8.Nazorat uchun savollar
Ilova-6
-
Reabilitatsiya progammasini tuzishlish bosqichlarini ayting?
-
Gipertoniya kasalligida qanday jismoniy mashiqlar tavsiya etilmaydi?
-
Jismoniy reabilitatsiyada qo‘llaniladigan mashg‘ulotlar ta'sirida amalga oshiriladigan natijalar.
4. Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baholovchi qanday sinamalarni bilasiz?
5. Pnevmoniya kasalligida jismoniy reabilitatsiyani asosiy vazifalarini ayting?
6. Nafas olish organlar kasalliklarida reabilitatsiyani statsionar etapida qo‘llanishini ayting.
9. Foydalaniladigan adabiyotlar.
Ilova-7
Reabilitologiya fanidan darsliklar, qo‘llanmalarning ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar:
-
«Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. Bogolyubova V.M. kniga I,II,III Izd.3-ye ispr. i dop.-M.: 2010.-416s., ill.
-
«Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. Bogolyubova V.M. M.-2007 g. 3-x tomnik
-
Ponomarenko G.M. « Chastnaya fizioterapiya» Meditsina M. 2007 g. 698s.
-
«Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. V.A. Yepifanova Moskva 2005. 400s
-
Bogolyubov V.M. «Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001 s.280
-
Ushakov A.A. «Rukovodstvo po prakticheskoy fizioterapii» M. 1996 g. 250s.
-
Yepifanov V.A. “Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003 s.674
-
Dubrovskiy V.A. “Lechebnaya fizkultura” M. 2004 s. 450
-
Dubrovskiy V.I. «Lechebnaya fizicheskaya kultura (kinezoterapiya)»: ucheb. dlya stud. vissh. ucheb. zavedeniy.- 2 izd., s ter.-M., 2001.-608 s.:ill.
-
Fizicheskaya reabilitatsiya: pod obshey red. prof. S.N. Popova. Izd. 3-ye.- Rostov na Donu, 2005.-608 s.
-
Ma'ruza matnlari, o‘quv-uslubiy kullanmalar
Chet el adabiyoti:
-
Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion
-
Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards
-
Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing
-
Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD
-
Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.
Internet resurslar:
http://www.doktor.ru
http://www. medinfo.org
http://www.restart-med.ru
http://www.sportpsy.cz
http://www.alhealth.com
http://www.docguide.com
http://www.healthweb.com
http://www.acsm.org
http://www.apta.org
http://www.sportsmed.org.
http://www.jphysiol.org
http://www.physsportmed.com
http://www.sportsmedicine.com
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Professor Teshaev O.R.
________________________
«____»__________ 2013 yil
Kafedra: Halq tibbiyoti, reabilitalogiya, jismoniy tarbiya
Fan: Reabilitologiya
“Oshqozon – ichak kasalliklari (gastrit, oshqozon va ichak yarasi, kolit, enterit, enterokolit, xoletsistit), buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillar qo‘llash ”
Mavzusi bo‘yicha
Amaliy mashg‘ulot
Ta'lim texnologiyasi
O‘quv mashg‘ulotida ta'lim texnologiyasi modeli
Mavzu: №2“Oshqozon – ichak kasalliklari (gastrit, oshqozon va ichak yarasi, kolit, enterit, enterokolit, xoletsistit), buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillar qo‘llash ”Ta'lim berish texnologiyasi (amaliy mashg‘ulot
Vaqt: 270 daqiqa
|
Talabalar soni:8-10
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi
|
Amaliy mashg‘ulot
|
O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi
|
1. Kirish qism.
2. Nazariy qism.
3. Analitik qism.:
- Diagramma
- Testlar
- Vaziyatli masalalar
4. Amaliy qism.
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi:
|
Talabalarga qayta tiklash dasturini kompleks asoslari bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga fizikaviy usullar, davolovchi jismoniy tarbiya, massaj, parxez ularni kasallikni muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida davolashda, qayta tiklashda va oldini olishda qo‘llashga qaratilgan.sogayish davrida uziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish
|
Talaba bilishi lozim:
|
- tekshirish va tashxislash usullari;
- bemor bilan muloqot o‘rnatish uchun zaruriy kommunikatsiya asoslarini;
- kasalliklarda reabilitologik chora - tadbirlarni aniq tuzishni;
- patogenetik simtomatik davo bo‘ladigon fizik omillarni tavsiyaga qilish va omillarga retsept tuzish;
- kasalliklarda qo‘llaniladigan fizioterapevtik muolajalar DJTo‘rsatma va qarshi ko‘rsatmani aniqlash;
- kasalliklarining reabilitatsiyasida DJTning axamiyatini, mashqlarni bajarilish yuklamasini,organizmga mosiligini xarakat tartibotini aniqlash;
|
Talaba bajara olishi lozim:
|
mustaqil ravishda fizioterapevtik muolajani o‘tkaza olishi;
- reabilitatsiya vositalarining ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni o‘tkazishni;
- kasallik bosqichiga qarab reabilitatsion chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishni;
|
Pedagogik vazifalar:
-talabalarga kasalliklarida reabilitologik chora tadbirlarni to‘liq aniq tuzishni o‘rgatish.
- kasallikka qarab patogenetik davo bo‘ladigan fiziomuolajani o‘tkazishni o‘rgatish.
- fizik omillarga retsept tuzishni va turli kasalliklarida fizik omillarni fiziologik ta'siriga qarab tavsiya qilish bilan tanishtirish.
-reabilitatsiya vositalari ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni bemorlar reabilitatsiyasida o‘tkaziladigan omillarga bo‘lgan tasavvurini kengaytirishga qiziqish uyg‘otish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
-talabalar reabilitologik chora tadbirlarni ketma–ketligini to‘g‘ri tuzishni o‘rganadi.
- talabalar patogenetik davo bo‘ladigan fiziomuolajani o‘tkazishni amalda qo‘llab ko‘rsatadi.
- talabalar fizik omillarga retsept tuzadi va turli kasalliklarida fizik omillarni fiziologik ta'siriga qarab tavsiya kilishni o‘rganadi.
-talabalar reabilitatsiya vositalari ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni bemorlar reabilitatsiyasida o‘tkaziladigan omillarga bo‘lgan to‘g‘ri tassavur qilishini o‘rganadi.
|
Ta'lim usullari
|
Ma'ruza, aqliy hujum, hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, videousul, amaliy ish usuli, kitob bilan ishlash, suhbat, ta'limiy o‘yin.
|
Ta'lim shakli
|
Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Birgalikda o‘qiymiz», «O‘ylang-Juftlikda ishlang-Fikr almashing»), yakka tartibli
|
Ta'lim vositalari
|
Doska-stend, flipchart, videofilmlar, yozuv taxtasi, mulyajlar, sxema, eslatma, nazorat varag‘i, matnlar
|
Ta'lim berish sharoiti
|
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan,
guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov,yozma so‘rov: test
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
( 270 daq.)
|
Faoliyat
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchilar
|
1-bosqich.
10 daqiqa
10 daqiqa
10 daqiqa
20 daqiqa
10 daqiqa
|
Nazariy kism
1.1. Daftarlar va davomatni tekshirish
1.2 Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgannatijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasibilan tanishtiradi.baxolash mezonlari bilan tanishtiradi (ilova№6)
1.3. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi (ilova №.7)
1.4.Tezkor-so‘rov/savol-javob/ («Kim qo‘proq kim tezroq uyini) (ilova №1) bilimlarni faollashtiradi.
1.5. Tanaffus
|
Tinglaydilar, yozib
oladilar.
Aniqlashtiradilar,
savollarga javob beradilar
|
2-bosqich.
60 daqiqa
40 daqiqa
45 daqiqa
|
Analiktik kism.
2.1.Pog‘ona diagarammasini ishlash tartibini tushuntiradi va talabalarni guruxlarga ajratadi (ilova № 2)
2.2.Talabalarga mavzuni o‘zlashtirish uchun belgilangan ko‘rgazmali qurollar( test va vaziyatli masala,retseptlar)ni taqdim etish, ulardan foydalanish buyicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish (ilova №3)
2.3Tanaffus
|
Yozadilar.
Guruhlarda
ishlaydilar,
taqdimot qiladilar va javob beradilar
|
3-bosqich.
40 daqiqa
15 daqiqa
10 daqiqa
|
Amaliy kism
3.1. Amaliy ko‘nikmalarni bajarish (ilova№4)
3.2.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, qilinganishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlaridaahamiyatga ega ekanligi muhimligigatalabalar e'tiborini qaratadi.
3.3.Guruhlar ishini baholaydilar, o‘quvmashg‘ulotining maqsadga erishishdarajasini tahlil qiladi. Nazorat savollar taxlli (ilova №5)
3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va keltirilgan mezonlar asosida baxolayditalabalarga baholarni yetkazadi.
|
Amaliy
Kunikmalarni
bajaradilar
O‘z-o‘zini, o‘zaro
baholashni
o‘tkazadilar.
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar
|
Oshqozon – ichak kasalliklari (gastrit, oshqozon va ichak yarasi, kolit, enterit, enterokolit, xoletsistit), buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillarni qo‘llash alohida ahamiyatga egadir. Talaba tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmalar esa, uni kelajakda o‘z mutaxasislik amaliyotida ishonch bilan qo‘llash imkoniyatini beradi.
|
2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik
|
An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan. .
|
3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi
|
3.1.Nazariy qism
Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklario‘t yo‘llari kasalliklariO‘t yullari diskniziyasi o‘t pufagi va sfinkterlarining Oddi (katta duodenal so‘rgich sfinkteri),Lyutkens(o‘t pufagi buyinchasi sfinkteri) va Miritssi(o‘ng va chap jigar yo‘llarining quyilish joyi sfinkteri)nomutanosib,yetarli bo‘lmagan yoki xaddan tashqari kuchli qiskarishi natijasida o‘t pufagi va o‘t yullarining xarakat funksiyasining buzilishi.Ko‘pincha 20-40 yoshlardagi ayollar ichida ko‘p uchraydi.Birlamchi diskineziyalar konstitutsional xarakterga ega bo‘lib va o‘t yo‘llarining qiskarish funksiyasiga ta'sir etishi, gormonlar (xoletsistokinin, sekretin, somatostatin ,neyripeptidlar), ishlab chiqarilishining buzulishi va boshka gormonlar (jinsiy, kalkonsimon bez,buyrak usti bezi gormonlar) disbalansi,shuningdek vegetativ nerv tizimi distoniyasi,simpatik va vagus impulslarining kuchayishi yokisusayishi natijasida rivojlanishi mumkinbalanslashmagan ovkatlanish neyrogormonal disbalansga olib keladi.Diskineziyaning asosiy sababi allergik xolatlar ayniksa ozik-ovqat allergiyasi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llariga ta'sir ko‘rsatuvchi me'da –ichak traktining yalliglanish kasalliklari.Shuningdek diskineziya o‘tkazilgan o‘tkir virusli gepatitdan keyin xam yuzaga kelishi mumkin,bu xolat virusning asab mushak strukturalariga ta'siri bilan tushuntiriladi.Ikkilamchi diskineziyalar xoledoxoduodenopankreatik zonaning organik patologiyalari: o‘t pufagi va o‘t yo‘llari rivojlanish anomaliyalari, o‘t-tosh kasalligi,surunkali xolesistit,duodenit,12 barmokli ichakning yara kasalligi,surunkali pankreatit natijasida yuzaga keladi.Xazm jarayonida o‘t pufagi ritmik ravishda tonik qisqaradi.Lyutkens va Oddi sfinkterlarining bir vaqtda bo‘shashishi xisobiga o‘t suyuqligi ichakka quyiladi,pufakning bo‘shashishi Oddi sfinkterining yopilishi va o‘t suyuqligini ajralishini to‘xtashi bilan kechadi.Vegetativ nerv tizimi distoniyasi parasimpatik va simpatik ta'sirlar balansining buzilishiga xamda o‘t yo‘llari diskineziyasining u yoki bu shakli:simpatik reaksiyalar bilan giperkinetik turi yoki gipotonik xolat bilan gipokinetik turi yuzaga keladi. Neyropeptidlar (xolesistokinin, pankreozimin) shuningdek gastrin ovqatlanish paytida ajralib o‘t pufagining qisqarishida muxim rol o‘ynaydi ,shuningdek glyukagon va sekretin xam o‘t pufagi kiskarishini. Stimullaydi,Vazointestinalpolipeptid,enkefalinlar,neyrotenzin,angiotenzin o‘t pufagi kiskarishini tormozlaydi.Yukoridagi neyropeptidlarning disbalansi o‘t pufagining qisqarishi va o‘t suyukligi shuningdek pankreatik shirani 12 barmok ichakka quyilishini ta'minlashga ta'sir etuvchi sfinkterlarning bir-biriga mutanosib ravishda bo‘shashishini buzilishiga olib keladi.Giperkinetik diskineziya parasimpatik nerv tizimining ta'siri oshib ketganda yoki xolesistokinin me'yordan ortik ajralganda yuzaga keladi,gipokinetik diskineziya esa simpatik nerv tizimi tonusi ustunlik qilganda va xolesistokinin yetishmovchiligi yoki vazointestinal peptid mikdori oshib ketganda yuzaga keladi.O‘t yo‘llarining birlamchi diskineziyasi ko‘rinarli morfologik o‘zgarishlar birga kechmaydi,2lamchi diskineziyaning patomorfologik ko‘rinishi birlamchi organik kasallikka xos buladi.Keyingi yillarda diskineziyalarga funksional buzilishlar sifatida qaralmokda. Diskineziyaning nafaqat gipermotor balki gipomotor shaklida xam gepototsit darajasida organik o‘zgarishlar aniklanadi,bu esa o‘z o‘rnida o‘t yo‘llarini va ut pufagini nafakat ichki balki jigardan tashqari faoliyatini buzuvchi birlamchi faktor xisoblanadi.Shunday qilib kasallik patogenezida asosiy zvenolardan biri bo‘lib disxoliya-o‘t tarkibining o‘zgarishi xisoblanadi.Davolash nomedikomentoz usullarni o‘z ichiga oladi(o‘t yo‘llarini ta'sirlantiruvchi maxsulotlardudlangan,yogli, qovurilgan,konservalvngan va boshqa maxsulotlarni istisno qilgan parxez).Medikomentoz terapiya dasturida esa dori vositalari distonik buzilishlar shaklidan kelib chikib tanlanadi.Gipotonik-gipokinetik diskineziyalarda o‘t xaydovchi xususiyatga ega bo‘lgan maxsulotlar, o‘simlik kletchatkasini o‘z ichiga olgan 5-stol buyuriladi.Dori vositalaridan esa xarakatni stimullovchi neyrotrop vositalar:kofein,eleuterokok,jenshen,aloe ekstrakti tavsiya etiladi.Davolash fiskulturasi ,tonusni kuchaytiruvchi tipdagi fizioterapevtik muolajalar,yukori va o‘rta minerallashtirilgan suvlar bilan davolash keng qo‘llaniladi.Gipertonik-giperkinetik shaklda esa mexanik va kimyoviy ta'sirlovchilar,yoglarni cheklovchi 5,5A parxez stollari buyuriladi.Sedativ ta'sirga ega bo‘lgan vositalar (trankvilizatorlar, novokain), spazmolitiklar (papaverin, noshpa) sedativ ta'sirga ega bo‘lgan issik fizioterapevtik muolajalar,nisbatan past minerallashtirilgan suv bilan davolash tavsiya etiladi. O‘t-tosh kasalligio‘t kopida konkrementlar bo‘lishi va o‘t qopining surunkali yalliglanish bilan xarakterlanuvchi kasallik.Juda keng tarqalgan va ko‘pincha simptomsiz kechadi.Eng asosiy klinik belgisi –sariklik xuruji.Ogir asoratlaridan-o‘tkir xoletsistit, pantreatit, xolangit, o‘t qopi raki ko‘p uchraydi.O‘TK rivojlanishida o‘t qopi va o‘t yo‘llarining motorikasi va o‘t kolloid tarkibining buzilishi asosiy rol o‘ynaydi.Bundan tashkari o‘t qopi va o‘t yo‘llari tuzilishining anatomik o‘ziga xosligi,gepatoxoledoxoduodenopankreatik zonaning surunkali yalliglanish jarayonlari xam axamiyatga ega.Tosh paydo bulishida irsiyat va etnik uziga xoslik(janubiy amerika xindlari,ispanlar) asosiy rolni bajaradi. Xoletsistit kelib chiqishining patologik mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan.Kalkulyoz xoletsistit rivojlanishi asosida xolesterin va o‘t kislotasi metabolizmi buzilishi yotadi.Kalkulyoz xoletsistitda infeksiya odatda oxirgi boskichlarida qo‘shiladi va ikkilamchi xarakterga ega. Tarkibi bo‘yicha toshlarning 80-90% xolesterinli yoki aralash,10-20% pigmentli buladi.Pigmentli toshlar qora yoki jigarrang bo‘lishi mumkin.Kora toshlar kalsiy bilirubinat va o‘tdan ko‘p mikdorda bilirubinni ajralishi gemoliz,surunkali gepatit,jigar sirrozi)dan rivojlanadi.Jigarrang pigmentli toshlar kalsiy bilirubinat,yog kislotalari tutadi va o‘t yo‘llarida ko‘p mikdorda infeksiya va o‘tning kuchli ifodalangan stazidan(surunkali xolangit,parazitar kasalliklar, o‘t yo‘llari anomaliyalari) rivojlanadi.Xolesterinli toshlar o‘t tarkibining buzilishi(litogenli o‘t), o‘t kopi shillik kavatida mutsin sekretsiyasining oshishi va o‘t kopi motorikasining disfunksiyasi natijasida rivojlanadi.Kalkulyoz xoletsistit simptomatikasining rivojlanishini o‘t qopi va Oddi sfinkteri diskineziyasi va gastroduodenal va ichak motorikasining buzilishi bilan boglashadi.O‘tkir og‘riklar kolika umumiy o‘t yo‘lining tosh bilan obstruksiyasi natijasida rivojlanadi.Bu yo‘l obstruksiyasining davom etishi o‘tkir xolesistit yoki boshka asoratlarni(istisko,empiema, o‘t kopi perforatsiyasi) keltirib chiqaradi. O‘t yo‘lida toshning bo‘lishi-xoledoxolitiazda mexanik sariklik rivojlanadi va ko‘pincha xolangit,pankreatit bilan asoratlanadi.Odatda xoledoxning o‘t qopi bo‘yinchasi toshi bilan bosilishi natijasida mexanik sariqlik va xolangit rivojlanadi.O‘t qopi devorining tosh bilan surunkali ta'sirlanishi, o‘t tarkibining o‘zgarishi yoki ikkilamchi infeksiya jarayoninig bo‘lishi motorikaning buzilishiga,ko‘rsatilgan faktorlar ekspozitsiyasining oshishiga olib keladi. O‘t qopi shilliq qavatining uzoq davom etuvchi yalliglanishi yoki o‘tkir yalliglanish xolatlari,kon aylanishining buzilishi uning devori fibrozlanishiga va funksiyalarining ogir buzilishlariga olib keladi.Ba'zi bemorlarda organ bo‘shligining obliteratsiyasi va devorining kalsinoziga olib keladi.Kalkulyoz xolesistitni davolashda dietaga amal kilish(Pevzner buyicha stol 5),yogli, qovurilgan va o‘tkir ovkatlar,konservalar ta'qiqlanadi. Ogrik va spazmni yo‘qotish maqsadida quyidagi dori vositalari tavsiya qiladi: xolenolitiklar (atropin, platifillin), spazmolitiklar (dyuspatalin, drotaverin, papaverin ) va narkotik bo‘lmagan analgetiklar. Kasallik qo‘zgalish davrida infeksiya qo‘shilishining oldini olish uchun 7-10 kun davomida keng spektrli antibiotiklar qo‘llaniladi.Surunkali kalkulyoz xolesistitning xirurgik davosi laparoskopik yoki ochik xoletsistektomiyadan iborat. Kam xolatlarda toshni eritish-ekstrakorporal litotripsiya,teri orkali transgepatik xolelitoliz qo‘llaniladi.O‘lchami 2sm dan kichik bo‘lgan,asoratlanmagan o‘t kolikasidan keyin rivojlangan xolesterinli toshlarda(ekskretor xoletsistografiyada suzuvchi rentgennegativ jism aniqlanadi),ayniqsa xolesistektomiya mutloq qarshi ko‘rsatma bo‘lganda 6-12 oy davomida ursodezoksixol yoki xenodezoksixol kislota buyuriladi.Ko‘pincha ikki yillik davo kursidan keyin 25-50% xollarda toshlar eriydi.Asosiy nojuya ta'siri-diareya.O‘t toshlarini uch metilbutil efirini teri orqali yoki o‘t yuli orqali orqali o‘t qopiga kiritib eritish,yoki distonsion yukori chastotali litotripsiya yo‘li bilan(u yoki bunisini o‘t kislotasini kabul kilgandan keyin) parchalash mumkin.
Surunkali toshsiz xoletsistit-o‘t qopi devorining yalliglanishli o‘zgarishi bilan xarakterlanuvchi,shillik qavat atrofiyasi va stromaning sklerotik o‘zgarishiga olib keluvchi kasallik.Surunkali toshsiz xolesistitda asosiy vazifani 12 barmok ichakka gematogen,limfogen va ko‘tariluvchi yo‘llar orkali tushuvchi infeksiya bajaradi.Surunkali xolesistit rivojlanishida o‘tkir va surunkali infeksiya ishtirok etadi:adneksit,appenditsit,ogir toksikoinfeksiya va boshqa patologiyalar. O‘t qopi va o‘t yullarining gipokinetik diskineziyasi safroning infitsirlashiga olib keladi va aksincha,ut qopining surunkali yalliglanishi diskineziyaning erta boskichlarining rivojlanishiga olib keladi.Bundan tashqari kasallik rivojlanishida alimentar faktor asosiy axamiyatga ega.Uzoq intervalli noregulyar ovkatlanish,go‘shli maxsulotlarni kechqurun ko‘p qabul qilish, o‘tkir va yogli ovkatlar Oddi sfinkteri spazmi va o‘t staziga olib keladi.Shirinlik maxsulotlari,tuxum,baliq,kletchatkaning yetarli bo‘lmasligi o‘t rN ning pasayishi va kolloid stabilligining o‘zgarishiga olib keladi.Surunkali xolesistit keng tarqalgan kasallik,bu bilan kattalarning 10-15%,asosan ayollar kasallanadi.Kasallik rivojlanishini asosan o‘t toshlari bilan boglashadi.Kam xollardagina bemorlarda toshsiz xolesistit aniqlanadi.Xolesistitli bemorlarning 20-40% da mikroblar o‘t qopi devoridan o‘tadi,bular asosan ichak tayoqchasi yoki uning boshqa mikroorganizmlar bilan assotsiatsiyasi,kam xollarda enterokokk,streptokokk,klebsiella,bakteroid yoki klostridiylar bo‘ladi.Ko‘pincha xolesistit rivojlanishining asosiy sababi parazitlar xisoblanadi(jigar qurti, lyambliya).Xolesistit rivojlanishining patogenetik mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan. O‘t qopi devorining tosh bilan surunkali ta'sirlanishi, o‘t tarkibining o‘zgarishi yoki infeksion jarayon motorikaning buzilishiga,ko‘rsatilgan omillarning ekspozitsiyasi oshishiga olib keladi.Nerv-mushak apparatining funksional buzilishi o‘t qopining gipo yoki atoniyasiga olib keladi.Patologik jarayon rivojlanishining davom etishi yalliglanish jarayonining shilliq osti va mushak qavatiga tarkalishiga olib keladi va u yerda infiltrat,shuningdek biriktiruvchi to‘qima rivojlanadi.Keyinchalik kataral yalliglanishdan flegmonoz va gangrenoz jarayon rivojlanishi mumkin.Kasallikning asosiy sindromlari:ogrik,asteniya,xolestaz,oshkozon dispepsiyasi, o‘t qopi va o‘t yo‘li diskineziyasi,pigment almashinuvining buzilishi, o‘t-tosh kasalli bemorlarda o‘t qopida tosh aniqlanadi.Surunkali asoratlanmagan xoletsistitning qo‘zgalish davrida terapevtik statsionarda, kalkulyoz xolesistitning asoratlangan shaklida xirurgik bo‘limda davolanadi.Davolashda dietaga amal qilinadi,stol 5 buyuriladi,yogli, qovurilgan va o‘tkir ovkatlar ta'qiqlanadi.Kasallikning qo‘zish davrida infeksiya qo‘shilishining oldini olish uchun 7-10 kun davomida keng spektrli antibiotiklarbuyuriladi (ampitsillin, makrolidlar, ftorxinolon, tetrotsiklin, levomitsetin). Antibakterial terapiya klinik-laborator ma'lumotlar bo‘lganda, o‘t qopida yalliglanish jarayoni tastiqlangandagina buyuriladi. Preparatlarni tanlash qo‘zgatuvchining turiga qarab tanlanadi.Antibakterial preparatlar yalliglanishga xam ta'sir etuvchi o‘t ajratuvchi preparatlar bilan birga qo‘llaniladi :siklovalon(sikvalon),nikodin.Ogrik va spazmga karshi (atropin, platifillin), spazmolitik (dyuspatalin,drotaverin,papaverin) va analgetiklar buyuriladi.O‘t yo‘li kasalliklarida fizik usulda davolash yalliglanishga (yalliglanishga karshi va reperativ-regenerativ metod),ogrik sindromiga(analgetik metod), o‘t yo‘llari spazmida (spazmolitik metod), o‘t oqimini tiklash uchun(xolekinetik metod), astenonevrotik xolatni korreksiyalashda(sedativ metod) qo‘llaniladi.
O‘t yo‘li bilan kasallangan bemorlarni fizik usulda davolash. Yalliglanishga qarshi metod: kichik intensivli UVCh-terapiya,kichik intensivli DMV-terapiya.Reperativ-regenerativ metod:infrakizil lazeroterapiya,jigar galvanizatsiyasi, peloidoterapiya. Analgetik metod:diadinamoterapiya, transkranial elektroanalgeziya. Xolekinetik metod: mineral suv bilan davolash,amplipulsterapiya. Spazmolitik metod: spazmolitiklar bilan dorili elektroforez, yuqori chastotali magnitoterapiya, parafinoozokeritoterapiya,infrakizil nurlanish. Sedativ metod:elektr uyqu terapiya, transserebral elektroforez. Yalliglanishga qarshi metod.Kichik intensivlikdagi UVCh-terapiya.UVCh da elektromagnit maydoni orkali yoruglik energiyasi issiqlik energiyasiga aylantiriladi.Issiqlik energiyasiga aylanish jarayonida ta'sir qilayotgan soxaga chuqur va davomli giperemiya chakiradi.Asosan kapillyarlarni kuchli kengaytiradi,diametrini 10 martagacha kattalashtiradi.Zararlangan to‘qimada limfaning regionar okib kelishi va ketishini oshiradi,interpolyar soxa to‘qimasidagi xujayra plazmolemmasi va mikrotsirkulyator tomirlar o‘tkazuvchanligini oshiradi,bu degidratatsiya va yalliglanish o‘chogining so‘rilishiga olib keladi,bundan tashqari perinevral shishni kamaytirish orkali ogrik sezgisini pasaytiradi.UVCh elektr maydoni orkali o‘ng qovurga ostiga ta'sir qilinadi,doza(20-30Vt),xar kuni 5-10 min,kursi 5-6 muolajadan iborat.Kichik intensivlikdagi DMV-terapiya.Detsimetrli radiotulkin energiyasi suv bilan bogliq molekulalarga ta'sir kursatadi,bu o‘t yo‘llaridagi xujayralarni degidratatsiyasiga olib keladi va kasallikning o‘tkir osti fazasida yalliglanishni kamaytiradi.O‘tkir yalliglanish jarayonlarida,me'dadan qon ketganda,privratnik stenozida,me'daning kallyoz yaralarida,gastroptoz 2-3 daraja,yakkol ifodalangan jigar sirrozida, o‘t qopi empiemasida, o‘t yo‘li obturatsiyasida,rentgenkontrastda aniqlangan o‘t-tosh kasalligida qarshi ko‘rsatma xisoblanadi. O‘ng qovurga osti soxasiga past intensivlikda 460Gs(issiqlik effektini olish uchun energiya 0.01 Vt/sm2 dan kam bo‘lishi kerak), oxirgi ta'sir darajasi 30Vt dan oshmasligi kerak,5-15 min dan xar kuni yoki kun oralab,bir kursi 10 muolaja.
Do'stlaringiz bilan baham: |