Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasi


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirish o‘tkazish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Download 0,76 Mb.
bet11/14
Sana14.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#799295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Солик хисобот

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirish o‘tkazish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2011 yil 7 noyabrdagi 246-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2280, 07.11.2011 y.) buyrug‘iga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.Nazorat organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 23 martdagi «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirish soni qisqartirilganligi hamda tekshirishlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-son va 2005 yil 5 oktyabrdagi PF-3665-son farmonlariga asosan buyuraman: Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirish o‘tkazish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risida NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi PF-1503-son «Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi va 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-son «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida»gi farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi 57-son «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning ta’riflari qo‘llaniladi:
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi — nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot kiritiladigan rasmiy hujjat hisoblanuvchi tekshirishlarni hisobga olish maxsus kitobi;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxs;
nazorat qiluvchi organlar — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
tekshirish — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
kompleks tekshirish — bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirish;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash;
rejadan tashqari tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladigan yillik (choraklik) tekshirishlar rejasiga kiritilmagan tekshirish (shu jumladan qisqa muddatli tekshirish);
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir ish kuni davomida o‘tkaziladigan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan tekshiruv (kechki va (yoki) tungi vaqtlarda faoliyat ko‘rsatuvchi (tekshirish kunining soat 18-00dan ertasi kunning soat 6-00 gacha) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qisqa muddatli tekshirishlar tekshirish boshlangan paytdan boshlab sakkiz soat davomida amalga oshiriladi);
muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi yoki bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning turli bo‘linmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
nazorat tartibida tekshirish — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Mazkur Nizom nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi o‘rinlarda — tekshiruvchi organlar)ning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini barcha tekshirishlari (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, kompleks tekshirish, taftish qilish, rejadan tashqari tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish va h. k.), shu jumladan yong‘in, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xavfsizligi, kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va tovarlar bilan savdo qilish qoidalariga rioya qilishni tekshirish, shuningdek energiya nazorati, karantin va o‘simliklar himoyasi xizmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar va boshqa tekshirishlar bo‘yicha xatti-harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Tekshirish bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bevosita tekshirish o‘tkazish yilidan oldingi to‘rt kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
tekshirish o‘tkazilayotgan kalendar yil davrlarini tekshirishga ruxsat etiladi;
ilgari tekshirilgan masalalar bo‘yicha tekshirish o‘tkazish man etiladi.
Mazkur bandning qoidalari qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
Davlat byudjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati ham tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Tekshirish o‘tkazish uchun asoslar
Rejali tekshirishlar o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalari tomonidan belgilangan tartibda berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma;
nazorat qiluvchi organning tekshirishlar amalga oshirishni muvofiqlashtirish rejasi asosida tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan holda chiqargan buyrug‘i.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish uchun Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalari tomonidan tekshirilayotgan ob’ekt nomi, tekshirish o‘tkazish maqsadi, muddatlari va uning sabablari asosliligi ko‘rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qabul qilingan qaror, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tarkibi va tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘ladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
agar tekshiruvni o‘tkazish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda. Bunda agar Prezident va Hukumat qarorlarida tekshirish o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nomi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, Kengash yoki uning viloyat komissiyasining roziligini olish talab qilinmaydi;
nazorat qiluvchi organga xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining buzilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushganda. Qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning aniq isbotlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan qonunbuzilish faktlari xizmat qilishi mumkin;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo‘shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
Yuqori turuvchi nazorat qiluvchi organlar o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatida rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun topshiriqlarni faqatgina Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalarining ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori bo‘lganida yuboradi.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasi va «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt Kengash yoki viloyat komissiyasi ishchi organlaridan uning faoliyatini tekshirishga taalluqli (rejalashtirilgan tekshirish sanasi, turi, nazorat qiluvchi organning nomi va h. k.) axborotni (bunda ushbu axborot xo‘jalik yurituvchi sub’ektga bepul taqdim etiladi) olishga haqli. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ushbu axborotni olishi, shuningdek Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlar rejalariga kiritilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish yo‘li bilan ham ta’minlanishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ularning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirishlar tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qaerda joylashganidan va xizmatlar ko‘rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmagan holda, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ro‘yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Rejali tekshiruvlar Kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida o‘tkaziladi.
Bir kundan ortiq davom etadigan rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash qarori bo‘yicha amalga oshiriladi. Bir kunlik rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash yoki uning viloyat komissiyasi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalarining qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash to‘g‘risidagi qaror asosida yoki nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash yoki viloyat komissiyasi qaroriga binoan o‘tkazilishi mumkin.
Nazorat tartibidagi tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu Nizomning 23-bandi talablariga qatiy rioya qilingan holda Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qo‘shimcha qarorisiz amalga oshiriladi.YAkka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish uchun asoslar Kengash tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Tekshirish o‘tkazishga faqat tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan attestatsiya natijalari bo‘yicha va tekshirish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi maxsus guvohnomalarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarga ruxsat etiladi.
Tekshirishlar o‘tkazish shartlari
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish muddatlari 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Kengash qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari faoliyatini tekshirish uning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tegishli auditorlik tashkiloti majburiy jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Tekshirish o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilingan taqdirda auditorlik tekshirishlari (ekspertizalar) o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar faqat ushbu tekshirishlarni tayinlagan tekshiruvchi organlar hisobidan amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilinganda tekshiruvchi organ hamda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi albatta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga taqdim etiladi. SHartnomada auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va mansabi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Auditorlik va/yoki ekspert xulosasining to‘g‘riligi hamda uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan auditorlik tashkiloti va/yoki ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini tekshirishlar Kengashning qaroriga binoan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda rioya etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini har to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarini esa har uch yilda ko‘pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o‘tkaziladi.
YAngi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini ular davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish o‘tkazilmaydi.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyatigina qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshirish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muqobil tekshirish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bormasdan amalga oshiriladi va faqat ularning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagina yo‘l qo‘yiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tekshirish ob’ekti bilan o‘zaro munosabati deganda shaxslarning hujjatlar (jinoyat ishi materiallari, ashyoviy dalillar) bilan tasdiqlangan aniq munosabatini tushunish lozim.
Kengash yoki viloyat komissiyasining qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qarori bilan belgilangan muddatda muqobil tekshirish o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida, u faqatgina muqobil tekshirishni boshqa muddatga ko‘chirish to‘g‘risidagi Kengash yoki viloyat komissiyasining qo‘shimcha qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qo‘shimcha qarori asosida o‘tkazilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan muqobil tekshirishga taalluqli bo‘lmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish nazorat qiluvchi organlar tomonidan faqat ilgari o‘zlari o‘tkazgan tekshirish natijalariga doir dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar va muddatlar bo‘yicha Kengash yoki uning viloyat komissiyalarining qo‘shimcha roziligisiz amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub’ekti tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan muddatlarda nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga rozi bo‘lmasa, ularni o‘tkazish muddatlari Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (2006 yil 6 may, ro‘yxat raqami 1573) ko‘rsatilgan tartibga muvofiq viloyat komissiyalarining qarorlari bilan belgilanadi. Bunda o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) nazorat tartibida tekshirish o‘tkazish zarurligiga asos bo‘ladi. 24. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tekshiruvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidir.
Hujjatlarni olib qo‘yish va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi bo‘yicha taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi, prokuratura organlari esa, bu holda «Prokuratura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ham asoslanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar asl nusxasi olib qo‘yilgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgardirlar. Hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatli shaxslari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bosh buxgalter yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarning asl nusxasidan ko‘chirmalar olish imkoniyatini berishlari lozim.26. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari, auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar ularga xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tekshirish bilan bog‘liq holda ma’lum bo‘lgan tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni tarqatganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga (1-sonli ilova) tegishli yozuvlar kiritishi lozim.Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish 2-sonli ilovada ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.28. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi belgilangan namunaga muvofiq bo‘lishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Adliya organlari tomonidan hisobi yuritiladigan Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), unga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yuritiladi. Tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvchi mansabdor shaxsga Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini tegishli ustunlarini to‘ldirish uchun taqdim etadi.
Tekshiruvchi mansabdor shaxs Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa, u tekshirishga qo‘yilmaydi.
Nazorat qiluvchi organlar tekshirishni nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish rejasiga muvofiq amalga oshiradi. Tekshirish tekshirishni o‘tkazish rejasi va nazorat qiluvchi organning vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan, zarur hollarda esa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bilan ham rasmiylashtiriladi.
Kengash yoki uning viloyat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma (ko‘chirmaning haqiqiyligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim), nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish buyrug‘i va rejasi, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror nusxalari xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga (yakka tartibdagi tadbirkorga, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) ularni olganligi haqidagi tilxat asosida topshiriladi. Bunda tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasi tekshirish tugaganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida topshiriladi. Tekshirish o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb qilingan taqdirda, tekshiruvchi organ va auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi ham topshiriladi.
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) unda qayd qilingan yozuvlarni to‘g‘riligini o‘zlarining imzolari bilan sana va vaqtni ko‘rsatgan holda tasdiqlaydilar.
Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tekshiruvchi organlar hamda ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalari qarorini va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tekshiruvchi mansabdor shaxslarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish ob’ektlariga kiritishga, tekshiruvchi mansabdor shaxslarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
Tekshirishni amalga oshirayotgan tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tekshirilayottan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy va (yoki) ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
rejali tekshirishlar o‘tkazish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida basharti, bunga ob’ektiv asoslar bo‘lsa, Kengashga taqdimnoma kiritish.
Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Tekshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlashiga xalal bermaslik;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yozuv kiritish;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldirish;
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.
Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Javobgarlik
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan shaxsan javobgarlik tekshiruvchi organlarning rahbarlari va vakolatli shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Huquqi buzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt unga keltirilgan zararni to‘liq undirilishini talab qilishi mumkin.
davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim.
Zararlarning o‘rnini qoplash sud qarori bilan ana shu etkazilgan zarar uchun aybdor bo‘lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda yuklanishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi etkazilgan real zararni, boy berilgan foydani, shuningdek ma’naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi 57-son «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalariga berilishi mumkin.


  1. Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish