TIL TAFAKKURGA TA’SIR KO‘RSATADI
Lingvist Benjamin Li Uorf (Benjamin Lee Whorf)ning ta’kidlashicha, til fikrlash usulini belgilaydi. Uorfning lingvistik relyativlik faraziga muvofiq turli tillar haqiqatni turlicha idrok etadi: “Tilning o‘zi insonning asosiy g‘oyalarini shakllantiradi”. Uorfning relyativlik farazi, ehtimol, faqat bitta tilda gaplashadigan va bu tilda fikrini bayon etuvchi odamlarning xayoliga kelmagan bo‘lardi. Ikkita bir biriga o‘xshamagan, masalan, ingliz va yapon tilida so‘zlashuvchilar esa,bir tilda so‘zlashuchilardan farqlanadi. Shubhasiz, inson turli tilda turlicha o‘ylaydi (Brown, 1986). Darg‘azablik, jahl kabi ichki kechinmalarni ifodalashda boy lug‘at zahirasiga ega bo‘lgan ingliz tilidan farqli ravishda yapon tilida bir necha so‘zni ishlatadilar, shaxslararo kechinmalar, masalan, simpatiyani ifodalash uchun ham yapon tilida bir necha so‘zlardan foydalanadilar (Markus & Kitayama, 1991). Ikki tilda gaplashuvchilar ko‘pincha qaysi tildan foydalarishlariga qarab o‘zlarini turlicha his qilishlarini ta’kidlaydilar (Matsumoto, 1994). Osiyodan Shimoliy Amerikaga ko‘chib o‘tgan ikki tilda muloqot qiluvchi shaxsda ikki tildagi bir xil testning natijalari turlicha chiqishi mumkin (Dinges & Hull, 1992). Til o‘rganing va siz dunyo xalqlari madaniyati haqida ko‘p narsalarni bilib olasiz. Qachonki til, so‘zlash yo‘qolsa – dunyoning 5000 tilidan barchasining taqdiri yo‘qoladi – olam bu tilga taalluqli madaniyat va tafakkurni ham yo‘qotadi. “Barcha so‘zlar – bu g‘oyalar ilinadigan ilgakdir” Henry Wurd Beecher “Plimut kafedrasidan matallar” (1887) asaridan.
Tilning fikrlash usulini belgilash haqidagi masala munozarali muammolardan biridir. Ammo bizning fikr ifoda etishda ishlatadigan so‘zlarimiz nima haqida o‘ylashimizga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun biz ularni yaxshilab tanlashga, tushunarli va ta’sirchanlaridan foydalanishga intilamiz. Qachonki ayollar haqida qizlar kabi so‘zlanganida, masalan, “qizlar ofisda” ifodasida bu ayollar lavozimi jihatdan quyi maqomga ega (masalan kotiba qizlar), degan taassurot uyg‘onadi, shunday emasmi? Yoki u olmoshini jinsga oid foydalanishni olib ko‘ramiz. Agar men “Bola tilni uning tarbiyachisi bilan o‘zaro hamkorlikda o‘rganadi” yoki “Bolalar tilni ularning tarbiyachilari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘rganadilar”, deb yozsam farqi bormi? Kimdir hech qanday farqi yo‘q, deb aytishi mumkin. Ammo bu erda olmoshning birlik va ko‘plikda turlanishini aytib o‘tish joiz. Yoki “bola” so‘zi ishlatilganda ko‘pincha tinglovchida gender jihatdan o‘g‘il bola haqida gap ketayotgani tushuniladi29.
Har qanday tilni o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyat tafakkurga ta’sir ko‘rsatadi va lug‘at zahirasining boyishini ta’limning tayanch qismi qilib qo‘yadi. Tilning kengayishi, boyishi fikrlash qobiliyatining kengayishi demakdir. Bolalikda fikrlash qobiliyati til bilan birga rivojlanadi. (Gopnik & Meltzoff, 1986). Shuning uchun ko‘plab darsliklar, qo‘llanmalarda yangi g‘oya, fikrlashning yangi usullarini namoyish etish maqsadida yangi so‘zlardan foydalaniladi. Kanada, Shveysariya, Isroil, Janubiy Afrika va Singapurda ikki tilni o‘zlashtirgan bolalar zehni o‘tkirligini tekshirish uchun o‘tkazilgan testlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, ularning zehni o‘tkirligi bir tilni biladigan bolalar zehnidan ustunlikni namoyon etgan. Shuni anglab etgan Lambert ingliz tilida so‘zlashuvchi bolalarni fransuz tilini o‘rganishga jalb etish imkonini beradigan kanada dasturini ishlab chiqdi. (1981 yildan 1991 yilgacha bo‘lgan muddat ichida fransuz tili bilan shug‘ullanuvchi Kvebekdan bo‘lmagan kanadalik bolalar soni to‘rt barobarga – 65 000 250 000 ga ortdi, Columbo, 1994.) Tahsilning dastlabki uch yilida ingliz tilida so‘zlashuvchi bolalarga fransuz tili o‘qituvchisi dars beradi. Beshinchi va oltinchi sinfda darslarning faqat yarmi ingliz tilida o‘tiladi. Bolalarning fransuz tilini til o‘rganishning boshqa usullari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan ravishda tez va ravon o‘zlashtirishlari hayratlanarli edi. Bundan tashqari, ularda shunday qobiliyatli bir tilli tengdoshlaridan o‘zlashtirishda deyarli farqlar sezilmagan. Ularda o‘zlashtirish o‘ta yuqori, matematika va fransuz-kanada tillariga hurmat balandligi aniqlangan. (Devid Mayers “Psixologiya” Minsk, 2008. st.446)
Shunday qilib, ingliz tilida so‘zlashuvchi kanadaliklarga keyinchalik ikki tilda so‘zlashish imkonini beradigan muhitga kirib borish, albatta, foyda berdi. Son jihatdan ozchilikni tashkil qiluvchi ba’zi bir millat sohiblariga ikki tillilik qanchalik foydali? “Faqat ingliz tili” tarafdorlari bu masalaga o‘z fikrlarini bildirganlar. Ular ikki tilli dasturlar qimmat, samarasiz va boshqa tilli bolalarning ingliz madaniyatiga singib ketishlari murakkab ekanligini ta’kidlaganlar. Biroq tadqiqotlar bunday bolalarning ikki tilli tahsildan foyda ko‘rishlarini, ayniqsa, bu “ikki tomonlama” maktablarda, ya’ni ingliz tilida so‘zlashuvchi tengdoshlari bilan birgalikda darslarning yarmi ingliz tilida, qolgan yarmi ularning ona tilida o‘tadigan maktablarda o‘ta samara berishini ko‘rsatadi. To‘liq ingliz tilida dars beriladigan maktablarga tushgan ingliz tilida so‘zlashmaydigan bolalar bilan solishtirganda fransuz-ingliz maktablarining bolalari o‘z qadr-qimmatlari tuyg‘usini namoyish etishga ko‘proq moyilliklarini qo‘rsatishgan. Ular dasturdan ortda qolib ketmaydilar. Natijada ingliz tilini o‘zlashtirishda ham mahoratning yuqori darajasiga erishadilar (Hamers & Blanc, 1989; Padilla & Benavides, 1992; Thomas & Collier, 1997)30. Til belgilari vositasida lug‘at boyligini kengaytirish minglab yillar davomida mulkka merosxo‘rlik qilish, tahsil olish, oila qurish yoki murakkab ishlar uchun yaroqsiz deb hisoblangan eshitishida muammosi bo‘lgan (kar) bolalarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (Sacks, 1990). Belgili til keng tadbiq etilgandan so‘ng bunday toifadagi maktabgacha yoshdagi bolalar belgili til muhitiga tushdilar, keyin esa shu tilda ta’lim olib, ular to‘liq savodli bo‘lganlarini isbotladilar. Belgilar tilini biladigan eshitishida muammosi bo‘lgan ota-onalarning shu nuqsondagi bolalari boshqa eshitishida muammosi bo‘lgan bolalardan aql-idrok va o‘zlashtirishda ustunlik qiladilar (Isham & Kamin, 1993). Til eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar va sog‘lom bolalar uchun tajriba manbasidir. Til bizni o‘tmish va kelajak bilan bog‘laydi. Til bizni bir birimiz bilan bog‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |