Toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 227,5 Kb.
Sana02.02.2017
Hajmi227,5 Kb.
#1665
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TIBBIYOT TA`LIMDA O’QITISH TEXNOLOGIYASI

GINEKOLOGIYA FANIDAN «HOMILADORLIK I YARMIDA QON KETISHLAR. ABORTLAR. TBK. BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK.» MAVZUSIDAGI
KEYS -STADI

TOSHKENT2014

PEDAGOGIK ANNOTATSIYASI

O’quv predmeti: Ginekologiya.

Mavzu: Homiladorlik I yarmida qon ketishlar. Abortlar. TBK. Bachadondan tashqari homiladorlik.

Keysning asosiy maksadi:

Ginekologiya amaliyotida uchraydigan homiladorlik I yarmida qon ketishlar abortlar, TBK va bachadondan tashqari homiladorlikni keltirib chiqaruvchi sabablar, klinik kechishi, o’z vaqtida aniqlash, boshqa kasalliklardan farqlash, davolash, davolashdan keyingi sog`lomlashtirish tadbirlari va oldini olish choralari bilan talabalarni tanishtirish.



O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:

  • Ginekologiya amaliyotida uchraydigan homiladorlik I yarmida qon ketishlar abortlar, TBK va bachadondan tashqari homiladorlikni erta tashxislay olish, uning yuzaga kelish sabablarini ko’rsatib berish;

  • homiladorlik I yarmida qon ketishlar abortlar TBK va bachadondan tashqari homiladorlikni davolash rejasini va kasallikni oldini olish chora tadbirlarini yoritib berish;

  • muammoli vazifalarni echishda nazariy bilimlarini qo’llash;

  • muammoni aniqlab, uni hal qilishda echim topish.

Ushbu keysni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar kuyidagi bilim va kunikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:

Talaba bilishi kerak:

Homiladorlik I yarmida qon ketishlar abortlar, TBK va bachadondan tashqari homiladorlik haqida tushuncha, turlari, etiologiyasi, diagnostikasini, turli davolash usullarini, va profilaktikasini.



Talaba amalga oshirishi kerak:

Mavzuni mustaqil o’rganadi, muammoniig mohiyatini aniqlashtiradi, g`oyalarni ilgari suradi, ma`lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o’rganadi, o’z nuqtai nazariga ega bo’lib, mantiqiy xulosa chiqaradi, o’quv ma`lumotlar bilan mustaqil ishlaydi, ma`lumotlarni taqqoslaydi, taxlil qiladi va umumlashtiradi;



Talaba ega bo’lmog`i kerak:

-kommunikativ ko’nikmalarga; taqdimot ko’nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko’nikmalariga.



Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ruyxati:

1. «Ginekologiya» Jabbarova YU,Q..Ayupova F.M– Toshkent 2009y.

2.Spravochnik po akusherstvu i ginekologii /Pod red.G.M. Savelevoy.2007

3. Akusherlik va ginekologiya fanidan amaliy mahoratlar/Ayupova F.M..Jabbarova YU,Q..Nigmatova G.M..SHukurov F.I..Saidjalilova D.D/Uslub.qo’llanma.2008y

4.Prakticheskaya ginekologiya (Klinicheskie lektsii) / Pod red. V.I. Kulakova, V.N. Prilepskoy. //M., 2001.

5.Aylamazyan E.K., Ryabtseva I.T. Neotlojnaya pomosh pri ekstremalnыx sostoyaniyax v ginkeologii. // S-Peterburg, 1992.

6.Bodyajina V.I., Smetnik V.P., Tumilovich L.G. Neoperativnaya ginekologiya. // M., 1990.

7.Kulakov V.I., Seleznyova N.D., Krasnopolskiy V.I. Operativnaya ginekologiya. // M.,1990.

8.Kulakov V.I. «Operativnaya ginekologiya», 1997.

9.Malevich K.I., Rusakevich P.S. Lechenie i reabilitatsiya pri ginekologicheskix zabolevaniyax. // Minsk, 1994.

10.Saveleva G.M. Rukovodstvo po akusherstvu i ginekologii. // M., 1996.

11.Endoskopiya v ginekologii. / Pod red. G.M. Savelevoy // M.,1983.



Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavxali bo’lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob`ekti shaxsga yo’naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo’lib, ma`lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Xajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, taxlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan akusherlik xirurgiya onkologiya va urologiya fanida xamda ochiq dars soatlarida foydalanish mumkin.

KEYS: Homiladorlik I yarmida qon ketishlar. Abortlar. TBK. Bachadondan tashqari homiladorlik.

Kirish. " Homiladorlik I yarmida qon ketishlar. Abortlar. TBK. Bachadondan tashqari homiladorlik " mavzusi ginekologiya fanini o’qitishda muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha amaliy mashg`ulotda "Keys stadi"ga asoslangan o’qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan.

Xomiladorlikning dastlabki xaftasidan to 22 xaftasigacha yoki xomilani vazi 500 g etilishgacha to’xtashi abort (bola tashlash) xisoblanadi.

Xomiladorlikning to’xtash muddatiga qarab:

a) erta boshlangan abort (13-14 xaftagacha)

b) kechikkan (14-22 xaftagacha) abort deb yuritiladi.

Xomiladorlikning to’xtash sabablariga ko’ra:

1.Ayolning xoxishi bilan qilinadigan yoki tibbiy ko’rsatmasi bilan to’xtatiladigan sun`iy abort atiladi. 2.O’z -o’zidan (ixtiyorsiz) sodir bo’ladigan abort eng ko’p uchraydi. 3. Ayolning o’zi boshqa kishi yordamida tibbiyot qoidalariga xilof bola tushirishi xavflisizemas (kriminal, jinoiy) abort deb yuritiladi.

Agar o’z-o’zidan sodir bo’ladigan abortlar bir necha marta birin-ketin takrorlansa, bu odat bo’lib qolgan bola tashlashga kiradi.

Ixtiyorsiz bola tashlashga o’tkir va surunkali yuqumli kasalliklar (gripp, yuqumli gepatit, sil, brutsellyoz, zaxm) revmatizm, angina, pnevmoniya, pielonefrit,appenditsit,ichki sekretsiya bezlari kasalliklari sabab bo’lishi mumkin .

Ona bilan xomila qonining rezus jixatdan mos kelmasligi (onada rezus- manfiy, xomilada rezus-musbat qon bo’lsa) xomiladorlikni to’xtatishga olib keladi. YAqin qarindoshlar orasidagi turmush, xromosom – genetik o’zgarishlar natijasida homila nuqsoni rivojlanishi va tushishiga sabab bo’ladi .

Ichki jinsiy a`zolar (bachadon, tuxumdon, bachadon naylari) faoliyatining etishmovchiligi (infantilizm), bachadon va naylar, tuxumdonlarning tug`ma nuqsonlari, tuxumdon va bachadon o’smalari, bachadon bo’ynining oldingi tug`ruqda yirtilishi kabi ko’pgina xolatlar bola tashlashga sabab bo’ladi. Ayolda to’satdan sodir bo’ladigan ruxiy shikastlanish, jismoniy og`ir mexnat, xar xil jaroxatlar o’z-o’zidan bola tushishiga imkon tug`diradi .

Bachadon, bachadon naylari, tug`ruq yo’llari (bachadon bo’yni, qin, siydik yo’llari)ning surunkali yallig`lanishi natijasida ona qornida xomila va yo’ldoshga kasallikning mikroblari o’tib ularni shikastlaydi xomila ona qornida nobud bo’ladi va xomiladorlik rivojlanishdan to’xtaydi , ya`ni bola tashlash sodir bo’ladi. Xomiladorlikning dastlabki 12-14 xaftasigacha o’z-o’zidan sodir bo’ladigan abortlar tuxumdondan ajraladigan gormon (estrogenlar, progesteron) miqdori kamayganligiga sabab bo’lsa, kechikkan (12-22 xaftada) abortlar ko’pgina o’tkir va surunkali kasalliklar, yuqumli o’tkir kasalliklar, rezus mos kelmaslik, avvalgi tug`ruqda bachadon bo’yni shikastlanishi, qand kasalliklari kabilar natijasida yuzaga keladi.

O’z-o’zidan sodir bo’ladigan abort klinik bosqichiga ko’ra bir necha turga bo’linadi (35-rasm): a) abort xavfi (taxdid qiluvchi abort), b) boshlangan abort, v) jadallashgan abort, g) chala, d) to’liq abort.

Bundan tashqari ixtiyorsiz abortlar klinik kechishiga qarab infektsiyasiz va infektsiya tushgan abortlarga bo’linadi.

Ixtiyorsiz bola tushishning yana bir turi – o’smay qolgan yoki xalk orasida “”yopishgan xomila” deb ham yuritiladigan abortdir. Bunda xomila yo’ldosh bachadon devorlaridan ajralib nobud bo’lgach, bachadon qisqarmaganligi, bachadon bo’yni ochilmaganligi sababli bachadondan tashqariga chiqmay qoladi.

Klinik belgilari

Ixtiyorsiz abortning birinchi bosqichi-abort xavfida ayol qornining pastida va belida dardga o’xshash og`riq sezadi.

Bunda qin orqali tekshirib ko’rilganda bachadon xajmi xomiladorlik muddatiga to’g`ri kelib, bachadon biroz qisqaradi, ammo bo’yni ochilmagan bo’ladi.

Boshlanayotgan abort - bola tashlashning ikkinchi bosqichi—xomila tushishning boshlanishi bo’lib, ayol og`riqdan tashqari jinsiy yo’llardan biroz qon ketayotganidan shikoyat qiladi. Qin orqali tekshirganda bunda xam

bachadon xajmi xomiladorlik muddatiga mos keladi, bachadon devorlari qisqaradi, bachadon bo’yni teshigi berk yoki tashqi teshigi barmoq uchicha ochilgan bo’lishi mumkin. Agar jinsiy yo’llarda ko’p miqdorda yoki uzoq vaqt qon ketish kuzatilsa, xomiladorlikning kelgusida rivojlanishiga imkon bo’lmay qoladi, chunki bachadon devoridan xomila va boshlang`ich yo’ldosh (xorion) ko’proq ko’chgan bo’ladi.

Abortlarda bu dastlabki ikkinchi bosqichida xomiladorlar tezda tug`ruqxonaga yotkizilib, tinch sharoitda yaratish va bachadonning qisqarish xususiyatini kamaytiradiga dorilar qo’llanilishi kerak. No-SHpa 2 ml dan, papaverinning 2% li eritmasidan 2 ml, vitamin E ning 5-10% eritmasidan 1ml, progesteronning 1-2,5% eritmasidan 1,0ml dan kuniga 1 marta mushak orasiga yuboriladi. Magniyning sulfat 25% li eritmasidan 5-10 ml ga novokainning 0 5% li eritmasidan 5ml qo’shib, kuniga 1-2 marta 5-6 kun davomida mushaklar orasiga yuboriladi.

Keyingi vaqtlarda progesteron o’rniga sintetik progesteron - turinal tabletkasidan kuniga 2-3 marta eki dyufaston 4tabl.1-nchi kun keyin 3-2 maxal ichish buyurilmoqda. Vitaminlardan V1, V6 1ml dan xar kuni mushak orasiga yuboriladi. Glyukozaning 40%-20 ml eritmasiga 5%-5ml vitamin S qo’shib qon tomirga yuborilsa, homilani o’sishiga yordam qiladi. Agar homila tushishining sababi rezus mos kelmaslik bo’lsa, homiladorlikda xozirgi davrda antitanalarni kamaytirish maqsadida dimedrol, pipolfendan 1ml teri ostiga yuboriladi yoki 1 ta tabletkadan kuniga 1-3 marta ichishga beriladi.

Rezus immunlashgan homiladorlikda alloplastika metodi ( eridan ozgina teri olinib ayolga ko’chirib o’tkazish) homiladorlarni davolashda keng qo’llanilmoqda. Boshlanayotgan abortda bachadon bo’yni biroz ochilgan bo’lsa dorilar bilan davolash davomida qon ketish kamaymasa homiladorikni saqlab qolishning iloji bo’lmaydi, bu holda homilani maxsus asboblar (mexanik vakuum-shprits)yordamida olib tashlashga to’g`ri keladi.

Jadallashgan abortda ko’chgan homila tuxumi bachadon bo’shlig`ining kengaygan kanali orqali qinga chiqib qolgan bo’ladi. Bachadon bo’yni kanalining ochilganligi, unda xomila tuxumi borligi, tuxumning bir qismi qinga tushganligi ayolni qin orqali tekshirganda aniqlanadi.

CHala abortda xomila tuxumining bir qismi (tushib qolgan qismi) bachadon bo’shlig`ida saqlanib qoladi. Bunda bachadon bo’yni kanali 1-2sm ochilgan, bachadon tanasi homiladorlik muddatidan kichikroq bachadon esa yumshoqroq bo’ladi.

Jadallashgan va chala abortda bachadondan ko’p miqdorda qon ketishi mumkin. Davosi, homila tuxumi, uning qoldiqlari maxsus asboblar yordamida olib tashlanadi. Bundan tashqari o’tkir kamqonlik natijasida ayolning axvoli og`irlashgan bo’lsa albatta zarur miqdorda qon va uning o’rnini bosuvchi suyuq dorilar tomirga yuboriladi

Homila tuxumi bachadon bo’shlig`idan batamom chiqqanda to’liq abort deb yuritiladi . To’liq abortda bachadon qisqaradi bachadon kanali ozroq ochil

gan qon oqishi to’xtagan bo’ladi. Bachadon xajmi kichraygan bo’ladi. Xomiladorlikning dastlabki oylarida to’liq abort katta muddatdagi xomiladorlikka qaraganda kamroq uchraydi.

To’liq abortda bachadondan homila tuxumi to’la shikastlanmay chiqqanda xam detsidual parda va qon laxtalari bachadonda qoladi, bu esa mikroblar rivojlanishiga etarli muxit yaratadi, infektsiya avj olishiga sabab bo’ladi. SHu sababli to’liq abortdan keyin ham bachadon devorlarini maxsus asboblar bilan qirish tavsiya etiladi.

O’smay qolgan homiladorlik (yopishgan homila)ni aniqlashda homiladorlik belgilari yo’qolishi, sut bezlarining yumshashi, bachadon hajmi homiladorlik muddatidan kichik bo’lishi, katta muddatli homiladorlikda xomilaning yurak urishi va qimirlashining to’xtashi kabi belgilar ahamiyatga egadir. Bundan tashqari biologik (Galli - Maynini) usuli yoki immunologik reaktsiyalar yordamida homiladorlikning to’xtaganligi aniqlanadi.

Keyingi paytda ultratovush apparati yordamida homiladorlikning rivojlanishi, homilaning tirikligini aniqlash keng qo’llanilmoqda. Homila nobud bo’lganligi aniqlagandan so’ng, uni olib tashlashga (12 haftagacha) yoki sun`iy tug`dirishga (12 haftadan oshgach) harakat qilish kerak. CHunki bunday hollarda bachadondagi o’lik to’qimalar ayol organizmini surunkali zaxarlab homila tushishi paytida ayolda qon ivimaslik, ya`ni koagulopatik qon ketish asoratlariga olib kelishi mumkin. SHu sababli o’smay qolgan homiladorlikni aniqlash bilan darrov ayolni tug`ruqxonaga etkazib, qon gruppasi, rezus omil, qon ivish xususiyatlarini aniqlash zarur.

Homilani olib tashlash yoki sun`iy tushirish mobaynida qon, qon zardobi, qonni ivituvchi (kaltsiy xlor, vikasol, ditsinon, vitaminE, ATF, kontikal, gordoks, askorbin kislotasi) dorilaridan qon tomiriga yuborish og`ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi.

Septik abort

Agar homila tushishi 2-3 kun va undan ko’p davom etsa , bachadon ichiga mikroblar tushib , xomila tuxumi va bachadonning yallig`lanishiga sabab bo’ladi. Buni infektsiyali abort deb yuritilib, bu ko’proq jinsiy (kriminal) yo’l bilan homila tushirilganda sodir bo’ladi. Infektsiya fakat homila va bachadon shilliq qavatini zararlasa, asoratsiz abort deb yuritiladi. Asoratli abortda infektsiya kichik chanoq a`zolariga, bachadon naylari, tuxumdon, bachadon atrofidagi kletchatkalariga tarqalib, chanoq bo’shlig`ida yiring to’planadi.

Bunda bemorning tana xarorati baland bo’lib , axvoli og`irlashadi. Septik abortda esa infektsiyaning qon orqali butun a`zoizmga tarkalishi natijasida bemorning axvoli yanada og`irlashadi , ba`zan o’pka, buyrak va boshqa a`zolarda yiringli yallig`lanishlar , shu a`zolarni faoliyatining bo’zilishi ko’zatiladi. Ba`zan bu holat septik karaxtlik (shok) ka olib keladi. Bunda tana haroratining nihoyatda baland bo’lishi, tomir urishining tezlashishi, qon bosimining birdan pasayib ketishi, nafas olish, yurak faoliyatining o’tkir etishmovchiligi tufayli ba`zan bemor nobud bo’lishi mumkin. Infektsiyali abort davomida bir vaqtni o’zida yallig`lanishga qarshi dorilar qo’llashdan tashqari bachadon ichidagi xomila va uning qoldiqlarini qirib olish yoki homilani tushirishni tezlatish choralari ko’riladi. Septik abort va septik shokni davolashda bemorga bir vaqtda 2-3 xil har tomonlama ta`sir ko’rsatadigan antibiotiklar lendatsin 1g v/i 3-5 kun, tsefazolin-TEVA, ifizol 1g xar 4-6 soatda, tsiprinol 200-400 mg 2m/k 5kun v/i, ifitsef, tseftriakson 1g dan xar 6 soatda mushak orasiga yoki qon tomiriga tomchilab, kanamitsin-ni 0,5 g dan xar 8-12 soatda, vankomitsin 500 mg dan xar 6 soatdan mushak orasiga, sulperazon 1g -2g xar 12 soatda v/i eki m/i yuboriladi. SHu bilan birga metrogil 200 mg-400 mg kuniga 2-3 maxal ichishga eki 100 ml (500mg) 2maxal qon tomiriga, sutkasiga 2,5 litrgacha suyuqliklar (protein, albumin, aminon yoki infezol, refortan, jelatinol, gemodez va boshqalar) dan qon tomiriga tomchilab, desensibillovchi ( dimedrol 1% 1-2 ml yoki lorid 1 tabl.kuniga), siydik ajralishini kuchaytiruvchi ( 2 ml laziks tomirga yoki mushak orasiga, mannitolni 15% li eritmasidan 200-400 ml qon tomirga ), yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar ( 0,25% li strofantindan 0,5 ml glyukozaga qo’shib tomirga, sulfokamfokaindan 2 ml mushak orasiga ) tana xaroratini pasaytiruvchi (analgin, amidopirin va dimedrol aralashmasi mushak orasiga) kabi dorilarni muntazam berib borilsa bu bemor axvolining yaxshilanishiga yordam beradi .

SHuni aytib o’tish kerakki, agar bachadondan ko’p qon ketayotgan bo’lsa, tana harorati yuqori darajada bo’lishiga karamay , bachadon devorlaridan homila qoldiqlarini vakuum-aspiratsiya usuli bilan eki kirib tashlash qon ketishini to’xtatishga yordam beradi. Septik abortlarda ba`zan ayolning hayotini saqlab qolish maqsadida bachadonni , bachadon naylari hamda tuxumdonlar bilan birga operatsiya kilib olib tashlashga ham to’g`ri keladi .

O’z-o’zidan sodir bo’ladigan abortlarning oldini olish uchun ularni yuzaga keltiradigan yukorida ko’rsatib o’tilgan kasalliklarni o’z vaqtida davolash, qizlarni yoshligidan chiniqtirish vaqtida sifatli ovqatlanish, sun`iy abort qildirmaslik uchun xomiladorlikdan saqlanish vositalaridan keng foydalanishni ayollar o’rtasida targ`ibot qilish zarur. Bola tashlash odat bo’lib qolgan xomiladorlarni xomiladorlikning « Xavfli » muddatlarida tug`ruqxonalarda davolash tavsiya etiladi.

Sun`iy abort

Davolash muassasalarida ayolning istagi yoki tibbiy ko’rsatmalarga muvofiq homiladorlik sun`iy yo’l bilan to’xtatiladi ya`ni abort qilinadi .

Ayol biror sababga ko’ra tug`ishni istamasa homiladorlikning 12 haftasigacha abort qildirish huquqiga egadir . Lekin sun`iy abort qilishda ayolning jinsiy yo’llarida yallig`lanish kasalliklari bo’lmasligi, abort qilishda aseptika qoidalariga rioya qilish abortdan keyingi asoratlarning oldini olishda yordam beradi. Homiladorlikning 12 haftasidan oshgan muddatlarida faqat tibbiy yoki sotsial ko’rsatmalariga muvofiq homiladorning hayoti hamda sog`lig`iga xavf soladigan biron kasallikning mavjudligi va oilaviy sabablari ( eri to’satdan o’lgan yoki jazoga tortilgan, balog`at yoshiga etmagan yoki jinsiy tazyiq natijasida homilador bo’lgan ) ko’ra sun`iy abort qilinadi. Homilani olib tashlashdan oldin bachadon buyini tayerlash uchun prepidil gel tservikal kamaliga 1kun oldin yuborish tavsiya kilinadi. Kasalxona sharoitida abort qilishganda ham bachadon va boshqa a`zolarning yallig`lanish hamda shikastlanish ehtimoli yo’q emas. Infektsiya qo’shilib og`irlashgan abortlardan keyin ayolning bo’yida bo’lmasligi yoki homilaning bachadondan tashqarida rivojlanishi kabi asoratlar ko’p kuzatiladi . SHuning uchun abortning oldini olish sanitariya maorif ishlarini keng yo’lga qo’yish va bo’yida bo’lishdan saqlaydigan vositalarni qo’llashdan iborat.

Elbug`oz.

Homila tuxum kasalligi bo’lib, bunda xorion vorsinkalarining tuzilishi o’zgaradi . Kasallikdan oldin nozik bir hil yo’g`onlikda bo’lgan vorsinkalar elbo’g`oz boshlanishi bilanoq bog`ichsimon poyaga aylanadi. Bu poyalar huddi uzum shingili singari joylashgan va tiniq suyuqlik bilan to’lgan pufakchalar bilan o’raladi.

Vorsinkalar sifatining buzilib, o’zgarib qolishiga uning stromasi liqildoq massaga aylanishi va vorsinka epiteliysining o’sib qalinlashuvi sabab bo’ladi. Epiteliylar o’sib qalinlashuvi natijasida o’zgargan xorion vorsinkalari ba`zan detsidual pardadan bachadon mushak qavatiga, hatto bachadon devorlarini emirib qorin bo’shlig`iga kiradi. Elbo’g`ozning bu shakli kam uchraydi va buzuvchi elbo’g`oz deb ataladi.

Elbo’g`oz ko’proq takroriy homiladorlikda uchraydi. Elbo’g`ozning taraqqiy qilishda (homiladorlikda) avval vorsinkalar sifati o’zgaradi, agar elbo’g`oz homiladorlikning so’nggi davrlarida boshlansa yo’ldosh zararlanadi . Yo’ldosh to’liq va qisman elbo’g`ozga aylanishi mumkin.

Agar yo’ldoshning bir qismi (1/3 qismidan kamrogi) elbo’g`oz bilan zararlangan bo’lsa homila o’z taraqqiyotini davom ettirishi mumkin.

Elbo’g`oz bilan yo’ldoshning vazifasi asosan izdan chiqadi va u homilani oziq moddalar bilan ta`minlamay qo’yadi, natijada homila xalok bo’ladi.

O’lgan homila chiriydi yoki ona tanasiga shimilib ketadi. Elbo’g`oz o’zidan keyin tuxumdonda albatta asorat qoldiradi. Tuxumdonlar mayda kistalardan iborat bo’lib qoladi. Ularning har ikkalasida ham sariq tana hosil bo’ladi. Keyinchalik sariq tana kattalashadi. Uning kattaligi ba`zan homila boshidek bo’lishi mumkin.

Bemor sog`aygandan keyin lyutein so’rilib ketadi. Kistalar orqaga taraqqiy qilib yo’qoladi. Elbo’g`ozning hosil bo’lish sabablari hozirgacha aniqlangan emas.

Klinik kechishi:

Elbo’g`oz kasalligi bir qancha belgilar bilan xarakterlanadi:

Ulardan asosiylari quyidagilar:

1. Xomiladorlikning birinchi oylarida bachadondan qon ketadi va shu oylarga qon ketishning ko’p-ozligi turlicha bo’ladi. Ba`zan qon vaqtincha to’xtaydi. Ketayotgan qon suyuq qoramtir rangda bo’ladi. Ba`zan qon bilan birga alohida pufakchalar ham ajralib chiqadi.

2. Bachadon hajmi homiladorlik muddatiga to’g`ri kelmaydi. CHunki elbo’g`oz tez o’sadigan bo’ladi. Bachadonning ba`zi eri yumshoq, ba`zi eri qattiq bo’ladi.

3. Paypaslab ko’rilganda homilani topib bo’lmaydi. Xomilaning yurak urishi eshitilmaydi, qimirlashini ona sezmaydi.

4. Olimlarning kuzatishlariga ko’ra elbo’g`ozdan ba`zan intoksikatsiya bo’lib, qayta-qayta qusish, shish, albuminuriya va preeklampsiya paydo bo’lishi mumkin.

5. Qorinda og`riq paydo bo’lishining sababi, XG miqdorining ko’payishi natijasida tekalyutein kistalarning paydo bo’lishi hisoblanadi.

Elbo’g`ozni aniqlash:

1. Qin orqali rangsiz pufaksimon ajralmalarning ko’p topilishi.

2. XG miqdorining 100000 XB/ml dan oshib ketishi.

3. Bachadon hajmining homiladorlik muddatidan kattaroq bo’lishi.

4. Bachadondan qon ketishi.

5. Ultratovush orqali tekshirilganda normal yo’ldoshning va homilaning exo belgilari aniqlanmaydi.

6. Paypaslanganda bachadon konsistentsiyasining bir xil emasligi (bir qismi qattiq, bir qismi yumshoqroq bo’ladi) bunga – “soxta miomatozli bachadon” deyiladi.

Elbo’g`ozni davolash:

Elbo’g`oz kasalligi hamma vaqt ham xavflidir. Ko’pincha homiladorlikning birinchi oylarida homila elbo’g`ozdan nobud bo’ladi, bu ona uchun ham katta xavf tug`diradi, chunki bunday vaqtlarda qon ko’p ketishi va elbo’g`ozning tez taraqqiy qilishidan tashqari u o’smaga, shishga (xorionepiteliomaga) aylanib ketishi mumkin.

SHuning uchun elbo’g`oz bilan og`rigan bemorni kasalxonaga zudlik bilan yotqizish va davolashni boshlash kerak.

Bachadon mushaklari yaxshi qisqaradigan bo’lganda kamdan-kam hollarda elbo’g`ozning mustaqil tug`ilishi ham kuzatilgan.

SHuning uchun kasallik aniqlangandan so’ng, bachadon mushaklari qisqarishini oshiruvchi vositalar (oksitotsin, pituitrin, xinin) tayinlash mumkin.

Ma`lumki ko’p qon ketishi ayol hayoti uchun xavflidir. SHunga ko’ra qon ketishini to’xtatish uchun elbo’g`ozni tezda olib tashlashga kirishiladi. Buning uchun bachadon etarlicha ochiq bo’lgan vaqtda elbo’g`ozni vakuum aspirator yordamida chiqarib olinadi va bachadon devorlari qiriladi. Bu muolajadan oldin bachadonning qisqarishini ta`minlash uchun 1 ml oksitotsin in`ektsiya qilinadi.

Bachadon bo’yni teshigi berk bo’lsa, uni metalldan ishlangan Gegar kengaytirgichlari bilan bir barmoq enicha kengaytiriladi. So’ngra barmoq bilan elbo’g`ozni olib tashlanadi. Bachadon ichiga biror asbobni kiritish juda xavflidir, chunki elbo’g`oz natijasida bachadon devorlari yupqalashgan bo’ladi,shuning uchun vakuum-shpritsni ishlatish ma`qul.

Binobarin bachadon ichiga suqilgan asbob bachadon devorini teshib qo’yishi extimoldan holi emas. Agar biror sababga ko’ra elbo’g`ozni barmoqlar yordamida butunlay chiqarish mumkin bo’lmasa bachadon bo’shlig`ida ayrim pufakchalar qolganligi uchun qon ketish davom etaversa va bachadonning o’z holicha qayta qisqarishi sezilmasa, bachadon ichini kata kyuretka bilan qirib olinib gistologik tekshirishga yuboriladi.

Ba`zi paytlarda bachadon hajmi 20 haftalikdan katta va bo’g`zi berk bo’lganda, ko’p miqdorda profuz qon ketishi natijasida bemor hayotiga katta xavf tug`ilganda tezkor ravishda kesar kesish amaliyoti o’tkazishga to’g`ri keladi.

Ayol kelajakda tug`ishni rejalashtirmasa (bolalari bo’lsa) amaliyotni amputatsiya qilish bilan tugallash mumkin, lekin tuxumdonlarga tegilmaydi, chunki tekalyutein kistalar odatda surilib ketadi.

Elbo’g`oz bilan og`rib tuzalgan ayol 2-3 yil davomida muntazam ravishda klinik va biologik tekshiruvdan o’tkazib turilishi kerak, chunki bu davrda o’sma (xorionepitelioma) paydo bo’lishi mumkin. Barcha ayollar onkologik dispanser nazoratida turishlari kerak. Ba`zilarga metotreksat bilan kimyoviyterapiya o’tkaziladi.

Xorionepitelioma.

Xorionepitelioma - bu xorionepiteliy (qavatlaridan) rivojlanmagan etadi va xavfli o’smalar qatoriga kiradi. Bu metastazga moyil bo’lgan og`ir kasallikdir.

Xorionepitelioma paydo bo’lganda bachadondan tartibsiz atsiklik ravishda qon ketishi bemorning kamqonlikka uchrashi, ozishi, tana xaroratining ko’tarilishiga olib kelishi bu a`zolarga metastazlar berganligini ko’rsatadi. Bemor kaxeksiyadan (ozish) halok bo’ladi.

Xorionepitelioma bachadon devorida rivojlanib uning mushak qavatiga kiradi va bu qavatni ham buzadi. Natijada bachadon g`adir-budur bo’lib qoladi va uning hajmi kattalashadi. Metastazlar natijasida xosil bo’lgan tugunlar bachadon devorida ham paydo bo’lib, bular o’z o’lchamlari bo’yicha katta tuxumdek bo’lishi mumkin. Metastazlar asosan qin devoriga, o’pkaga, miyaga tarqaladi. Bunda tuxumdonlarda ham elbo’g`ozdagi kabi o’zgarishlar ro’y beradi. Tuxumdonlar ikki tomonlama kattalashib kichraymasdan turadi.

Xorionepiteliomaning oldini olish uchun kasallikning eng dastlabki davrini aniqlab diagnoz qo’yish kerak. SHuning uchun yuqorida aytib o’tilganidek elbo’g`oz bilan og`rib o’tgan ayol uzoq vaqt shifokor ko’rigiga kelib turishi kerak.

Ayolning siydigida XG miqdorini aniqlaganda uning xaddan tashqari oshib ketishi, xorioneptelioma boshlanayotganini ko’rsatadi. Elbo’g`oz bilan og`rigan ayollarda XG miqdorini albatta vaqti-vaqti bilan aniqlab turish kerak, kasallik diagnozini faqat shu usul yordamida tasdiqlanadi. Ko’krak qafasi rentgenografiyasi, kichik chanoq a`zolarini ultratovush orqali tekshirish asosiy usuldir.

Bachadondan tashqari homiladorlik.

Urug`langan tuxum hujayra odatda bachadon nayi orqali bachadon bo’shlig`iga tushib, uning tana qismi shilliq qavatiga o’rnashadi va shu joyda rivojlana boshlaydi. U bachadondan tashqariga payvandlansa, bachadondan tashqari homiladorlik vujudga keladi.

Bachadondan tashqari homiladorlik ayol hayotini xavf ostida qoldiradigan og`ir kasallikdir. Homila bachadondan tashqarida uning o’sib rivojlanishi uchun etarli sharoit yo’qligidan u o’zi o’rnashgan a`zoni emiradi, qon tomirlari buzilib, ayol qorin bo’shlig`iga ko’p miqdorda qon oqadi. Oqayotgan qonning shu erda to’planishi esa ayol hayotini xavf ostida qoldiradi, natijada gemorragik shok ro’y berishi ko’pincha zudlik bilan tibbiy yordam ko’rsatishni talab qiladi.

Bachadondan tashqari homiladorlikning asosiy klinik belgilarini umumiy amaliyot shifokorlarining bilib qo’yishlari juda muxim. CHunki ular bunday og`ir asorat bilan kasallangan ayollarni o’z vaqtida vrachga yuborib, ularning hayotini saqlab qolishga o’z hissalarini qo’shgan bo’ladilar.

Bachadondan tashqari homiladorlik 5-8% hollarda uchraydi. Ayrim vaqtlarda urug`langan tuxum hujayra nayga, tuxumdonga(0,1-0,2%), qorin pardasiga(0,2-0,4%), qorin bo’shlig`idagi turli a`zolarga payvandlanishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik ko’pincha bachadon naylarida joylashadi(98-99%).

Homila bachadon nayining har xil joyida: ampulyar, istmik va interstitsial (bachadon devoriga kirib turgan) qismlarida joylashishi mumkin. Nayning istmik (o’rta) qismida homila ko’proq (49,6%), ampulyar qismida ozroq (40,3%), interstitsial qismida eng kam (9,45%) uchraydi .

Ko’pincha bachadon nayining surunkali yallig`lanishi naydagi homiladorlikka sabab bo’ladi. YAllig`lanish natijasida bachadon nayi devorlarining bir-biriga yopishib qolishidan tashqari, uning bo’shlig`i torayadi hamda nayning qisqarish qobiliyati sustlashadi. Natijada urug`langan tuxum hujayra bachadonga o’ta olmaydi yoki o’tishga ulgurmay, nay bo’shlig`iga yopishadi va shu joyda taraqqiy eta boshlaydi. Bunday ayollarning hayot tarzini so’ralganda ular ilgari sun`iy abort qildirgan, o’z-o’zidan bola tashlagan, birlamchi yoki ikkilamchi befarzand, umumiy organizmi yoki jinsiy a`zolari chala rivojlangan (infantilizm) bo’lib chiqadi.

Bachadondan tashqari homiladorlik (gr.extranterina) yoki o’z o’rnida joylashmagan homiladorlik deb, urug`langan tuxumning bachadondan tashqari-homilaning tug`ilishi uchun tabiiy yo’llardan tashqarida joylashishiga aytiladi.

Tasnifi:


A.Urug`langan tuxumning joylashishiga ko’ra:

1.Qorin bo’shlig`idagi homiladorlik: a) birlamchi ,b) ikkilamchi

2.Bachadon nayidagi homiladorlik (gr.extra uter tubarria)

a) Interstitsial qismida joylashishi (9,15%)

b) Istmik qismida joylashishi (49,6%)

v) Istmiko-ampulyar qismida joylashishi

g) ampulyar qismida joylashishi (40,3%)

d) fimbrial qismida joylashishi

3.Tuxumdondagi homiladorlik (gr.ovarialis)

4. Bachadondan tashqari homiladorlikning boshqa shakllari:

a) bachadon bo’ynida joylashishi

b) aralash joylashishi (masalan;tuxumdon -fimbrial qismida joylashishi).

v) bachadonning rudimentar shoxlarida joylashishi.

g) boylamlar orasida joylashishi.

d) bachadon tutqichlarida joylashishi.

B. Bachadon nayidagi homiladorlikning klinik kechishiga ko’ra:

1. Bachadon nayidagi o’sib boruvchi (uzilmagan) homiladorlik

2. Bachadon nayidagi uzilgan homiladorlik:

a) bachadon nayining yorilishi.

b) naydagi abort.

Etiologiyasi va patogenezi

Fiziologik sharoitda urug`langan tuxum hech qanday to’siqsiz bachadon naylari orqali bachadon bo’shlig`iga o’tadi. Me`yorda trofoblast tuxum bachadon bo’shlig`iga tushgandan keyin hosil bo’lishi kerak. (trofoblast tuxumning ma`lum bir joyda o’rnashib, mahkamlashib olishida asosiy o’rinni egallaydi). Agar trofoblast tuxumning bachadon bo’shlig`iga tushishidan oldin paydo bo’lsa, bachadondan tashqari homiladorlik kelib chiqadi.

Bachadondan tashqari homiladorlikning eng ko’p uchraydigan shakli naydagi homiladorlikdir. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

1.YAllig`lanish jarayonlari.

2.Jinsiy a`zolarning noto’g`ri rivojlanishi (infantilizm).

3.Bachadon naylarining kistalari yoki xavfsiz o’smalari.

4.Nay endometriozi.

5.Bachadon nayi atrofidagi chandiqli jarayonlar.

6.Urug`langan tuxum hujayra migratsiyasi.

Ko’pchilik ayollarda sariq tana ektopik homiladorlik joylashishining qarama-qarshi tomonidagi tuxumdonda topiladi.

a) tashqi migratsiyada (masalan, o’ng tuxumdondan chap bachadon nayiga qorin bo’shlig`i orqali o’tadi yoki aksincha) blastotsista kattalashib ketib nayning ingichka bo’yin oldi qismidan o’ta olmay qoladi.

b) ichki migratsiyada esa urug`langan tuxum hujayra bachadon orqali karama-karshi tomondagi nayga o’tadi.

7.Haddan tashqari ruhiy zo’riqishlar.

Bunda "tuxumni qabul qilish mexanizmi "buzilib nay muskullarini uzoq vaqt spazmiga va antiperistaltikasiga olib keladi. Natijada tuxumning naydan transportirovka qilinishi sekinlashadi va bachadondan tashqari homiladorlik yuzaga keladi (gormonlar muvozanati buziladi).

YAllig`lanish jarayonlari bo’lganda nay shilliq qavatlari shishib, fibroz va chandiqli o’zgarishlar paydo bo’ladi. Nay ichi torayadi, kiprikchali epiteliylar xarakati buziladi. Nay harakati sekinlashib urug`langan tuxum hujayra turib qoladi va shu erda rivojlanadi.

Infantilizmda ham naylar ingichka uzun bo’lib, urug`langan tuxum hujayrani o’tkazib bera olmaydi. Neyrogumoral boshqarilish ham buziladi.

Klinik kechishi

Bachadon nayidagi o’sib boruvchi (uzilmagan) homiladorlik.

Erta davrlarida normal homiladorlikka o’xshab ketadi. Anamnezida yallig`lanish jarayoni yoki uzoq vaqt bepushlik bo’lgani aniqlanadi. Birinchi haftalarda bachadon homiladorlik muddatiga mos keladi. Keyinchalik esa muddatidan orqada qolib boradi. Bachadon noksimon shaklda bo’ladi. Bachadon ortiqlari sohasida yumshoq,og`riqli, kolbasasimon shaklda hosila aniqlanadi. U harakatchan bo’ladi . Qin orqali orqa gumbazga kirib bachadon bo’yni bir oz oldinga (qovga) ko’tarilsa, og`riq seziladi. Ayol statsionarga etkazilib qattiq nazorat qilinadi. Odatda o’suvchi homiladorlik 2-3 oylik muddatida aniq paypaslanadi, bachadon yon tomonida yumshoq uzunchoq hosila aniqlanib, qin yon gumbazlari sohasida pulsatsiya beradi. Hosila kattaligi 4 haftalik muddatda qush tuxumidek kattalikda bo’ladi. Kech muddatlarida qin gumbazlari orqali homila qismlari va uning harakatini aniqlash mumkin. Hozirgi vaqtda UTTda aniqlanadi hamda laparoskopiya orqali aniqlab davolash mumkin.

Aynan ana shu muammolarni oldini olish yo’llarini ishlab chiqish "Keys stadi"ga asoslanagan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustaxkamlashga, muammolarni taxlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruxdarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.

Quyidagi keys – Bachadondan tashqari homiladorlik patologiyasini to’g`ri tashxislay olishni, davolash usullarini to’g`ri va aniq tanlay olishni, chuqur va zamonaviy bilim, keng dunyoqarash, mustaqil fikrlash saloxiyatiga ega bo’lishni va kasallikning oldini olish yullarini ishlab chiqishga imkon yaratadi.

Ushbu keysni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo’yicha immunizatsiya klinikasi, mezonlari, davolash va profilaktika tadbirlar, xaqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarur.


Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:

• o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;

• muammoning hamda qabul qilingan echimiipg individual va guruxiy taxlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;


  • mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;

  • o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasiii tekshirib ko’rish.



AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAXLIL QILISH VA XAL





Keys bilan ishlash natijalari yozma shaklda ilova etiladi

Keys uchun yozma ish talablari

1. Ish A4 standartdagi varag`ning bir tomonida (2-varag`dan oshmagan holda) tezis shaklida yozilishi kerak.

2. YOzma ishni jixozlash tartibi:

- birinchi betda, o’ng tomonda talaba ismi, sharifi va guruxini yozishi kerak;

- varag`ning markazida keysning mavzusi yoziladi;

-keyin esa keys bilan ishlash natijalari tezis shaklida yoziladi


KEYS BILAN ISHLASH QOIDALARI

Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari

(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)


Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari


Talaba

lar

ruyxati

Asosiy muammo

ajratib olinib tadqiqiot

ob`ekti aniqlangan

mak.6b

Muammoli vaziyat

ning kelib chikish

sabablari anik

kursatilgan

mak.4b

Vaziyatdan

chikib

ketish

xarakatlari

anik

kursatilgan

Mak.10b

Jami

Mak.10b















































Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari


Guruxlar

faoliyati

Gurux faol

mak. 1b

Ma`lumotlar

kurgazmali takdim

etildi

mak .4b

Javoblar tulik va

anik berildi

mak .5b

Jami

Mak. 10b

1













2













3












8-10 ball - a`lo, 6- 8 ball - yaxshi, 4- 6 ball – qonikarli.


Kichik guruxlarda ishlash qoidasi

  1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bulmogi lozim.

  2. Guruxdarga anik; topshiriklar berilmogi lozim.

  3. Kichik gurux oldiga kuyilgan topshirikni bajarish uchun etarli vakt ajratiladi.

  4. Guruxdardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyikka uchramasligi xakida ogoxlantirilishi zarur.

  5. Gurux, ish natijalarini kanday takdim etishini anik bilishlari, ukituvchi ularga yuriknoma berishi lozim.

  6. Nima bulganda xam mulokotda buling, uz fikringizni erkin namoyon eting.

"Balik skeleti" texnikasi qoidasi
Ushbu texnologiya katta muammolarning echimini topishga karatilgan. YUkori kismida muammolar turi yozilsa, pastki kismida esa muammolarni tasdiklovchi dalillar yoziladi.

YAkuniy xulosa

Ginekologiyada uchraydigan bachadondan tashqari homiladorlikni uz vaktida, tugri tashxislash, davolash rejasini tugri va makbul yulini tanlash, kompleks davolash kasallikning oldini olishga olib keladi.


Loyixani amalga oshirish rejasi


Ishtirokchilarning ismi va sharifi

Vazifalar

Ishning mazmuni

Tayyor maxsul turi

Bajarish muddati

Barcha

ishtirokchilar



Olingan

axborotni

yiging


Bachadondan tashqari homiladorlik" mavzusi buyicha axborot tuplpng, yigilgan axborotni matn, jadval, chizma xamda sharxlar kurinishida rasm­iylashtirish. Nusxa kuch iring, elektron variantini tuplang, skanerdan foydala-ning

Tuplangan ma`lu­motlarni elektron variantda tayyorlash, loyixd­lashtirish vazifalari buyicha tizim-lashtirish

**




Natijalarni ma`lumotli materiallar

kurinishida

rasmiylashtiring


Vazifalar buyicha takdim etilgan ma`lumotlarni umumlashtiring

Ma`lumotli mate-riallar kurinishi (ishchi varianta)

**

*



Natijalarni standart talablarga kura rasmiylashtiring

Ma`lumotli materiallar kurinishi (oxirgi varianta)

**

*

Xisobotni tayyorlang

Xisobotga tayyorgarlik kuring (1-8 punkt)

Xisobot(ishchi varianta)

**

*



Loyixa ishi tugrisida

Xisobot(oxirgi






ishtirokchilarning F.I.SH.lari belgilanadi;

** - bajarish muddatlari tanlangan loyixa yunalishi va guruxdagi vaziyatga boglik; ravishda muayyan xolatdan kelib chikib belgilanadi.



3. Loyixani bajarish boskichi.

  1. Kerakli ma`lumotlarni tuplang, tizimga keltiring va taxlil kiling.

  2. Tadkikot natijalarini rasmiylashtiring (tayyor xolatga keltiring).

  3. Iuriknomaga muvofik loyixa faoliyati tugrisida xiisobot tayyorlang.

4. Loyixani takdimotga tayyorlash.

4.1. MS Power Point da takdimotlarni tayyorlash, buyicha kullanmadan foydalangan xolda loyixa takdimotini tayyorlang.

4.2. Loyixaning ogzaki takdimotida gurux a`zolari urtasida vazifalarni aniklang.

5. Ommaviy takdimot, loyixa ximoyasi va baxolash.

O’quv mashgulotining texnologik xaritasi (jadval)

Homiladorlik I yarmida qon ketishlar. Abortlar. TBK. Bachadondan tashqari homiladorlik mavzusi buyicha ukuv mashgulotining texnologik xaritasi

Ish boskich-lari va vakti

Faoliyat




ta`lim beruvchi

ta`lim oluvchilar

1-

boskich Kirish ( .dak)



1.1. Mavzuning nomi, maksad va kutilayotgan
natijalarni etkazadi. Mashgulot rejasi bilan
tanishtiradi.

1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni; musta-


kil ishlash uchun adabiyotlar ruyxatini aytadi.

1.3. Ukuv mashgulotida ukuv ishlarini ba^olash


mezonlari bilan tanishtiradi

Tinglaydilar, yozib o l ad i l ar.

Aniklashtiradi-lar, savollar be-radilar



boskich. Asosiy ( dak)

2.1. Tezkor-surov/ savol-javob/ akliy xujum
orkali bilimlarni faollashtiradi.

2.2. Ma`ruza/ seminar/ amaliy


mashgulotning rejasi va tuzilishiga
muvofik ta`lim jarayonini tashkil etish buyicha
xarakatlar tartibini bayon kiladi

Javob beradilar YOzadilar.

Guruxdarda ishlaydilar, takdimot kiladilar



3-

boskich. YAkuniy bosvich ( -.dak)



3.1 .Mavzu buyicha yakun kiladi, kilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida axamiyatga eta ekanligi muximligiga talabalar e`tiborini karatadi.

3.2. Guruxlar ishini (aloxdda ishtrokchilarni)


ba^olaydilar, uzaro bax,olash natijalari buyicha
xulosa kiladi, ukuv mashgulotining maksadga
erishish darajasini taxlil kiladi.

3.3. Mustakil ish uchun topshirik beradi va


uning ba^olash mezonlarini etkazadi

Uz-uzini, uzaro

bax,olashni

utkazadilar.

Savol beradilar



Topshirikni yozadilar

Uquv mashgulotida ta`lim texnologiyasi modeli

Mavzu №4 Homiladorlik I yarmida qon ketishlar.Abortlar.TBK.Bachadondan tashqari homiladorlik

Download 227,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish