Tanqidiy tafakkur - Tanqidiy tafakkur uslubi o`qituvchi qo`ygan masala yoki muammoga o`quvchi o`z fikrini bayon qilish, o`zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o`z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal etish imkoniyatiga ega bo`lishiga asoslangandir.
- Qo`llanilishi:
- -o`quvchi o`z nuqtai nazarini shakllantirishga yo`naltirilgan holatlarda;
- -o`quvchiga o`z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat berilishida;
- -o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazariyalarni muhokama qilish jarayonida.
- Afzalligi:
- -o`quvchi o`z fikrini asoslay olishi;
- -ta’lim oluvchilarga erkin so`zlash imkoniyati yaratilishi;
- -barcha fikrlar erkin tahlil qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |