TOSHKENT TIBBIYOT
AKADEMYASI
FAN: Mikrobiologiya MAVZU: Antigen va antitelalar. Serologik reaksiyalar. Vaksina va immun zardoblar.
Tayyorladi: Tibbiy pedagogika fakulteti 203-guruh talabasi Xurramova Durdona
"Antigen" - soʻzi yunonchadan olingan boʻlib "begona" degan maʼnoni bildiradi. Antigenlar – ma’lum sharoitda immun javob berish va maxsus antitelolar ishlanib chiqishi, yot hujayralarni yemirib limfotsitlar hosil bo‘lishi, im-munologik holat yeki tolerantlik shak-llanishiga sabab bo‘ladigan turli mod-dalar. Antigenning eng muhim xususiyati anti-genlik va o‘ziga xoslikdir.
Antigenlar
Xususiyatiga ko‘ra Antigenning to‘la va qisman, shuningdek eriydigan (oqsillar va uni boshqa moddalar bilan suvdagi eritmasi), korpuskulyar, kuchli va kuchsiz, tabiiy va sun’iy hamda getero-, izo-, autoantigenlar farq qilinadi. Antigenni o‘rganish a’zo va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish, infeksion jarayonlarning rivojlanishi, shuningdek o‘smalarni aniqlash va davolashda juda muhim ahamiyatga ega.
Antigenlar boʻlishi mumkin:
— Zaharlar(hayvon, oʻsimliklar, mikroblar mahsulotlari)
— Hamma mikroblar
— Xar xil oqsillar, polisaxaridlar, lipidlar
Antigenlarni molekulyar massasi 10000 dan kam boʻlmasligi zarur
Antigenlar 2 xil koʻrinishda boʻlishi mumkin
1. Toʻla qiymatli antigenlar
2. Toʻla qiymatsiz antigenlar
Antitelalar
Antitelalar- tarkibi oqsildan tashkil topgan immunoglobulindir.
Antitelalar — immunitet hosil qiladigan moddalar.
Antitelalar hosil boʻlishi 4 fazadan iborat
1. Tinch faza 2. Logarifmik faza
3. Sensibilizatsiya
4. Antitela ishlab chiqarilishining kamayish fazasi
1. Tinch faza - 24-96 soatgacha boʻladi. Organizmga Antigen tushganda antitelani hosil boʻlgungacha boʻlgan vaqtni ozi ichiga oladi
4. Antitela ishlab chiqarilishining kamayish fazasi
3. Sensibilizatsiya - bu fazada antitela miqdori bir necha kun va bir necha oy oʻzgarmay turadi
2. Logarifmik faza- bunda Antitela titri maksimal miqdorda oshadi va qonga oʻtadi
Serologiya (lot. serum — zardob ) — immunologiya fanining bir boʻlimi; qon zardobining immun xossalarini oʻrganadi. Serologik reaksiyalar agglyutinatsiya, passiv gemagglyutinatsiya, pretsipitatsiyaga va neytrallash reaksiyasi (mikrobni), gemagglyutinatsiyani tormozlash reaksiyasiga boʻlinadi. Bir qancha "oddiy" reaksiyalardan murakkab serologik reaksiyalar: bakterioliz, komplement bogʻlash reaksiyasi vujudga keladi.
Mikroorganizmlarning harakatchan turlarini aniklash (mas, zaxmda rangeiz treponemalarni immobilizatsiya qilish reaksiyasi), serologik reaksiyalarning alohida turidir. Serologik reaksiyalar infeksion va noinfeksion immunologiyada ilmiy va diagnostika maqsadida qoʻllanadi. Ulardan qon quyishda, qon gruppasini, oqsillarning individual va oʻziga xos xususiyatlarini aniklashda foydalaniladi. Immun va diagnostik zardoblarni olish, ularning faolligini aniqlash hamda taʼsir etish mexanizmini oʻrganish usullarini ishlab chiqish serologik reaksiyaning asosiy vazifasidir.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |