Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali


ham tayanch nuqta chetda bo‘la



Download 467,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.03.2022
Hajmi467,43 Kb.
#482881
1   2   3   4   5
Bog'liq
T.T.A.T.F MUSTAQIL ISHI ANATOMIYA

ham tayanch nuqta chetda bo‘la
di, lekin og‘irlik kuchi ikkinchi chetda 
bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta marta uzun. Muskulning tortish 
kuchi o‘rtada bo‘lib, yelkasi juda qisqa. Bunday richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. 
Masalan, tirsak bo‘g‘imida qo‘lni bukib, panjada yuk ko‘tarish. 


Muskullarning rivojlanishi. 
Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida tabaqalanib 
borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar 
mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo‘ladi. Bunda avval hayot uchun eng 
zarur muskullar: til, lab, diafragma, qovurg‘alararo, so‘ngra qo‘l, gavda va oyoq muskullari 
rivojlanadi. 
Bola tug‘ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo‘ladi. Ular bolaning hayoti 
davomida rivojlana borib, 25 yoshda to‘liq shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletining 
taraqqiy etishiga va bola qad-qomatining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola 
muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8 yoshda – 27,2% ni, 12 yoshda – 29,4% ni, 15 
yoshda – 32,6% ni, 18 yoshda – 44,2% ni tashkil etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo‘l muskullari 
yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba 
muskullari tez usadi, 6–7 yoshdan boshlab qo‘l panjasining muskullari tez rivojlanadi. Bolalarda 
bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo‘lib, yozuvchi muskullarga nisbatan tez 
rivojlanadi. 12–16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. yosh ortib borishi 
bilan muskullarning ximiyaviy tarkibi, tuzilishi ham o‘zgaradi. Bolalar muskulida suv ko‘p 
bo‘ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. 
Umuman, katta odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar suet rivojlanadi. Keksayganda vazni 
15–20% kamayadi. 
Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta’siri natijasida muskullar qisqaradi. Bu 
impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi, boshqacha aytganda, skelet 
muskullarining uyg‘unlashgan harakatini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham odamning 
harakatlari tartibli bo‘ladi. Skelet muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga bog‘liq. Muskul 
asosan muskul tolalaridap tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar ko‘ndalang yo‘lli muskullar 
va silliq muskullarga bo‘linadi. 
Skelet muskullari butun tana og‘irligining 40-50% tashkil etuvchi, anchagina kuchli rivojlangan 
tana a’zosi hisoblanadi. Mushaklarning kattagina qismini tayanch harakat sistemasi,mimika 
muskullari bundan tashqari til, tomoq, hiqildoq, ko‘z, o‘rta quloq, va boshqalar tashkil qiladi. U 
somatik nerv sistemasi orqali nerv bilan ta’minlanadi. 
To‘qimaning ma’lum vaqt ichida ta’sirni juda ko‘p qabul qilib, yangi ta’sirga tayyorlanishi 
labillik, 
ya
’ni funksional harakatchanlik deb aytiladi. Skelet muskullari ta’sirga qancha tez javob 
qaytarsa, vaqt birligida undan shuncha ko‘p qo‘zg‘alish o‘tadi va labilligi shuncha yuqori 
bo‘ladi. Aksincha muskul ta’sirga qancha sekin javob bersa, labilligi shuncha past bo‘ladi. Bola 
yoshining ortishi bilan labillik xam orta boradi. 14- 15 yoshda labillik kattalarnikidek bo‘lib 
qoladi. Bir butun organizmda muskullarga juda ko‘p impulelar ketma-ket kelib turadi. Muskullar 
ana shu impulelarga javoban uzok qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-tez kelib turgapidan 
muskullarning shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, ya’ni tetanus deb ataladi. 
Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog‘liq. Muskul kuchi shu muskul tolalari yig‘indisining 
ko‘ndalang kesigi diametriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Boshqacha aytganda, muskul 
ko‘ndalang kesigining diametri qancha katta bo‘lsa, muskul shuncha kuchli bo‘ladi. Muskul ishi 
yuk og‘irligi yetarli bo‘lganda juda yukrri bo‘ladi, yuk me’yoridan og‘irlashganda esa 
muskulning ish qobiliyati pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanib turilganda 
muskul tolalarining yo‘g‘onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez ortadi. 
9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullar 
kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja 
muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa barcha muskullar kuchi ortib boradi. Muskullar kuchining 


ortib borishi mashq qilishta, jinsga bog‘liq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam bo‘ladi. 
Mashqlar ta’sirida muskullar massasi ham orta boradi, moddalar almashinuvi, ayrim organlar 
(yurak, o‘pka, me’da va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada organizm yaxshi usadi va 
rivojlanadi. 

Download 467,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish