Sufiylikning paydo bo’lishi va shakllanishi. Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyatlari deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambar a.s.ning AbudDardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi asketikmistik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, shu jumladan islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki attasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistikasketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi birinchi ikki asr davomidagi siyosiyijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma`naviyg’oyaviy izlanish va boshqa dinlarning, xususan xristianlikning ta`sirini ko’rsatish mumkin.
Ilk davr sufiylarining, aniqrog’i zohid va obidlarining o’ziga xos xususiyatlaridan - Qur`oni Karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur`on va Payg’ambar a.s. sunnatlariga qat`iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini uzoq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara‘), o’zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va hokazolarni ta`kidlash mumkin. Jumladan, faqr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi.
Sufiylik ta`limotlari mu‘taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li shaxslarga ko’rko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zmaso’z itoat etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob`ekt sifatida qaraydi: insonning amallarini boshqaradigan ruhoniyatining mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e`tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish ularga xos xususiyatlardan edi. Shuning uchun ham ziyrak psixolog, «‘ilm alqulub valxavotir» - «qalblar va fikrlar ilmi»ga asos solgan alHasan alBasriy bekorga sufiylikning asoschilaridan hisoblanmaydi.
AlHasan alBasriyning ashoblari, basralik zohidlar - Raboh ibn ‘Amr, Rabi‘iy al‘Adaviy, adDoroniylarning (VIIIIX asrlar) va`z va ma`ruzalarida Allohga bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo’ldi.
O’sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag’ishlab, sufiylik mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi.
IX asr davomida Tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik maktablari eng nufuzli maktablar sifatida yuzaga keldi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e`tiborni qaratar edilar. Ularning «ahvol», «maqomot»lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta`limotlar kabi unga sufiy bosib o’tganida «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga sabab bo’ladigan yo’l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyatlar» haqidagi ta`limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’zo’zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun uning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’uni berdilar. Bag’dodlik ilohiyotchi alMuhosibiy tomonidan shakllantirilgan bunday ta`limotning Xurosonda ko’plab tarafdorlari topildilar va ularni «malomatiylar» deb atadilar.
Tasavvufda Allohga etishish faqatgina yuzini ko’rish bilan emas, unga qo’shilib ketish (fano’/baqo’) bilan bo’lishi ham mumkin degan fikr ilgari surildi. Mansur alHalloj, ibn ‘Ato, ‘Ayn alQudot alHamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.
Tasavvuf - manbalarning keltirishicha, ba`zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko’rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o’z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni o’zlariga kasb qilib oldilar. Bu kabi kishilarga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim Shomiy (vaf. 160/776-77 y.), tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi bo’lmish Zunnuni Misriy (vaf. 256/869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Shibliy (vaf. 334/945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd Bag’dodiy (vaf. 398/1007-08 y.) edi. Ayollardan birinchi sufiy bo’lgan kishi Robi’a ‘Adaviyya (vaf. 135/752-53 y.)dir. Umuman olganda tasavvufning rivojlanish yo’li islom tarixining ajralmas bir bo’lagidir.
Movarounnahrga sufiylik Eron orqali kirib kelgan. Movarounnahrda juda keng tarqalgan sufiylik oqimi aqoid olimi Shayx Abu Ya‘qub Yusuf al-Hamadoniy (vaf. 535/1140-41 y.) maktabidan boshlangan. Yusuf Hamadoniyning maktabi ikki tarmoqqa ajralgan edi.
Birinchisi, «Xuroson madrasasi» ya`ni, shahar va shahar atroflarida rivojlangan va xalq orasida keng tarqalgan. Bu oqimga Xoja Yusuf Hamadoniyning mashhur shogirdi Xoja ‘Abd al-Xoliq al-¢ijduvoniy (vaf. 1179 y.) murshidlik qilgan. Keyinchalik bu oqimga Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband (1318-1389) murshidlik qilgan va bu davrda naqshbandiyya tariqati butun islom olamiga tarqalgan.
Ikkinchisi, Shayx Ahmad Yassaviy (1105- 1166) va uning shogirdlari nomi bilan bog’liqdir. Ahmad Yassaviy sufiylik tariqatining targ’ibotchisi bo’lish bilan birga shoir ham edi. U qadimiy o’zbek (turkiy) tilida ijod qilgan. Yassaviy asarlari majmuasi 1878 yili nashr etilgan «Devoni hikmat» nomi bilan ma`lum. Bu asar islom mafkurasining sodda ifodasi bo’lib, sufiylik asoslarini targ’ib qiladi. Uning fikricha, dunyoning noz-ne`matlarini so’ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodat hamda yig’i bilan o’tkazgan kishi sufiydir. Uning «Hikmat»i xalq orasida mashhurdir. Yassaviyya tariqati XII asrda Movarounnahrda paydo bo’lgan va Eronga ham keng yoyilgan. Yassaviylik ruhiy osoyishtalikka, sufiylik yo’liga kirishga, pirning rahbarligida «kamolot» sari borishga da`vat etgan. Yassaviyya keyinchalik naqshbandiyya tariqati bilan birlashib ketgan.
Fiqh
VIII-XII asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur rivojlangan bir davr bo’ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o’z rivojiga ega bo’ldi. Islom dini - Arabiston yarim oroli dorasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon diniga aylandi. Islomning din sifatida shakllanib, rivojlanishi aynan shu davrlarga to’g’ri keladi. Albatta, bunga turli mintaqalardagi jarayonlar o’z ta`sirini ko’rsatdi. Xususan, Movarounnahrning islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, kalom va boshqa sohalariga ko’rsatgan ta`siri juda kattadir. Ayniqsa fiqh ilmi sohasida Movarounnahrning tutgan o’rni beqiyosdir. Umuman olganda islom huquqshunosligi (fiqh) o’ziga xos rivojlanish tarixiga ega.
Fiqh - g’arbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammadan Jurisprudence, Le Droit Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar bilan yuritiladi. Dunyoda amaldagi huquq normalaridan farqli o’laroq, fiqh o’z ichiga ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud huquqiy normalarni ibodat va muomala masalalari bilan mushtarak holda ma`lum tartibga solingan huquqiy tizimdir.
Lug’atda:«al-fiqh» kalimasi -« anglamoq, tushunmoq» kabi ma`nolarni beradi.
Istilohda: «al-fiqh» - «Islom huquqi» deb yuritiladi.
Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o’rganilmagan bo’lib, mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo’yib kelmoqda.
Fiqh - odatda «furu‘ al-fiqh» (so’zma-so’z: «fiqh tarmoqlari») shariatni konkret sohalarga tadbiq qilishdan va «usul al-fiqh» (so’zma-so’z: «fiqh asoslari») shariat xukm oladigan manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Tarixiy tadrijga ko’ra «al-fiqh» - usul al-fiqhdan avval paydo bo’lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |