Idrоkning kоnstantligi. Doimiylik, o`zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan tuzilishga yoki strukturaga ega bo`lgandagina larning tarkibiy qismlari, alomatlari to`g`risida mulohaza yuritish mumkin bo`ladi, xolos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi, fazoda egallagan o`rni, rangi, ichki mohiyati, ko`rinishi, vazni to`g`risida muayyan tushunchaga ega bo`lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga, ya’ni strukturaga ega bo`lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning muhim ususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, ya’ni strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag`zi hisoblanmish yaxlitlik hakida jonli mushohada bo`lishi mumkin emas, chunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasidan yaxlit tuzilma yaratiladi. Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, ajribasiga, bilim saviyasiga bog`liqdir. Lekin to`g`ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo`lmog`i lozim: 1) sub’ektning aks ettirishi zarur bo`lgan narsalar yuzasidan oldingi o`quvi, tasavvurlarining ko`lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism, fan, voqelik, muammo o`rganilishi bilan bog`liq bo`lgan maqsad, maqsad qo`ya olish; 3) pertseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o`zaro uyg`unligi. Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o`rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Insonning tashqi kiyofasining tuzilishi bo`yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o`zining uzoq tarixiga ega bo`lsa-da, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqik qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to`plangan seminar ma’lumotlar umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:
1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o`zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy bog`liq ekanligini mavjudligi.
2.Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko`rinishdagi maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg`unlashuvini e’tirof qilishga qaratilgan yondashuv. Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo`sinda qabul qilinsa, demak o`sha odam to`g`risidagi taassurot bevosita, vaziyatga bog`liq, bo`ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujasssamlashishi mumkin.
3. Idrok qilinayotgan insonni tashqi ko`rinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur yg`otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga o`xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko`chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na manqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan, bu tarzda
Insonni inson tomonidan idrok qilish o`xshashlikka asoslanishini ta’kidlab o`tish maqsadga muvofiq.
4.Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy guruxlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to`g`risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baqolash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko`rinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o`xshatish deyiladi. Bizningcha, insonni inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin.
- idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi;
Bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya’ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida namoyon bo`ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida muayyan qarorga kelinadi;
- o`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-qibatliligini seminar ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi.
Idrоk turlari. Ranglarni idrоk qilish. Fazоni va harakatni idrоk qilish. Vaqtni idrоk qilish.
Idrоk turlariga quyidagilar kiradi:
Fazоni idrоk qilish.
Vaqtni idrоk qilish.
Хarakatni idrоk qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |