Fibroz - Fibroz
- Fibroz — jigar to’qimasi o’rnini biriktiruvchi to’qima tolalari bilan almashtirilishi. Har qanday jarohatni tuzalishida bo’lgani kabi, jigardagi shikastlanish joyida ham chandiq paydo bo’ladi. U kollagen, elastin va odatda hujayralararo bo’shliqda joylashadigan boshqa moddalarga boy bo’lgan mustahkam to’qimadan iborat. Faqat fibroz jarayonida ushbu moddalar odatdagidan ko’ra 10 baravar ko’proq to’planadi.
- Chandiq to’qima endi nobud bo’lgan jigar hujayralarining vazifalarini bajara olmaydi. Fibroz jarayoni tez bo’lishi va juda uzoq vaqtga cho’zilishi mumkin. Fibrozning yakuniy natijasi sirrozdir.
Jigar saratoni - Omon qolgan jigar hujayralari vaziyatni to’g’irlashga urinishga harakat qiladi va faol ravishda bo’linishni boshlaydi. Ammo, bu boshqa omillar bilan birgalikda ko’pincha jigar saratoni — gepatosellyulyar karsinoma rivojlanishiga olib keladi.
- Jigar funktsiyasining og’ir buzilishi — jigar yetishmovchiligi deb nom oladi.
Belgilari va alomatlari - Afsuski, jigar juda uzoq vaqt biron bir signal bermasligi mumkin, kasallik belgilari namoyon bo’lishi ham juda xilma-xildir. Aksariyat alomatlar bir nechta kasalliklarda uchraydi, shuning uchun aniq tashxis qo’yish maqsadida shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. U qo’shimcha tekshiruvlar natijasida qaysi mutaxassis bilan bog’lanish kerakligini maslahat beradi.
- Sariq kasallik Jigar hujayralarining parchalanishida qonga ko’p miqdordagi bilirubin pigmenti kiradi. Ushbu holat shuningdek, jigar bilan bog’liq bo’lmagan safro chiqarishda yuzaga kelgan muammolarda ham kuzatilishi mumkin.
- Dastlab sarg’ish tus ko’zlarning oqlarida, keyin terida ko’rinishi.
- Najasning rangi och, loy kabi bo’lishi.
- Siydik rangining qora pivoning rangi kabiligi.
- Bilirubinning teriga bezovta qiluvchi ta’siri tufayli qichishishlar.
Modda almashinuvi buzilishi. - Modda almashinuvi buzilishi.
- Ksantoma va ksantemalar — mayda yog’ to’planmalari — qovoq, bilak, tirsak bukilmalari va boshqa joylarda paydo bo’lishi.
- Qorin bo’shlig’i hajmining oshishi qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi belgisi bo’lishi mumkin (astsit).
- Qonda albumin miqdori kamayishida butun tanaga bo’ylab kuzatiladigan shishlar.
- Ammiakning mochevinaga aylanishining buzilishi tufayli yoqimsiz shirin hid.
- Jinsiy gormonlar almashinuvining buzilishi — ayollarda hayz siklining buzilishi, erkaklarda libidoning zaiflashishi va sut bezlarining kattalashishi.
- Ensefalopatiya — miyaga ta’sir qilishi.
- Uyquchanlik, letargiya, apatiya, «jigarli dangasalik».
- Kichik motorikaning buzilishi, husnixatning o’zgarishi, qo’l titrashi.
- Ko’pincha virusli shikastlanishlar bilan birga kechadigan o’tkir gepatitning belgilari.
- Ko’ngil aynishi va qusish.
- Qorin og’rig’i — ko’proq o’ng qovurg’a ostida, ammo butun qorin bo’shlig’iga tarqalishi mumkin. Ovqatlanish bilan bog’liq emas.
- Yuqori isitma, bosh og’rig’i, bo’g’imlardagi og’riq.
Do'stlaringiz bilan baham: |