (instrumental) xarak-terdagi xatti-harakatlarni amalga oshirganda; b) kasbiy, ayniqsa, yuridik faoliyatda; v) fuqarolarning davlat va jamiyatga nisbatan o’z huquq va burchlarini bajarayotganda.
Demak, oddiy fuqaroga huquq bir vaqtning o’zida ham yaqin, ham uzoq narsadir. Yaqinligi shundaki, kishilarning kundalik hayoti va faoliyati yuridik tartiblar, qoidalar bilan bog’liqligi unga ma’lum. Uzoqligi shundaki, ko’pgina hollarda huquq barcha muammolarni yechish vositasi bo’la olmaydi va u doimiy, o’zgarmas, barcha davrlar uchun qat’iy qilib belgilangan aqida emas. Har safar huquqni qanday holatga nisbatan qo’llanilayotganini bilish taqozo etiladi.
Hamma gap huquqiy asosni qabul qilinadigan qarorga xizmat qildirishdadir. Bunga osonlik bilan erishilmaydi. Huquqni bilim va huquqiy xabardorlikni amalda tatbiq etish sirtdan qaragandagina oson ko’rinadi. Ushbu muammoga ko’pgina yuristlar, tarixchilar, faylasuf va sotsiologlarning asarlari bag’ishlangan.
"Qonunni bilish" kategoriyasi qadimdan buyuk mutafakkirlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb qilib keladi. Grajdanlik aktlarini joriy etish fuqarolarning kundalik faoliyati, muloqoti va mas’ulligini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga egadir. Masalan, u quyidagi huquqiy tamoyillar va qoidalarda bevosita namoyon bo’ladi: "Qonunni bilmaslik o’zini oqlashga asos bo’lolmaydi", "hech kim qonunni bilmasligi bilan o’zining noqonuniy xatti-harakatini oqlay olmaydi", "qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi" va hokazolardir. Biroq huquqiy sohaning murakkabligi, qonun osti hujjatlarning turli mahkamalar tomonidan qabul qilinishi, qo’shimcha qonunlarning tez-tez eskirib turishi, inqirozi, fuqarolarni, jamiyatning har biri a’zosini zarur huquqiy xabarlar bilan yetarlicha ta’minlashda ma’lum bir qiyinchiliklar uyg’otadi. SHu o’rinda savol tug’iladi: huquqni bilish prezumptsiyasi uning real mohiyati bilan qanday munosabatda? Agar bu fikrni boshqacharoq ifodalaydigan bo’lsak, ilgaridan mavjud va keng ishlatilayotgan huquqni bilish haqidagi prezumptsiyani ijtimoiy hayotga tadrijiy singdirilgan qonuniy javobgarlik rejimiga qo’llash me’yorlarini aniqlash dolzarb muammo hisoblanadi.
Ushbu muammoni an’anaviy shaklda ham qo’yish mumkin: huquqiy prezumptsiyalarni inkor etish mumkinmi va qanday darajada?
Buning uchun "prezumptsiya" va "prezumptsiyalash" atamalarining o’zini etimologik tahlil qilish zarur. Prezumptsiya lotincha "presumptio" so’zidan olingan bo’lib, bir necha ma’noga ega. Ulardan biri "taxmin" – ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatda keng ishlatiladi.20 Biroq hamma taxmin ham prezumptsiya bo’lavermaydi. Masalan, ob-havoning o’zgarishi yoki sport musobaqasining yakuni haqidagi taxmin ilmiy isbotlangan prezumptsiyaga kirmaydi. Prezumptsiyaga oddiy kuzatishlarga asoslangan taxmin emas, balki amaliyotda sinovdan o’tgan faktlar o’rtasidagi muhim aloqa xos xususiyatdir. Ushbu nazariy yondashishdan shunday xulosa chiqarsa bo’ladi: qonunni e’lon qilgandan keyin belgilangan vaqt o’tgach, fuqarolar uni biladi va uni bajarishlari lozim. SHu tariqa keng tan olingan "hech kim qonunni bilmasligi bilan o’zini oqlay olmaydi" degan qoida kelib chiqqan. Qonunni bilish prezumptsiyasidan kelib chiqqanda qonunni bilmaslik bilan o’zini oqlash ta’qiqlanadi (igretio nonest arguments). Ushbu qoida Qadimgi Rim yuristlari tomonidan ishlab chiqilgan edi.
"Huquqni bilish" atamasi mazmunida ikki xil ma’no borligini unutmaslik kerak, ya’ni: huquq haqida ma’lumot olish hamda huquqni bilish jarayonida rang-barang, murakkab omillar hosilasi o’laroq jamiyatda to’plangan huquqiy bilimlar darajasi tushuniladi
Huquqiy ongning asosiy tarkibiy elementlari: huquqiy ruhiyat (psixologiya) va huquqiy mafkura (ideologiya).
Huquqiy ruhiyat - alohida ijtimoiy guruh, shaxs yoki butun jamiyatda stixiyali ravishda vujudga keladigan huquqiy tuyg’ular, hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlar yig’indisidan iborat.
Huquqiy mafkura - bu sinfning, jamiyatning huquqiy qarashlari, g’oyalari, tasavvurlari va talablarining ilmiy tizimlashtirilgan ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |