1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi
2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi
3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi
|
Tayanch kompetensiyalar:
K ommunikativ kompetensiya
A xborot bilan ishlash kompetensiyasi
S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
U mummadaniy kompetensiyasi
M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
|
Darsning blok chizmasi:
1
|
Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b) davomat aniqlash
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh.
|
2
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik”
mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.
|
7
|
3
|
O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.
|
10
|
4
|
Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib,
arab hamda eron musiqa asaridan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.
|
8
|
5
|
Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq
va ravon sof tovushda kuylashga erishish.
|
8
|
6
|
Jamoa bo’lib kuylash
|
7
|
7
|
Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, qo’shiqni yod olish
|
3
|
I. Darsning maqsadi:
Ta`limiy: DTS asosida o`quvchilarda xalq qo’shiqlari yuzasidan bilim
va ko`nikmalar hosil qilsih;
Tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat, yurt
sha`nini ulug`lashga intilish tuyg`ularida kamol toptirish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda musiqa tinglash, kuyni his qilish va
jamoa bo`lib kuylash malakalarini rivojlantirish;
II. Darsning metodi: noan`anaviy, suhbat, kuylash;
III. Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, texnik vositalar, fortepiano cholg`u asbobi,
qo`shiq mualliflari rasmlari;
IV.Darsning borishi: Sinfga musiqa sadolari ostida kirish, musiqa bilan salomlashish,
navbatchi o’quvchi orqali davomatni aniqlash, uyga berilgan
vazifani tekshirish
V.Yangi mavzu bayoni:
Xalq badiiy jamoalar direksiyasi qoshidagi badiiy jamoa. 1936 yil XKS qaroriga binoan, Oʻzbekiston ashula va raqs Katta ansambli nomi bilan Oʻzbek davlat filarmoniyasi tarkibida tashkil etilgan (rahbari T. Jalilov, 120 kishidan iborat). 1968— 97 yillarda "Shodlik" ashula va raqs ansambli nomi bilan faoliyat koʻrsatgan. 1997 yildan hoz pomda. Tarkibida xonanda, raqqos(a) va sozandalar (jami 70 kishidan iborat) guruhlari mavjud. Ansamblning koʻp qirrali repertuaridan yirik kompozitsiyalar ("Jon Oʻzbekiston" vokalxoreografik syuitasi, "Navroʻz" teatrlashtirilgan tomoshasi va boshqalar), oʻzbek mumtoz ("Rok", "Soqiynomai Savti Kalon", "Abdurahmonbegi" kabi) va turli vohalarga xos xalq ashula, qoʻshiq va raqslari
"Mustaqillik" kabi milliy va boshqalar bayram va tantanalarning doimiy qatnashchisi. Ansambl Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida muntazam konsertlar uyushtirib, turli qurilishlar, Ikkinchi jahon urushi jangchilari huzurida madaniy xizmat qilgan. U, shuningdek, Osiyo, Yevropa, Shim. va Janubiy Amerika, Afrika mamlakatlari va Avstraliyada gastrolda boʻlgan. Ansambl tarkibida badiiy va musiqa rahbarlari D.Zokirov, H.Yamshoyaov, M.Mirzayev, N.Hasanov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar K. Otaboyev, S. Yoʻldoshevlar, baletmeysterlar I. Oqilov, L. Petrosova, Q. Moʻminov, D. Jabborova, raqqos(a)lar Q. Mirkarimova, Q. Doʻstmuhamedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist N. Shermatov, xonanda va sozandalar E. Yoʻldoshev, F. Umarov,Sh. Joʻrayev, Gʻ. Yoqubov, N. Haydarov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar D. Islomov, Gʻ. Azimov, soʻz ustalari Gʻ. Tojiaʼloyev, Oʻ.Siddiqov va boshqalar sanʼatkorlar faoliyat koʻrsatgan.
Hozirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar T. Otaboyev musiqa rahbari, bosh baletmeysteri — G. Shirinova. Yetakchi ijrochilari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar H. Azimov, S. Moʻminov, M. Sohibov, H.Rasulov, shuningdek, A. Sharipov, S. Mansurxoʻjayeva, N. Olimovalar. Ansambl bir necha kino va telefilmlarda suratga tushgan ("Shashmaqom", 1972; "Ali bobo va 40 qaroqchi", 1980 va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |