Biologik: Diqqat boshqa psixik jarayonlar singari inson va xayvonlarning doimiy tarzda o’zgarib turuvchi atrof muxit sharoitlariga individual tarzda moslashuvini ta\minlaydi.
Sotsial: Diqqatsiz inson mexnat faoliyatini tasavvur qilib bo’lmaydi.
Diqqat-chuqur bilim egallashning asosiy omili. Diqqatning ta’lim olishda muvaffaqiyatga erishilishiga MNS(Markaziy nerv sistemasi) ning umumiy funksional xolati(charchash, o’ychanlik…)ta’sir qiladi.
Hammamizning hayotimizda ham vaqti-vaqti bilan hayratga soladigan voqealar bo‘ladi. Bir safar mening qizim ikki juft tufli sotib oldi, va birmuncha vaqt o‘tgach ikkalalasining ham fabrika markasida qizimning ismi va sharifini ko‘rib hayratga tushdik. Kutubxonamiz materiallari fotonusxalarining hisoblagichini tekshirarkanman, o‘zimning olti xonali sonimni berib, u yerda ishlaydigan ishchini qattiq dovdiratib qo‘ydim, sababi bu son tasodifan millionta foydalanuvchidan eng oxirgisi hisoblagichda qoldirgan son bilan bir xil edi.
Voqelikdagi narsa va xodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning xayolan, fekran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruxiy xastalik) xodisasiga gallitsinatsiya deyiladi.
Ron Vaxon 1990 yilning sentyabrida Bostonda basketbol o‘yinining minglab muxlislari orasida o‘tirarkan,qattiq hayratga tushgan. Oklendlik hujumchi Rikki Xenderson to‘g‘ri unga tomon 2 ta taqiqlangan to‘p yo‘lladi. Vaxon o‘zi bilan shunday voqea yuz berishini tasavvur ham qilmagan edi. Ammo bular bo‘lishi mumkin. Gallyusinatsiya Gallyusinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati, ba’zan qo‘rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gallyusinatsiya hodisasi bir necha xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin, ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a ) yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yo‘q sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir. Odatda illyuziyani gallyusinatsiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzada shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib turgan biror narsani yanglish, noto‘g‘ri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyusinatsiya yo‘q mavjud bo‘lmagan narsalarni tashqi tasurotsiz idrok qilishdir. Masalan, yo‘q narsalarning ko‘zga bordek ko‘rinishi, yo‘q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo‘q hidlarning dimoqqa urilishi kabilar gallyusinatsiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Gallyusinatsiya shaxsning biror narsa va holatni ko‘rgandek, eshitilgandek, his qilgandek kabi tasavvurning aks etishidir xolos. Gallyusinatsiya hodisasi ko‘pincha kasallikdan (isitma, alahsirashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv tizimini buzadigan kasalliklar oqibatida ro‘y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |