Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Xususiy tibbiyot psixologiyasi



Download 0,83 Mb.
bet26/207
Sana20.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#827625
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   207
Bog'liq
пед пся majmua

2. Xususiy tibbiyot psixologiyasi.
umumiy tibbiyot psixologiyasi bemor shaxsini, tibbiyot xodimlari shaxsini, ularning o`zaro munosabatlarini, umumiy qonuniyatlarini o`rganadi.
Xususiy tibbiyot psixologiyasi esa bemor shaxsini, tibbiyot xodimlari shaxsini, ularning o`zaro munosabatlarini aniq tibbiy fanlar va sohalar yordamida o`rganadi.masalan : jarrohlik, pediatriya, gigiena, terapiya, asab va ruhiy kasalliklarda, gerontologiya, sanitariya va hokazo.
Tibbiyot psixologiyasining alohida fan bo`lib ajralib chiqishi psixologiya fanining rivojlanish tarixi bilan bog’liq. Psixologiya fani kadimiy fanlardan biri bo`lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon, «ruh», haqidagi ta’limot sifatida vujudga kelgan.
Tibbiyot psixologiyasi tom ma’noda bemorning psixologiyasini o`rganuvchi fandir.lyokin bu ta’rif uning barcha imkoniyatlarini qamrab ololmaydi, albatta.chunki u sog’lom kishilarda kasallik keltirib chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillarni ham o`rganadi, ularning sabablarini izlaydi.
Tibbiyot psixologiyasi chegara bilmas, keng qamrovli fandir. U uzoq tarixga ega bo`lib, o`zining rivojlanish bosqichida bir nechta davrlarni bosib o`tgan.
Tibbiyot psixologiyasi quyidagi asosiy masalalarni o`rganadi: 1) bemor va tibbiyot xodimining shaxsi, ular orasidagi o`zaro munosabatlar; 2) psixoprofilaktika, psixogigiena va deontologiya muammolari; 3) shifokor siri va etikasi; 4) yosh bilan bog’liq tibbiy-psixologik muammolar; 5) sezgi va idrok, diqqat va xotira, shaxs, xulq-atvor, temperament, stress, hissiyot, tafakkur, ong va ularning xususiyatlari; 6) psixologik tekshirish usullarini.
Shuningdek, ushbu fan psixogen va organik kasalliklarda kuzatiladigan psixologik o`zgarishlarning etiologiyasi, klinikasi va diagnostikasini o`rganib, davolash choralarini ishlab chiqadi. Tibbiy psixologiyaning asosiy yo`nalishlaridan biri bu psixosomatik sindromlarni o`rganishdir.
Tibbiyot psixologiyasini boshqa tibbiyot fanlaridan ajratib o`rganish xato bo`lur edi. Har qanday kasallik asosiy davolash choralaridan tashqari, bemorga ruhiy ta’sir qilishni ham taqozo etadi. Masalan, operatsiyaga tayyorlanayotgan bemorni jarroh yaxshi so`zlar bilan tinchlantirib operatsiyaning muvaffaqiyatli o`tishi va operatsiyadan so`ng sog’ayib oyoqqa turib ketishiga ishontiradi. Operatsiyadan so`ng ham bemor bilan suhbatlashish asosan, uning ruhini ko`tarish va asabini tinchlashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Bu ish bilan albatta, jarrohning o`zi va boshqa tibbiyot xodimlari shug’ullanadi.
Homilador ayolning tug’ish paytidagi ruhiy holati, ayniqsa, e’tibor talab qiladi.qo`rquvdan to`lg’oqning qaytib ketish hollari ham ko`p uchraydi.tug’ayotgan ayoldagi qo`rquvni uni shirin so`z bilan tinchlantirib, yo`qotish mumkin.yoki teri-tanosil kasalliklarini olaylik. Qattiq asabiy zo`riqishdan so`ng terida paydo bo`ladigan qichimalarni kuchli gormonal surtmalarni ishlatib ham yo`qotish qiyin yoki mumkin emas. Lyokin platseboterapiya va psixoterapiya usullarini qo`llab bemorni oylab, ba’zan yillab davom etayotgan qichima dardidan xalos etish mumkin.
Ma’lumki, qattiq hissiy zo`riqishdan so`ng qandli diabet, xafaqon kasalligi, miokard infarkti, insult kabi og’ir kasalliklar rivojlanadi. Hatto oshqozon-ichak yara kasalligi, qon kasalliklari ba’zan ruhiy zo`riqishlardan so`ng paydo bo`ladi. Odam organizmida sodir bo`ladigan har qanday kasalliklarda ruhiy ta’sir albatta ishtirok etadi. Bu esa har bir vrachning psixologiyani mukammal egallashini talab qiladi.
Bemorning ruhiyati sog’lom odamnikidan farq qiladi. Har kim betoblikka turlicha munosabatda bo`ladi. Kimdir qattiq siqiladi va o`z ahvolini o`zi og’irlashtiradi, boshqa birov tuzalishdan umidini uzib, taqdirga tan beradi, uchinchisi esa sog’ayib ketishiga umid bog’laydi. Bu, albatta, bemorning temperamentiga ham ko`p jihatdan bog’liq. Demak, bemorni davolashga kirishayotgan har bir vrach uning qaysi temperament (xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik) egasi ekanligiga ham e’tibor qaratishi lozim

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish