Mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlari.
Olimlar, maslahatchilar va professional boshqaruvchilar, sanoatlashgan ruhiy tashkilotlar ish davomida xilma xil soha yo‘nalishlarini topishmoqda. Kasbiy faoliyat chuqur, umumiy va maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan, ishlash tajribasi natijasida egallangan maxsus bilimlar va amaliy ko‘nikmalar to‘plamiga ega insonning faoliyati, mashg‘ulot turidir.
Kasbning rivojlanish mantiqi shundaki, u boshlanishida odamlarning ma’lum bir talablaridan paydo bo‘ladi. Keyin amaliy tajribani yig‘ish va uni chuqur mulohaza qilish orqali amalga oshiriladi. Kasbiy faoliyatning nazariy bazasi shakllantiriladi. Kadrlarni tayyorlash masalasi hal qilinadi. Mutaxassisning amaliy faoliyatiga ilmiy asoslar uchun imkoniyatlar beriladi, bu tashqarida, kasbiy jurnallar, monografiyalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarning paydo bo‘lishida aks etadi; kasbiy tashkilotlar yaratiladi.
Jumladan, turli shakllar va nomlar bilan ataladigan ijtimoiy xizmatchining kasbi turli tarixiy va turli madaniy-tarixiy davrlardan buyon ma’lum. Ijtimoiy ishning birinchi marta tilga olinishi eramizdan avvalgi 1750 yilga taalluqlidir. Bu vaqtda Bobilda adolat kodlari – fuqarolik aktlari yaratilgan bo‘lib, ular odamlarni o‘z yaqinini sevishga, kambag‘allar to‘g‘risida qayg‘urishga chorlaydi. Qadimgi Gretsiyada ijtimoiy ish “filantropiya” (yunon tilidan tarjima qilinganda “insoniyatga nisbatan muhabbatni ifodalash” ma’nosini bildiradi) sifatida ma’lum bo‘lgan, Rimda esa– “xalq an’anasi” sifatida qadimgi inklar yordam berish jarayonini “minka” deb, ma’jusiy slavyan qabilalari “slepnya” deb ta’riflaganlar. Rossiyada ijtimoiy ish 1864 yildagi er islohotlarini o‘tkazish davrida paydo bo‘ldi, lekin u paytda bu nom bilan atalmagan edi. Ijtimoiy xizmatchilarning e’tiborini ko‘rlarga, kambag‘allarga, qarovsiz bolalarga, zotsiz va boshpanasiz yoshi katta odamlarga qaratish bo‘yicha vazifalarni maxsus vakillar bajarganlar. Bu faoliyatning muvaffaqiyati, boshqa istalgan har qanday faoliyatdagi kabi, odamlarning bilimlariga, hayotiy tajribasiga va kasbiy mahoratiga bog‘liq edi.
Jahon amaliyotidagi zamonaviy yondashish ijtimoiy ish, ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat shakllaridan biri ekanligi aniq-ravshan . Shu nuqtai nazardan ijtimoiy ish jamiyatdagi ijtimoiy kataklizmlarni va ziddiyatlarni qat’iy to‘xtatib turadigan vosita hisoblanadi va unga jamiyat va davlat qanchalik ko‘p mablag‘ ajratsa, u shunchalik samaraliroq bo‘ladi. Demak, jamiyatning katta qismini oldindan tayyorlamasdan va roziligini olmasdan ijtimoiy qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu borada zamonaviy Rossiyaga tatbiq qilinsa, ijtimoiy xizmatlarning jadallik bilan rivojlanishi, ijtimoiy ishga jamoat birlashmalarini, xayriya jamg‘armalarini, ijodiy va kasbiy ittifoqlarni, konfessiyalarning qo‘shilishi siyosiy masala va ayni paytda milliy xavfsizlik sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Bizning mamlakatimizda ijtimoiy ish amaliyotida, uning paydo bo‘lishidan boshlab hozirgi vaqtgacha, ijtimoiy pedagogikaning asosiy, hal qiluvchi rol o‘ynashi axamiyatlidir. Bunda “ijtimoiy pedagogika” tushunchasi “maktabdagi ijtimoiy ish” tushunchasiga teng emasligini tushuntirish muhim. Ijtimoiy pedagogika yoki sotsiumdagi pedagogik munosabatlar aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati uchun ilmiy asos sifatida ko‘riladi. Bu sotsiumdagi munosabatlarga tashxis qo‘yish, ularni aniqlash va pedagogik maqsadga muvofiq ta’sir etish imkonini beradi.Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika muammolarining ko‘lami katta va o‘zida hayotiy vaziyatlarning juda ko‘p qirralarini va turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlarning kolliziyalarini mujassamlashtiradi.
Quyidagi uchtagina misol yordamida hozirgi kun ijtimoiy pedagoglari va ijtimoiy xizmatchilari nima ishlar bilan bandligini tasavvur etish mumkin;
Ijtimoiy xizmatchi birinchi navbatda qaysi muassasalar bilan aloqa o‘rnatishi lozim?
Bu oila bilan qanday reja asosida ish olib borish kerak?
Ijtimoiy xizmatchilar inson va jamiyatning quyidagi ijtimoiy muammolarini echish uchun tashkil etilgan:
ijtimoiy va psixologik ziddiyatlar, inqirozlar, stressli vaziyatlar;
hissiy va ruhiy muammolar;
muhtojlik va qashshoqlik;
ichkilikbozlik va giyohvandlik;
zo‘ravonlik va diskriminatsiya;
irqiy va milliy muammolar;
jinoyatchilik va qonunbuzarlik;
ishsizlik va kasbiy moslashish;
nogironlik va yolg‘iz qarilik;
uy-joy muammosi;
vasiylik, farzandlikka olish masalasi;
ota-ona shafqatsizligi va boshqalar.
Ijtimoiy ish boshiga kulfat tushgan odamlarga yordam berish bilangina chegaralanadi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Shu bilan birga u ijtimoiy nazoratning eng nozik vositalaridan biri hamdir. G‘amxo‘rlik qilish va nazoratning funksiyalari o‘rtasidagi ziddiyat, yordamning har qanday turida nazorat qilish elementlarining muqarrar mavjud bo‘lishi – ijtimoiy xizmatchilar har doim to‘qnash keladigan dilemmalardan biridir. Bu dilemma yana bitta jiddiy muammo bilan, ya’ni: ijtimoiy xizmatchi birinchi navbatda kimning manfaatlarini ifodalaydi – davlatningmi, ish beruvchiningmi, mijozningmi yoki umuman jamiyatning?-degan masala bilan ham bog‘liq. Kasbiy qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan, ijtimoiy xizmatchi eng avvalo mijoz manfaatlarini undan keyin – jamiyat va undan ham keyin esa - o‘zining tashkiloti va davlat manfaatlarini ifodalashi kerak. Ustuvorliklarning bunday tizimini hayotga tadbiq etish har doim ham yengil ko‘chmaydi. Ko‘pincha ijtimoiy xizmatchiga hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashi va umuman kasbiy hamjihatlikka tayangan holda ular uchun kurashishga to‘g‘ri keladi.
Bugun kunda “ijtimoiy ish” kasbiga ko‘plab va turfa mutaxassisliklar ko‘lami mos keladi: ijtimoiy pedagog-psixolog; etnolog; ijtimoiy huquqshunos, ekolog, valeolog, ijtimoiy animator, gerontolog, yanada torroq mutaxassisliklar, ijtimoiy xizmatchilar (qochqinlar, nogironlar, “xatar guruhlari” bilan ish olib boradigan mutaxassislar, tibbiy ijtimoiy xizmatchi va boshqalar) yoki ma’lum muassasalarda (maktabdagi, ishlab chiqarishdagi ijtimoiy xizmatchi), mikromuhitning maxsus sohalaridagi (qabiladagi, qishloqdagi ijtimoiy xizmatchi; harbiy sohadagi ijtimoiy xizmatchi; favqulodda vaziyatlardagi ijtimoiy ishchi va; ijtimoiy ishni tashkil etish).
Do'stlaringiz bilan baham: |