Toshkent toqimachilik va engil sanoati instituti "falsafa" kafedrasi



Download 1,79 Mb.
bet27/61
Sana08.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#333091
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
DINSHUNOSLIK kitob maxsus (2)

Xristianlikning ta`limoti. Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko’p jihatdan ta`sirlanishiga sabab bo’ldi. Xristianlikning asosiy g’oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta`limotdan kelib chiqqandir.

Keyinchalik bu ta`limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya`ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqatdagi ta`limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to’g’risidagi ta`limot, jannat va do’zax, oxiratda go’yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.



Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e`lon qilinganidan so’ng amalga oshdi.

325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborlarda xristianlik ta`limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.



  1. Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so’z yuritiladi.

  2. Ikkinchi qismda Xudoning o’g’li Isus Xristosga imon keltirish haqida so’z boradi.

  3. Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so’z yuritilib, unga ko’ra, Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirgan.

  4. To’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e`tiqod qilinadi.

  5. Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.

  6. Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so’z yuritiladi.

  7. Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so’z yuritiladi.

  8. Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.

  9. To’qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.

  10. O’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida.

  11. O’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi.

Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta`limoti katta rol o’ynadi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta`limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.

Avgustinning taqdir haqidagi ta`limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o’rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir taqozosidir.




Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish