Toshkent tўҚimаchilik vа engil sаnoаt instituti



Download 114 Kb.
bet1/3
Sana21.09.2021
Hajmi114 Kb.
#181343
  1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg‘ulot



5-AMALIY MASHG’ULOT.

Mavzu; Sanoat korxonasi mehnat sharoitlari holatini pasportlash

Ishdan maqsad:Sanoat korxonasi sanitariya-texnik pasportini ishlab chiqish uslubi va mazmunini o’zlashtirish.

Mustaqil bajarish uchun vazifa: Sanitariya-texnik pasport qo’llash haqidagi uslubiy ko’rsatmani o’rganish, korxona, sex sanitariya-texnik holatining namunaviy pasport shakli va mazmuni bilan tanishish, ish natijalari jadvallarini tayyorlash (1,2 ilova)

Amaliy ish hisobotida ishlab chiqarish bo’limida mehnat sharoitlarining sanitariya-texnik holati pasportini tuzish tartibi va uning maqsadi haqida yozish hamda uslubiy ko’rsatma so’nggida keltirilgan nazorat savollariga qisqa javob berish talab qilinadi.

Sanitariya-texnik pasporti jadvallarini to’ldirishda ishlovchilar soni, sexlar maydoni va hajmi, havo almashish karraligi, sanitariya-maishiy xonalar bilan ta’minlanganlik bo’yicha qiymatlarni 4-amaliy ish natijalaridan, meteorologik holat, yoritilganlik, titrash va changlanganlik va boshqalar bo’yicha 7-34,7-35-auditoriyada bajarilgan laboratoriya ishlari natijalaridan olinadi.

Umumiy vazifalar.



To’qimachilik va yengil sanoat korxonalarida mehnat sharoitlarini sanitariya-texnik pasportini tuzishdan ko’zda tutilgan maqsad ishlab chiqarish sexlarida mehnat sharoitlari holatini muntazam nazorat qilish, zararli va xavfli mehnat sharoitlarini aniqlash va bu uchastkalarda ishlovchi ishchilar sonini qisqartirish maqsadida tadbirlar ishlab chiqishdir.

Pasportizasiya har bir ishlab chiqarish uchastkasida amalga oshiriladi. Agar mehnat sharoitlari ayrim ish joylarida zararli omillar ta’siri bo’yicha bir-biridan farq qilsa yoki hudud bo’yicha alohida bo’lsa pasportizasiya mehnat sharoitlari bir xil bo’lgan bir guruh ish joylari uchun yoki alohida ,ish joylari uchun o’tkaziladi.

Pasportlash vaqtida havo muhitining holati (yilning issiq va sovuq davrlari uchun harorat, zaharli gazlar, bug’lar changlar)ga, shovqin va titrash sathiga va yoritilganlikka baho beriladi. Bu kattaliklar sanitariya me’yorlari, mehnat xavfsizligi standartlari bilan solishtiriladi va sexning nohush uchastkalari aniqlanadi. Bunda ishlovchilar soni, shu jumladan ayollar soni, tungi smenada, zararli ish sharoitlarida ishlovchilar soni, qo’shimcha ta’tildan va qisqartirilgan ish kunlaridan foydalanuvchilar, davolash-profilaktik ovqatlaridan foydalanuvchi o’ta zararli ish joylarida ishlovchilar soni, og’ir mehnat bilan band hamda mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan, zararli omillar ta’siri ostida bo’lgan mehnat sharoitlarida ishlovchilar soni aniqlanadi.

Ishlab chiqarish obyektlari har yili pasportizasiyadan o’tkaziladi, bu ish joylarida mehnat sharoitlarini dinamikada baho berishiga va ish sharoitlarini sog’lomlashtirish, kasallik va jarohatlarni pasaytirish bo’yicha o’z vaqtida tadbirlar qabul qilishiga imkon beradi. Pasportlash natijalari bo’yicha quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi:

a) zararli sharoitlarda ishlovchi ishchilar sonini kamaytirish bo’yicha;

b) mehnat sharoitlari belgilangan me’yorlarga mos bo’lmagan bino, inshoot va obyektlarni ekspluatasiyadan chiqarish, sozlash va ta’mirlash bo’yicha;



v) zarur davo – profilaktik muassasa va sanitariya-maishiy xonalarni qurish bo’yicha;

Shuning uchun pasportlash ko’rsatkichlari korxonaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasida o’z aksini topadi.

Pasport ikki nusxada to’ldirilib, uning bir nusxasi sex boshlig’ida va ikkinchi nusxasi korxonaning mehnat muhofazasi bo’limida saqlanadi. Pasportni to’g’ri va o’z vaqtida to’ldirish mas’uliyati sex boshlig’iga yuklanadi.

O’lchov natijalariga sex boshlig’i, mehnat muhofazasi vakili va o’lchovlarni olib borgan shaxs tomonidan imzo chekiladi.

Korxona sanitariya-texnik pasporti bosh muxandis va korxona kasaba uyushmasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Sex, bo’lim va uchastkalarning sanitariya-texnik holatini pasportlarini sex, bo’lim va uchastka boshliqlari olib boradilar. Pasportga kiritilgan ko’rsatkichlar va pasportning saqlanishi uchun ular javob beradilar.

Ishlab chiqarish omillari kattaliklarini (chang, gaz konsentrasiyasi, yoritilganlik, shovqin, titrash va sh.o’.) sanitariya laboratoriyalari xodimlari o’lchaydilar.

Sanitariya laboratoriya faoliyatini tuman, shahar sanepidem stansiyalari uslubiy boshqaradilar. Korxona bo’yicha olib boriladigan tadqiqot ishlari hajmini, ularning sex, uchastka va ish joylaridagi namuna olish nuqtalarining joylashishini korxona mehnat muhofazasi bo’limi sanepidem stansiyaning korxonaga biriktirilgan sanitariya vrachi bilan birgalikda belgilaydi va bosh muxandis tasdiqlaydi. Korxonada sanitariya laboratoriyasi bo’lmagan hollarda pasport to’ldirish ishlarini mehnat muhofazasi muxandisi tashkil qiladi.


Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish