Presviterianlar. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo’lib, (yunoncha eng eski) mo’`tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta`limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida uninu a`zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim ibodat, presviterning mav`izasi, oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilgan, na «din ramzi» va na «otche nash» o’qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |