Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish
Fuqaroni o‘z yashash joyida uzoq muddat bo‘lmasligi, agarda uni
qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, u bilan huquqiy munosabatlarda bo‘lgan
tashkilotlar va fuqarolar uchun o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, agarda
fuqaro qarzdor bo‘lsa, uning kreditorlari qarzni qaytarilishini talab qila
olmaydilar. Fuqaroni qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar ta’minotidan maxrum
bo‘ladilar, biroq ular formal jihatdan boquvchisi bo‘lgani sababli nafaqa
so‘rab murojaat qilishga hali haqli emaslar. Fuqaroni uzoq muddat yo‘qligi
uni yashash joyidagi mol-mulkini qarovsiz qolishiga, shikastlanishiga olib
keladi. Fuqaro uzoq muddat bo‘lmasligi sababli ro‘y bergan yuridik
(huquqiy) noaniqlikni bartaraf etish, uning mol-mulki uchun salbiy бд
oqibatlarni oldini olish uchun qonun bunday fuqaro uchun alohida yuridik
holat, ya’ni, uni bedarak yo‘qolgan deb tan olish tartibini joriy etgan.
Bedarak yo‘qolganlik – qayerdaligini aniqlashni imkoni bo‘lmagan
fuqaroni uning yashash joyida uzoq muddat bo‘lmaganlik faktini sud
tartibida guvohlantirish hisoblanadi.
FKning 33-moddasi 1-qismiga binoan, agar fuqaroning qayerdaligi
haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa,
manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak
yo‘qolgan deb topishi mumkin. Shunday qilib, bunday tartibda, sudga
da’vo bilan emas, balki ariza bilan murojaat qilinadi. Qonunda manfaatdor
shaxslar doirasi belgilab qo‘yilmagan. Agar qonunning umumiy
mohiyatidan kelib chiqsak, u holda manfaatdor shaxs doirasiga bedarak
yo‘qolgan shaxsning eri (yoki xotini), qaramog‘idagi shaxslar kiradi.
Bundan boshqa sabablarga ko‘ra ham har qanday shaxslar “manfaatdor
shaxs” sifatida qaralishi mumkin, agarda shaxsni bedarak yo‘qolgan deb
topish uni qonuniy manfaatlarini himoya qilish zarur bo‘lsa. Bundan
tashqari, prokuror, davlat boshqaruv organlari, shuningdek, qonunga ko‘ra
o‘zgalarni huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilishga haqli bo‘lgan
organlar va fuqarolar ham bunday ariza bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Masalan, N. Abdulova (ismlari oʻzgartirilgan) turmush oʻrtogʻi A.
Abdulovni bedarak yoʻqolgan deb topish haqida sudga ariza bilan
murojaat etadi. Arizada turmush oʻrtogʻi A. Abdulov bilan 1979 yilda
qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurganligini, birgalikdagi turmushidan 1
nafar farzandi borligini, qaynona va qaynotasi vafot etishganligini,
turmush oʻrtogʻi 2008 yilning oktyabr oyida ishlagani Qashqadaryo
viloyatiga ketayapman deb, uydan chiqib ketganligini hamda boshqa
qaytib kelmaganligini, hozirgi kunga qadar undan hech qanday xat-xabar
yoʻqligini, bu haqda Toshkent shahar Uchtepa tuman IIBga murojaat
qilganligini bayon etadi. Sud guvohlarning ko’rsatuvlari, mahalla
dalolatnomasi, tumani IIB, IIB FRB va XKCh boʻlimi, FHDYo boʻlimi,
Sudtibbiy ekspertiza byurosi va Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab
kasalliklari shifoxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Axborot
markazining ma’lumotnomalariga tayanib, arizani qanoatlantirish haqida
qaror qabul qiladi.
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish uchun uning yashash joyida
eng kamida bir yil davomida uning qayerdaligi to‘g‘risida hech qanday
ma’lumot bo‘lmasligi lozim. Fuqaro to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar
sanasini belgilab olish muhimdir. Ushbu sana u yuborgan oxirgi xat-xabar,
guvoh ko‘rsatuvlari asosida belgilanadi. Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi
ma’lumotlar olingan kunni aniqlash imkoni bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan
deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida olingan oxirgi
ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni
belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa – keyingi yilning birinchi
yanvaridan boshlanadi.
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish uning haqiqatda
qayerdaligini aniqlash mumkin bo‘lmagandagina amalga oshiriladi. Agar
fuqaro biror mamlakatda yashab yuribdi degan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa
yoxud jinoyat sodir etib, qochib yurgan bo‘lsa, uni bedarak yo‘qolgan deb
topish uchun asos bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |