Metabolik yo‘llarning bir necha xili tafovut qilinadi: 1. Markaziy metabolik yo‘llar – bir necha yuz gramm oqsillar, karbon suvlar, yog‘lar parchalanishi natijasida CO2 , H2 O va energiya hosil bo‘ladi. 2. Ikkilamchi metabolik yo‘llar – bu spetsifik moddalarning hujayrada hosil bo‘lishi. Masalan, gormonlar, toksinlar, kofermentlar va boshqalar. Ularning miqdori mg larda o‘lchanadi. 3. Siklik metabolik yo‘llar. Ular mikroorganizmlarga xos bo‘lib, hujayra yonilg‘isi sifatida oksalat ishlatishadi. Hozirgi vaqtda 2000 dan ortik fermentlar hujayra metabolizmida ishtirok etishi aniqlangan. Ularning bir qismi asosiy, boshqalari ikkilamchi metabolik hodisalarda ishtirok etadi. Ammo ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ularning sxematik ko‘rinishi metabolik kartani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |