Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet132/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

A.Eyms xonasi

1946 yilda Albert Eyms tomonidan o‘ylab topilgan xona uch o‘lchovli optik illyuziyaga namuna bo‘laoladi. Xonada bir qarashda odatiy perpendikulyar devor va shiplari mavjuddek ko‘rinadi. Aslida esa, xona shakli trapetsiya ko‘rinishidadir.



Tartibsiz hodisalarda tartiblilikni idrok qilish

Illyuzor korrelyasiyalar bizning dunyoni tushunishga bo‘lgan intilishimiz natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Hatto ixtiyoriy, tizimlashtirilmagan ma’lumotlar bilan ish ko‘rganimizda ham, biz tartib va qandaydir namunalar tizimini izlaymiz. Va qoidaga ko‘ra ularni topamiz ham, chunki ixtiyoriy ketma-ketliklar ko‘pincha bunday bo‘lib ko‘rinmaydi. Agar tangani 6 marta otsak, u hech bo‘lmasa bir marta yuza tomoni(orel) yoki teskari tomoni(reshka) bilan ketma-ketlikda tushadimi:OOORRR yoki ORRORO yoki OOOOOO?

Daniel Kaneman va Amos Tverski (1972) ko‘pchilik odamlar ORRORO ketma-ketligining ehtimoli yuqori deb hisoblashlarini aniqlashdi. Aslida esa barcha ketma-ketliklar bir xil darajada mumkin(yoki, aytish mumkinki,bir xil darajada mumkin emas). Bridj yoki pokerda qartalarni tuzdan keyin 10 tadan tarqatish, bunda ularning barchasini qora rangdaligini hisobga olsak, ilojsizdek ko‘rinishi mumkin, ammo aslida har qanday spetsifik tarqatish singari buning ham iloji bor.

Psixologlar Tomas Xoltgreyvs va Djems Skil (1992) Indianadagi "Uchta raqamni tanla" lotereya o‘yini paytida odamlar tomonidan tasodifning idrok qilinishini tadqiq qilishgan. Siz ham o‘ynab ko‘rishingiz mumkin: 0 dan 999 gacha bo‘lgan istalgan uch xonali sonni tuzing. Sizning sonlaringizda raqamlar takrorlanganmi ( masalan 525 sonidagi kabi)? Ehtimol yo‘q. 1991 yilning iyulida tuzilgan 2,24 millionkombinatsiyalarning faqat 14% da raqamlar takrorlangan takroriy raqamlar mavjud bo‘lgan sonlarning 28% da paydo bo‘lsalar ham, bunday sonlar beixtiyor sonlarga o‘xshab ko‘rinadi( odamlar esa ixtiyoriydek ko‘rinadigan sonlar ketma-ketligini tuzishni yoqtirishadi). Amalda ixtiyoriy ketma-ketliklar (takrorlanadigan raqamlar singari) odamlar o‘ylaganidan ko‘ra ko‘proq paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy tuzilgan sonlarga ega bo‘lgan holda, olim va psixologlar tez-tez qiziqarli kombinatsiyani "ko‘rishlari" mumkin (). Bu hodisani o‘zimga namoyish qilish uchun ( siz ham buni qilishingiz mumkin), men tangani 51 marta tashladim va quyidagi natijalarni oldim:

1.O 2.R 3.R 4.R 5.O 6.O 7.O 8.R 9.R 10.R 11.R 12.O 13.O 14.R 15.R 16.O 17.R 18.R 19.O 20.O 21.R 22.R 23.O 24.R 25.R 26.R 27.O 28.R 29.O 30.R 31.R 32.R 33.R 34.R 35.R 36.O 37.R 38.R 39.O 40.R 41.O 42.O 43.O 44.O 45.R 46.O 47.O 48.R 49.R 50.R 51.R

Agar tashlashlarning ketma-ketligiga qarasak, quyidagi kombinatsiyalar ko‘zga tashlanadi:10 tashlashdan 22 tashlashgacha deyarli davriy navbati kuzatiladi: bir juft reshkadan so‘ng bir juft orel tushadi. 30 tashlashdan 38 tashlashgacha 8 tashlashdan faqat bitta orel, 39 dan keyingi 9 tashlashda 7 ta orel kuzatiladi.

Bu kombinatsiyalarni qanday izohlash kerak? Balki men qandaydir notabiiy ravishda tangaga ta’sir ko‘rsatgandirman? Balki shunchaki orelning navbati kelgandir? Hech qanday izohga hojat yo‘q, chunki bu har qanday ixtiyoriy ma’lumotlarda topish mumkin bo‘lgan odatdagi kombinatsiyalardir. Agar birin-ketin keladigan har ikki tashlashni taqqoslasak, 50 ta tashlashdan 24 tasida boshqa natija kuzatiladi - 50/50 atrofida, bu odatdagi tanga tashlashning natijasi.Tashlashlarning umumiy miqdorida o‘xshash kombinatsiyalar kuzatilsa ham, har bir alohida tashlash o‘zidan keyingi tashlashning natijasi haqida hech qanday ishora qilmaydi.

Tasodifiy hodisalarni tushunmaslik odamlarni odatdagi hodisalarga g‘ayrioddiy izohlar izlashga undaydi. Shunday vaziyatni tasavvur qiling, kollejning 4000 nafar talabasi ajoyib bir bahor kunida tanga tashlash bo‘yicha musobaqaga yig‘ilishdi.

Ularning vazifasi: kim qancha ko‘p orel olishi. Birinchi tashlashdan keyin 2000 talabalarda orel bo‘lib, ular ikkinchi raundda qolishdi. Taxmin qilish mumkinki, ulardan 1000 tasi uchinchi raundga o‘tadi, 500 tasi - to‘rtinchi, 250 tasi- beshinchi,125 tasi - oltinchi, 62 tasi - yettinchi,31 tasi - sakkizinchi, 15 tasi - to‘qqizinchi, va nihoyat sakkiz nafar baxtlisi, hayajonli bellashuvlarda 9 orel olib, 10- raundga qolishadi.

Endi mag‘lublar olomoni nafasini ichiga yutib,tanga tashlash bo‘yicha mutaxassislar o‘z san’atlarini yana namoyish qilishga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganlarini kuzatadi. His-tuyg‘ularga berilmaydigan hakamlardan iborat jyuriga o‘z joylarini egallashlari uchun musobaqa jarayoni bir muddatga to‘xtatib turiladi, keyin esa bu qobiliyatli shaxslarning ajoyib yutuqlari kuzatiladi va bayonnomaga kiritiladi.Ammo afsuslar bo‘lsinki, keyingi tashlashlarda sakkiztadan yarmi reshka oladi va nihoyat qolganlar ham yutqizadi. Ammo ularning muxlislari :" Tanga tashlash - nozik ish. Ammo jyurining borligi va kuzatib turishidan o‘yinchilar hayajonga tushishdi va o‘z qobiliyatlarini to‘lig‘icha namoyish qila olishmadi",- deyishadi.



Ba’zi voqealar bizga g‘ayrioddiy bo‘lib tuyuladi, va biz darhol buni ularga aloqador bo‘lgan qandaydir tasodif bilan izohlashga harakat qilamiz ( bizning misolimizda -bu kutilayotgan natijalarni olishga xalaqit bergan jyuri). Evelina Mariya Adams ikki bor Nyu-Djersidagi lotereyada yutgach, gazetalarda bu har 17 trilliondan holatda bir marta yuz beradi, deb yozishdi. Qiziq? Aslida esa 17 trilliondan bittasi - bu ikkita lotereya uchun bitta chipta olgan odam uchun imkoniyat. Ammo statistlar Stefen Samuels va Djerdj Makkeyb (1989) yozishlaricha, agar millionlab odamlar AQSH davlat lotereya chiptalarini sotib olishlari haqidagi faktni hisobga olsak, kimdir qachondir ikki marta yutishi ehtimoli bor. Axir statistlar Persi Diakonis va Fredrik Msteller (1989) ta’kidlashlari bo‘yicha "yetarlicha katta tanlamada ehtimoldan uzoq bo‘lgan narsalar ham ro‘y berishi mumkin".



Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish