5. Patologiya modul dasturi bo`yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari.
Baholash mezonlari O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi № 19-2018-sonli buyrug'iga hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi 3775-sonli qaroriga asosan ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faol ishtirok etish maqsadida tuzilgan.
Talabalarning fan bo'yicha bilimlarini baholash semestr (o'quv yili) davomida muntazam ravishda o'tkaziladi. Patologiya faniga kirish moduli bo'yicha nazorat turlari va baholash mezonlari haqidagi ma'lumot modul bo'yicha birinchi mashg'ulotda talabalarga e'lon qilinadi. Talabalarning modul bo'yicha o'zlashtirish darajasining Davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat turlari o'tkaziladi:
- joriy baholash (JN);
- oraliq baholash (ON);
- yakuniy baholash (YaN).
JORIY NAZORAT (JN)
Joriy baholashda talabaning modul mavzulari bo'yicha bilim, amaliy ko'nikma va kompetentsiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko'zda tutiladi. Patologiya faniga kirish moduli bo'yicha JB og'zaki yoki yozma, o'rgatuvchi-nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, laboratoriyada ishlash ma'lumotlarini o'rganish, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o'tkazilishi mumkin. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg'ulot materiallarini o'zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta'limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish darajasi, kompetentsiyalarni egallash (ya'ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi. Har bir mashg'ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o‘tish bali 56 ball. Joriy baholashda talabalar bilimi ta'lim modeliga asoslangan holda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy va amaliy qism (50:50).
Joriy baholash uchun 4 kredit ajratiladi:
-modulga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to`la o`zlashtira olish - 1,0 kredit
-mavzu bo`yicha beriladigan vaziyatli masalalarni yechishda ijodiy fikrlay olish -1,0 kredit
-mashgulot davomida o’zlashtirilgan bilimlarni statistik tahlil qilishi va olib borilgan amaliy mashg’ulot yuzasidan xulosa va qaror qabul qilishi -1,0 kredit
-preparatlar, gemogrammalar, elektrokardiogrammalar, umumiy va biokimyoviy analizlarni tahlil qila olishi - 1,0 kredit
Talaba xar bir bo‘limdan belgilangan kreditlarni to‘plagandan keyingina oraliq va yakuniy nazoratlarga kiritiladi.
JNda saralash (o’tish) ballidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, songgi JN uchun yakuniy nazotargacha bo’lgan muddat beriladi.
JN da talaba ajratilgan kreditni toliq to’plashi shart, shundagina u yakuniy nazoratga (YaN) kiritiladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda JNni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishi boshlanganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo’yicha JN da saralsh balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Аkademik qarzdor talabalarga semester tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |