Ichni yumshatuvchi: daraxtsimon aloe, tarvuz, gibritli belokopitnik (oq tuyoq), brusnika, marjondaraxt, dorivor tog‘ qudisi, tok, olcha, oddiy suvyig‘ar, suvqalampir, oddiy qushqo‘nmas, qizil ildizli iloncho‘p, qo‘ypechak, oddiy tikandaraxt, golubika, sariq erbaho, dorivor shotara, qovun, maymunjon, o‘rmon qo‘lupnayi, anjir, dorivor issop, oddiy brodrezak, oq boshli karam, tuganakli kartoshka, tor bargli sano, past bo‘yli galega, evropa kopiteni, kashnich, ikki uyli gazanda, qichitqi gazanda, oddiy krijovnik, sibir tilog‘ochi, qariqiz, ko‘p yillik dastargul, dorivor limono‘t, bodom, sabzi, oddiy nivyanik, bodring, dorivor qoqi o‘t, yong‘oq, navro‘zgul, shaftoli, oddiy dastarbosh, kungaboqar, tangut rovochi, turup, javdar, moychechak, oddiy chetan, lavlagi, olxo‘ri, qizil smorodina, sarsabil, qora zira, qovoq, kapalakgul, oddiy qulmoq, islandiya setrariyasi, oddiy sachratqi, chernika, sarimsoq, may namatagi, ismaloq, nordon otquloq, dorivor otquloq, yovvoyi olma.
Spazmolitik: bahorgi adonis, botqoq igiri, kuzgi savrinjon, mingdevona, belladonna, dorivor valeriana, oddiy tizimgul, dorivor veronika, oddiy suvyig‘ar, dorivor qashqarbeda, rayhon, moldaviya drakotsefolyumi, tuganakli zopnik, oddiy brodrezak, soxta kashtan, ikki uyli gazanda, dafna daraxti, dorivor limono‘t, bodom, archa, yalpiz, oddiy nivyanik, qirqquloq, navro‘zgul, petrushka, oddiy dastarbosh, kungaboqar, shuvoq, sarsabil, qora zira, bo‘ymodoron, xushbo‘y ukrop, oddiy qulmoq, chernika, za’faron, oq lamium.
Quvvat beruvchi: botqoq igiri, daraxtsimon aloe, qizil do‘lana, dorivor burachnik, oddiy tizimgul, tok, qora vodyanika, shirchoy, greypfrut, qora andis, dorivor issop, serbarga, oddiy krijovnik, xitoy limonnigi, boshpiyoz, ikki bargli lyubka, sabzi, dorivor qoqi o‘t, kulrang olxa, yong‘oq, achchiq semizak, pasternak, oddiy sariq choy, rododendron ledebura, dorivor rozmarin, botqoq gulsapsari, qoraqat, oq karrak, pomidor, aldamchi binafsha, xitoy choy butasi, sarimsoq, na’matak, solab.
Tinchlantiruvchi: bahorgi adonis, botqoq igiri, tog‘ arnikasi, botqoq ledumi, oddiy zirk, bo‘znoch, oyboltirg‘on, qizil do‘lana, tog‘ qudisi, dorivor burachnik, dorivor valeriana, vanil, oddiy veresk, dorivor veronika, qora vodyanika, suvqalampir, shirchoy, qora andis, qashqarbeda, rayhon, qovun, teshik dalachoy, o‘rmon qulupnayi, moldaviya drakotsefalyumi, oq tol, maymunjon, brodrezak, serbarga, dorivor tirnoqgul, evropa kopiteni, oddiy quyonquyruq, sariq nilfiya, marvaridgul, olabo‘ta, limon, xitoy limonnigi, o‘rmon ko‘knori, uyqu ko‘knor, limono‘t, krovel molodilo, sabzi, qalampir yalpiz, dala yalpizi, oddiy nevyanik, jirg‘anak, bodring, dorivor qoqi o‘t, navro‘zgul, qizil qalampir, sallagul, chakamiq, shuvoq, shimoliy prolomnik, pushti rodiola, moychechak, hidli ruta, turup, tojdor serpuxa, zangori polemonium, qoraqat, oddiy snit, sarsabil, katta serpoya o‘simlik, oq karrak, qora zira, xushbo‘y ukrop, oddiy qulmoq, sharq xurmosi, sachratqi, daur namatagi, may namatagi, uch bo‘lakli qoraqiz, zafaron, ismaloq, oq lamium.
SHifobaxsh o‘simliklarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va ularning nojo‘ya ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |