Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika insituti


II BOB HUQUQIY ONGNI MAFKURA VA PSIXOLOGIK ASOSLARI



Download 388,09 Kb.
bet10/15
Sana10.07.2022
Hajmi388,09 Kb.
#770368
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
huquqiy ongni shakillantirish

II BOB HUQUQIY ONGNI MAFKURA VA PSIXOLOGIK ASOSLARI
2.1 Huquqiy ongni shakllantirish.
Huquq ijtimoiy hodisa sifatida o’ziga nisbatan kishilarning xar xil munosabatlarini keltirib chiqaradi, bu munosabatlar o’z navbatida ham ijobiy (inson huquqning zarurligi va ahamiyatini tushunadi), ham salbiy (inson huquqni foydasiz va keraksiz deb qaraydi) bo’lishi mumkin.
Kishilar huquq to’g’risidagi u bilan bog’liq tasavvurlarga, huquqiy tartibga solish bilan qamrab olinadigan barcha munosabatlarga nisbatan u yoki bu shakldagi munosabatini bildiradilar (bu munosabatlar har xil bo’lishi mumkin: ratsional, ongli va emotsiya ko’rinishida yoki sezish, kayfiyat darajasida va h. Huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan u yoki bu munosabatlar jamiyatdagi bitta odamda, bir guruh odamlarda yoki kishilarning birikmalarida bo’lishi mumkin).
Agarda huquqni real (ob’ektiv) borliq ekani tan olinadigan bo’lsa, unda kishilarning huquqqa bo’lgan sub’ektiv munosabatini ham tan olishga to’g’ri keladi, bu munosabat o’z navbatida huquqiy ong deb ataladi.
Huquqiy ong huquqning ajralmas qismidir. Bu huquq - kishilarning erki va ongi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishi bilan izohlanadi. SHuningdek, huquqni yaratish jarayoni kishilarning ongli faoliyati bilan bog’liq (huquq ijodkorligi) yoki huquq ushbu faoliyatning mevasidir.
Huquqiy ong - bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo’lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo’lgan g’oyalar, his tuyg’ular, tasavvurlar yig’indisi.
Huquqiy ong - jamiyatdagi huquqiy hodisalarga va huquqqa nisbatan kishilarning munosabatlarini ifoda etuvchi (bildiruvchi) karashlar, tuyg’ular, mulohazalar va tasavvurning yig’indisidir.
Huquqiy ongning tushunchasi bu bilan cheklanmasdan, u o’z ichiga yana huquqiy idrok, huquqiy normalarni talablarini his qilish, kishilar tomonidan o’zining xatti - harakatlarini huquqiy qoidalarga mos kelish-kelmaslikka baho bera olish qobiliyatiga ega bo’lish kabi xususiyatlarni ham qamrab oladi.
Huquqiy ong amaldagi huquqiy normalarning tashkil topishi, rivojlanishi va ularning amalda tatbiq qilinishi uchun imkoniyat yaratib beradi.
Huquqiy ongning huquqni tartibga solish mexanizmidagi xususiyatlardan biri, uning roli huquqiy ta’sir etishning qandaydir bosqichi bilan cheklanib qolmaydi. Huquqiy ong huquq ijodkorligi bosqichida ham yoki huquqni tatbiq etish bosqichida ham ishga kirishadi. U yoki bu ko’rinishda huquqiy ong huquqni tartibga solish mexanizmining barcha elementlarida - huquq normalarida, huquqiy munosabatlarda, huquqni tatbiq etish aktlarida qatnashadi.
Ko’proq huquqiy ong huquqni tatbiq etish bosqichida, ya’ni yuridik huquq va majburiyatlarni hayotga singdirish jarayonida kuzga ko’rinarli rol o’ynaydi.
Huquqiy ongning darajasi, sifati, xarakteri, mazmunidan jamiyatga kishining hulqi - uning ijtimoiy foydali yoki aksincha bo’lishi, ijtimoiy xavfli yoki zararli bo’lishi bog’liq bo’ladi.
Huquqiy ong faqat huquqqa asoslangan bo’lishi, huquqni tushunish, uni tasavvur qilish, izohlash, tatbiq qilish, bekami ko’st bajarish tushunchasini bermaydi.
SHunday ekan, huquqiy ong nisbatan mustaqil xususiyatga ega. Huquqiy ong o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra, jamiyatda tutgan o’rniga kura siyosiy ongdan farq qiladi. Demak, huquq va huquqiy ong birgalikda shakllanadi, ya’ni dialektik birlikda bo’ladi. Huquq va huquqiy ong bir - birini yaratmaydi. Ularning ikkalasi xam ob’ektiv shart-sharoitdan chiqqan holda shakllanadi, bir biri bilan o’zaro harakatda bo’ladi.
Huquqiy ong shaklanishiga davlat, huquq, siyosat, madaniyat taraqqiyoti darajasi, siyosiy partiyalar, an’analar, milliy xususiyatlar va boshqalar ta’sir ko’rsatadi.
Huquqiy bilim huquqiy ongning o’zagidir. Har bir fuqaroning egallab turgan ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, ma’lum bir huquqiy bilimlarga ega bo’lish muammosini o’rganish alohida o’rin tutadi. Tabiiyki, har bir fuqaroning o’z huquqi va burchlarini bajarishining muhim sharti – uning huquq normalarida qayd etilgan huquqiy xulq, xatti-harakatlarni bilishidir. Huquqiy xabardorlik barcha jamiyat a’zolarining to’laqonli ishlash, faoliyat ko’rsatish shartidir. Bizning mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlash uchun barcha vositalardan foydalaniladi.
Birinchidan, qabul qilinadigan qonunlarning oddiy, barchaga tushunarli tilda yozilishiga e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, fuqarolarga xizmat qilish uchun yuridik xizmat ko’rsatishning, yangi qonunlar bilan aholini tanishtirib borishning keng ommaviy axborot tizimlari tashkil etilgan, rasmiy axborot-nomalar obunachilarga yuborib turiladi.
Uchinchidan, keyingi yillarda huquqiy axborotlarning ichki tuzilishida sifat o’zgarishlari sodir bo’ldi, ya’ni huquqiy ma’lumotlarni yig’ish va izlashning avtomatlashgan tizimi yaratildi va hokazo.
Ushbu chora-tadbirlarga qaramasdan fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlash to’la va batafsil kafolatlangan deyishga hali vaqt erta. Huquqiy informatsiya sohasining murakkabligi, qonun ishlab chiqishda turli tarmoqlarning mavjudligi, qo’shimcha qonunlarning ko’pligi, barcha davlatlarda bo’lganidek, O’zbekistonda ham fuqarolarning huquqiy xabardorligini ta’minlash masalasida birmuncha qiyinchilik tug’diradi.

Download 388,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish