Paranormal (G‘ayritabiiy) Idrok mavjudmi?
G’ayritabiiy Idrok - bu ichki sezgilardan ajralgan holatda telepatiya (fikran so‘zlashish), Kleyarens ( normal holatdagi sezgi organlari bilan sezib bo‘lmaydigan sezish qobiliyati) hamda kelajakni oldindan ko‘ra olishni idrok qila olish qobiliyatining bahsli tasdig‘i hisoblanadi.
Parapsixologiya - bu odatdagi voqea hodisalarni g‘ayritabiiy sezuvchi idrok hamda g‘ayritabiiy aqliy iste’dodni o‘z ichiga qamrab olgan holatda izlanishlar olib boradi.
Harakat va vaqtni idrok etish
O damning yo‘nalish harakati biz qilayotgan harakatga aloqador bo‘ladi. Biz harakat qilgan paytimiz harakatsiz bo‘lgan obyektlar ham harakatlanayotgandek bo‘ladi. Masalan, avtobusda ketayotgan paytimiz uylar ham harakatlanayotganday bo‘ladi. Yoki biz old tarafga harakatlanayotgan bo‘lsak oldimizdagi obyektlar bizdan uzoqlashib borayotgandey harakatlanadi.
Biz harakatni qanday idrok qilamiz?
Harakatni idrok qilinishi - obyektlarnig fazoda egallagan holati o‘zgarishini aks ettirishdir. Harakatni idrok etilishi hayotiy muhim ahamiyatga ega.
Faraz qiling siz dunyoning rangini, tuzilishi va chuqurligini idrok qilyapsizu ammo uning harakatini idrok qila olmayapsiz. Sizda nafaqat velosiped haydashda, mashina haydashda qolaversa, yozish va yurishda ham muammo bo‘ladi.
Siz muayyan obyektlarni katta va kichikligiga qarab hisob kitob qilasiz, ammo siz harakatlarni idrok qilishda muammolarga duch kelasiz. Katta obyektlar, misol uchun poyezd kichikroq obyektga nisbatan sekin harakat qiladi. Aksincha, mashinalar esa bir xil tezlikda harakatlanadi
(balki aeroportda siz tez uchar katta samolyotni kichikroq samolyotga nisbatan sekinroq qo‘nayotganini kuzatgandirsiz). Uchib kelayotgan yumshoq to‘pni ilib olish uchun kriket o‘yinchilari to‘p yo‘liga chiqib ilib olish harakatida bo‘lishadi. Bu vazifani bajarish uchun ular kutilmagan qoidalarga ham bo‘ysunishadi. Bu jarayonni tushuntirish va izohlash biroz mushkul ammo bu jarayonni his qilish mumkin. Shuningdek miya davomli va harakatli tasavvurlarni ham idrok etadi.
Hayvonlar uchun harakat qiluvchi obyektlar xavf-xatar yoki oziqlanish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida signal vazifasini o‘taydi va shunga javob berishga undaydi. (Masalan, baqa faqat harakatlanadigan hasharotlarnigina yeydi, ba’zi baliqlar ma’lum harakatlardan- to‘lqindan qochadi, hurkiydi va hokazo). Harakatni idrok etishda ko‘rish va eshitish, kinestezik analizatorlar asosiy rol o‘ynaydi. Tezlik, tezlanish, harakat yo‘nalishi harakatdagi obyektning peremetri hisoblanadi.
Harakatlanayotgan ob’ektning harakatsizligi, agar muayyan vaqt vaziyat birligini ko‘z bilan idrok qilish mumkin bo‘lmasa, harakatni o‘tgan vaqt birligida idrok qilamiz lekin bu harakat natijasini idrok etish bo‘ladi. (Soat millari siljishini bevosita kuzatib idrok qila olmasak ham bir necha vaqtdan keyin uning siljiganligini vaqt birligida idrok qilamiz)
Do'stlaringiz bilan baham: |