Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet21/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

IV

Natijalarni sharxlash va xulosalarni ifoda etib berish.

III

Tadqiqot natijalari son tahlili. O‘rtacha kattalikni, korrelatsiya koeffitsentini aniqlash, ishlab chiqish va boshqalar. Grafiklarni tuzish

II

Xulosalarning to‘g‘riligini isbotlash. Buning uchun turli metodlardan foydalaniladi.

I

Tayyorlov bosqichi – ilgari surilgan vazifalarni o‘rganish, farqlarni aniqlash. Tadqiqot vazifalari va ilmiy farazini belgilash, metodikalarini ishlab chiqish.

Shuningdek, ayrim adabiyotlarda psixologik tadqiqot bosqichlari quyidagicha ifodalanadi.


Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning maьlum darajada mumkin qadar obьektiv, aniq ishonchli uslublarga ega ekanligidir. Metod – uslubning maьnosi biror narsaga borish yo‘li demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir. Tadqiqot metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G.Ananev mazkur metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikatsiya qilgan.

B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o‘rgangan:

A) tashkiliy guruhga - qiyoslash, longitьyud, kompleks metodlari kiradi;

B) emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sotsiometriya;

V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;

G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.

B.G.Ananьev tomonidan ajratilgan klassifikatsiyaga ko‘ra, tadqiqot ishlarida foydalaniladigan asosiy metodlar emperik guruh metodlari hisoblanadi. SHunday bo‘lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longitьyud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi.

Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash uchun, meditsina psixologiyasida – sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o‘quvliligini va ishchanligini o‘zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi.

Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Psixologlardan L.S.Vыgotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananьev, D.B.Elьkonin, P.Galьperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.

Longitьyud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o‘n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V.SHtern, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar ko‘p yillardan beri foydalanmoqdalar.

Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash jinsli Hasan – Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Longityud metodi yordamida sub’ektiv omillarning o‘ziga xosligini ob’ektiv shart – sharoitlari va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o‘rganiladi. Chunonchi egizaklarning o‘xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg‘uni o‘zgarishi kishilar o‘rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) bo‘yicha ma’lumotlar olish longitьyud metodi orqali amalga oshiriladi.

Kompleks metodi yordamida o‘rganilgan ob’ektdagi o‘zgarishlar turli nuqtai - nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, kompleks yondashish ta’sirida ana shu o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o‘rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.

Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlash bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi.

Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir.

Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma’lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif va tavsif berishdir. SHuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi. Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi.

Donalash metodi tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o‘zgarishlardagi o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi. Jumladan, inson xulqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda, birgalikda tadqiq qilinishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining usuli ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta’kidlanadi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi.

Empirik metodlar guruhi o‘z navbatida ikkiga, ya’ni asosiy va yordamchi metodlarga bo‘linadi. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment metodlari kirsa, yordamchi metodlarga suhbat, so‘rovnoma, test, sotsiometriya va faoliyat natijalarini tahlil qilish kabi metodlarni kiritish mumkin.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish