Neyronlar qanday qilib o‘zaro harakat qilishadi?
Neyronlar shunday mug‘ombirona chatishib ketishganki, bir neyron qaerda tugab, ikkinchisi qaerda boshlanganini hatto mikroskop ostida ham ko‘rish mumkin emas. Yuz yillar ilgari ko‘plab olimlar bir hujayraning shoxchalab ketgan aksonlari boshqasining dendritlari bilan cheksiz tolalar bo‘lib birlashadilar deb hisoblashgan. Lekin britaniyalik fiziolog ser Charlz Sherington (Sherrington, 1857-1952) fikricha nerv impulьslari o‘zining reflektor yo‘li bo‘ylab ko‘chishida taxmin qilinganidan ko‘ra ko‘proq vaqt sarflaydi. Sherington impulьsni uzatish yo‘lida to‘siq bo‘lsa kerak, degan xulosaga keladi.
Biz hozir aniq bilamizki, har bir neyron aksonining uchlari haqiqatan ham qabul qilib oladigan neyrondan kichkina - dyuymning milliondan bir qismidan ham ingichkaroq oraliq bilan ajratilgan. Sherington neyronlarning bunday birlashishini sinaps deb, oraliqni esa sinaps oralig‘i yoki tirqishi deb atadi. Nobel mukofoti laureati nevroanatom Santyago Ramoni-Kaxalga (Roman & Cajal, 1832-1934) neyronlarning bunday qo‘shilib ketishini - "protoplazma o‘pichi" deb atadi va bu - dunyoning ajoyibotlaridan biri bo‘lib ko‘ringan. Lekin qanday qilib birinchi impulьs "protoplazma o‘pichi"ni amalga oshiradi? U qanday qilib kichik sinaps oralig‘ini oshib o‘tadi? Bu savolga javob topish asrimizning eng muhim kashfiyotlaridan biri bo‘lib qoldi.
Aksonlarning g‘urraga o‘xshash uchlari juda ehtiyotkorlik bilan neyrotransmitterlar yoki mediator deb ataladigan kimyoviy elchilarini sinaps orlig‘iga yuboradi Soniyaning 1/10000 qismida neyrotransmitterlar molekulalari oraliqdan o‘tishadi va qabul qilib oladigan neyronning retseptor qismlariga shunday aniqlik bilan tushadiki, bunday aniqlikni kalitning qulfga tushishi bilan taqqoslash mumkin. Qandaydir lahzada mediator qabul qiladigan tomonga jajji "darvozalari"ni ochadi. Bu esa ionlarga qabul qiluvchi neyronga kirish imkonini beradi - bu bilan uning "impulьsni otish"iga sharoit yaratishadi yoki unga xalaqit berishadi.
Neyronlarning ko‘pchiligi impulьslar paydo bo‘lishining nisbatan barqaror tezligiga ega,bu tezlik boshqa neyronlar va kimyoviy moddalar ta’siri ostida ortishi yoki kamayishi mumkin.Qisqacha qilib aytganda - neyron o‘z tabiatiga ko‘ra demokrat: agar u tormozlovchi signallarga nisbatan qo‘zg‘atuvchi signallarni ko‘proq olsa, hujayra impulьslarni tez-tez va osonlik bilan "otadi". Shunda akson bo‘ylab ko‘proq elektr impulьslari o‘tadi va ular neyrotransmitterlarning katta miqdorini ozod qiladi.Ular esa sinaps oraliqlari orqali boshqa neyronlarga kirib borishadi3.
Do'stlaringiz bilan baham: |