Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Download 125,5 Kb.
Sana14.02.2017
Hajmi125,5 Kb.
#2521


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

prorektor, professor

Teshayev О.R.

___________________

«____»__________2012
KAFEDRA: Travmatologiya-ortopediya, xarbiy dala jaroxligi va neyroxirurgiya
Davolash fakulteti uchun tematik maruzalar bo’yicha o’qitish texnologiyasi

MAVZU № 7. Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklari




TOSHKENT - 2013

Tuzuvchi: kafedra mudiri, Karimov M.Y.


Ma’ruza o’qitish texnologiyasi kafedra yig’inida tasdiqlangan.

Protokol № ___ dan "___"__________2012 yil


Yig’inda tasdiqlangan va muhokama qilingan

Xirurgiyadan SMK.

Protokol № ____ dan "____"__________ 2012 yil

Rahbar : prof.___________________



Maruza № 7


Mavzu: Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklari

Vaqti: 90 минут

Talabalar soni:

Ma’ruza rejasi

  1. Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklari klassifikatsiyasi;

  2. Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini tekshirishning xususiyatlari;

  3. Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini davolash prinsplari.




Ma’ruza maqsadi:

  1. Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklari klassifikatsiyasi bilan talabalarni tanishtirish;

  2. Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini tekshirishning xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish;

  3. Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini davolash prinsplari bilan talabalarni tanishtirish.

Talabalar bilishi kerak:


-Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini klinik va instrumental tekshirish usullari;

- tug’ma no’sonlarni erta aniqlash;

- tug’ma no’sonlarni davolash prinsplari.


Pedagok vazifasi:

- Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini klinik va instrumental tekshirish usullari bilan tanishtirish;

- tug’ma no’sonlarni erta aniqlash usullari bilan tanishtirish;


O’qitish natijasi :

- Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini klinik va instrumental takshirish usullarini o’zlashtirish;

- tug’ma no’sonlarni erta aniqlash usullarini o’zlashtirish;





O’qitish usuli

Ma’ruza, mavzu bo’yicha muamoli masala, miyaga xujum.

O’qitish kurinish

Guruhlarda ishlash

O’qitish manbasi

Maruza matni, kompyuter,multimediya, slaydlar, ko’rsatma material, marker.

O’qitish sharoiti

TTA maxsus jixozlangan xonalari.

Bilimni baxolash

Og’zaki surov, yozma surov.

Ma’ruzaning taxnologik kartasi

Ishning bosqichlari va vaqti

90 daqiqa






O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich.

Kirish


5 daqiqa


1.1.Ma’ruzani nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan talabalarni tanishtirish. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: ma’ruza rejasi va kalit so’zlar bilan tanishtirish. Adabiyotlar ro’yxatini berish.

Tinglash va yozish


2-bosqich

Mashg’ulotni faollashtirish

10 daqiqa


2.1. Talabalarga aqliy xujum usulida savollar berish:

- Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklari klassifikatsiyasi ?

-Madelung kasalligi ?

-Klippelya-Feyl kasalligi ?

- Xondrodisplaziya?

- Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklarini davolashning konservativ va xirurgik davolash usullari ?

2.2.Javoblarni eshitadi va studentlar bilan blits-surov o’tkaziladi.





3-bosqich.

Maruzaning asosiy qismi

65 daqiqa

5 daqiqa tanaffus



3.1. Talabalarga tamatikaning asosiy muamolariga to’xtalgan holda multimediya slayd ko’rinishida ko’rsatiladi.



Maruzani tinglash. Sxema, jadval va ko’rgazma materiallarini ko’rish. Muhokama qilish.

Aniqlashtiruvchi savollar berish.

O’zlashtirilmagan joylarni so’rash.Zarur va asosiy joylarni yozib olish.


4-bosqich.

Xulosa 10 daqiqa




Talabalarga materyialni o’zlashtirish darajasida savol berish.


  1. Bolalarda VVBning 5 belgisini nomlang?

  2. Tug’ma maymoqlikning 3 klinik simpotomini I ayting?

  3. Qaysi yoshda VVB xirurgik yo’l bilan davolanadi?

  4. Tug’ma qiyshiq bo’yinda qo’llaniluvchi operatsiya usullarini ayting?




  1. VVB da skeletda tortishning qaysi usullari qo’llaniladi?

  2. Tug’ma maymoqlikni yoshi katta bolalarda qanday operativ usullar bilan davolanadi?

  3. Sonni tug’ma chiqishlarida qanday bog’im tashqi operativ usullari qo’llaniladi?

  4. Tug’ma maymoqlikda qo’llaniluvchi yumshoq boylamlarni ayting?

  5. Tug’ma deformatsiyalar rivojlanishida etiologic faktorlar?

  6. Tug’ma bo’yin qiyshiqshiqligi konservativ davosida qanday boylamlar qo’llaniladi?

Savollarga javob berish.



Mavzuni asoslash

3.1. Nazariy qism .



Tayanch-harakat aparatining tug’ma kasalliklari

To’gma mushak bo’yin qiyshiqligi etologiyasi va patogenezi hozirgi kungacha aniqlanmagan. Bu deformatsiyani kelib chiqishida bir qancha gipotezalar bor. Bu gipotezalardan to’sh-o’mrov surg’ichsimon mushagining rivojlanishdagi no’qsoni ko’proq to’g’ri hisoblanadi.

Asosan yangi tug’ilgan bolalarda boshni karreksiyalash mumkin va faqat qiyin xolatlarda karreksiya qilib bo’lmaydi .Yuqorida keltirilgan simptomlarni hammasi yuzaga chiqmaydi. Bo’yinni kindik tizimchasi bilan o’ralishidan boshning biroz qiyshayishi va yuz assimetriyasi bo’lishi mumkin. Bu kassalik bilan tug’ilga bolalarda xayotning birinch oyida kasal yuz assimetriyasi va sog’ tomonda ensa soxasining yassilanishi kuzatiladi. Bu simptomlarni davolamaslik oqibatida 2-3 oyligida doyimiy turg’un bo’lib boradi va davolash qiyinchilik bilan kechadi..

Asosiy simptomlari.

1) Boshning kasal tomonga egilishi, bunda engakning qarama qarama qarshi tomonga qayrilishi.

2) To’sh -o’mrov-sorg’ichsimon mushagining qisqarishi bu ayniqsa boshni tog’irlash paytida bilinadi.

3) Quloq suprasi kasal tomondagi yelkaga yaqinlashishi(kasal tomondagi quloq suprasi kichik va yumaloq)


  1. Yelka kamari assimetriyasi.

  2. Qosh usti yoyining assimetriyasi, kasal tomonda koz yorig’ining tashqi burchagini torayishi, yanoq suyagining assimetriyasi burun qiyshayishi.

  3. Boshning kasal tomondagi xarakati va uni sog’ tomonga egishni chegaralanganligi.

7) Tarang xolatdagi to’sh –o’mrov sorg’ichsimon muskuli palpatsiyada og’riqsiz, shuningdek boshni yonn tomonlarga xarakatida og’riqsiz.

  1. Kurak assimetriyasi.

  2. Umirtqa pag’onasini kifoz va kifosikliozi.

Ayrim bolalarda davolanmasli oqibatida 3-4 yoshida korinarli darajada bosh suyagi va umurtqa pag’onasining boyin qismini o’zgarishi va kukrak bel qismining yon tomonfga qiyshayishi kuzatiladi.

Bu kasslikni davolash erta va kasalini darajasiga bog’liq xaolda olib boriladi.

Kanservativ davoga quydagilar kiradi: ortopedik tartibga rioya qilish fizaterapeftik davo usullarini qolash, masaj SHJT;to’sh-o’mrov degenerativ protseslarni va chandiqlanishni oldini olish uchun soruvchi tasirlin vosvositalardan foydalanish.

Ortopedik tartib quydagilar; bolaning boshini to’g’ri tutish to’g’rilovchi gimnastika (passiv va aktiv) to’g’irlovchi qurilmalardan foydalanish.

10-15 kunlik bolada to’sh o’mrov so’rg’ichsimon muskul qalinlashishi bo’lsa fizioterapevtik muolaja bilan birgallikda to’sh o’mrov so’rg’ichsimon mushagiga lidazalar inyeksiya qilinadi.

Fizik metodlarga quidagilar kiradi; sollyuks, fen, xaltadagi tuz va boshqalar. Konservativ davoda kuproq axamiyatligi parafin va ozokeritin applikatsiya yaxshi natija beradi. To’sh-umrov-so’rg’ichsimon muskuli qalinlashishida kaliy yodit bilan elekrtoforez buyuriladi.

Operativ davoni kanservativ davo naf bermaganda bir yoshdan boshlash mumkin. Operativ davoda kuproq qullaniladigan usul S.T.Zatsepina usuli bo’lib bunda to’-umrov-so’rg’ichsimon mushagini oyoqchasi kesiladi..

Bir qancha amaliyot o’tkazilgan bolalarda umrov usti sohada botiqliklar va kosmetik defekt hosil bo’ladi.

Bu muamoni bartaraf etish uchun 1969 yilda yangi metodika qo’lanildi. To’sh-o’mrov so’rg’ichsimon muskuli kokrak oyoqchasini tomirli trupka va gofrirlangan lavsan orqali plastic uzaytirish usuli ishlab chiqildin. Operatsiyaga ko’rsatmalar: bo’yiga yetmagan bolalar (14-15 yosh), shu mushak 3-sm va undan kalta bo’lganda qo’laniladi.

Bir tomonlama chiqish ikki tomonlama chiqishga nisbatan 1,5-3 marta ko’p uchraydi. Chap chanoq-son bo’g’imi chiqishi o’ngdagiga nisbatan 1.5-2 marta ko’proq. Chap tomonlama chiqishi filogenetik kech rivojlanish tufayli uchraydi, boshqa xollarda xomila birinchi pazitsiyasi chap bo’g’im xomila qorin tomonga siljishi, tug’rug’ paytida qo’v simfizi tasirida o’ng tarafga nisbatan ko’p uchraydi.

Qiz bolalarda o’gil bolalarga nisbatan 6-7 marta tug’ma son chiqishi ko’proq uchraydi. Bu qiz bolalrning chanog’ini anotamik xususiyatlari bilan bog’liq. Diagnostika.

Xozirgi vaqtda chanoq-son bo’g’imining shakillanmasligining uchta darajasi farqlanadi: chiqish oldi- son suyagi displaziyasiz; chiqish ostin son suyagining oz qismi displaziyali; chiqish –son suyagi batamom displaziyalangan.

Klinikasi. Erta simptomlar. Son xarakatining chegaralanishi simptomi quydagi xolatda tekishiriladi: bola orqasi bilan yotqiziladi, oyog’i chanoq-son bo’gimi va tizza bo’gimida to’gri burchak xosil qilib bukuladi. Normal rivojlangan bolada chanoq-son bo’gimidan bukilganda oyog’I stolgacha yetadi. Chiqishdan keyin yaqinlashtiruvchi mushak faoliyati chegaralanadi.

Sirpanish simptomi (to’g’irlash va chiqarishda, chidamsizlik va siltash simptomi) –oyoqni asta sekin yozganda, chanoq-son bo’g’imini va tizza bo’g’imini bukanda dirrilovchi tovush seziladi. (Marksa-Ortolani simptomi). Bu symptom bolada 5-7 chi kunda aniqlanadi, bazi bollarda mushak gipotaniyasi bolganda bu symptom 1-3 oyda seziladi.

Kasal oyog’ sog’iga nisbatan kalta. Chiqqan tomongha oyoqning tashqi ratatsiyasi kuzatiladi, bu bola uxlayotgan payitda onasini diqqatini tortadi.

Teri burmasini sonda va dumba soxasida asimemetriyasi kuzatiladi. Normad sonning oldingi-ichki yuizasida uchta burma (chov, adductor, tizza usti) tekislikda va bir xil botiqlikda joylashadi. Chiqqan tomonda ular kata va botiqroq boladi, bu symptom mutloq emas. Bu sog’ bolalarda ham kuzatilishi mumkin.

Kechki simptomlar. Yuqorida sanalgan simptomlar, silkitish simptomlardan tashqari boshqa simptomlar ham kuzatilishi mumkin.

Bola yurgandan keyin bekgilari kechroq namoyon bo’ladi. Oyog’I ikki tamonlama chiqqanda “o’rdaksimon yurish” kuzatiladi.

Trendelenburg simptomi musbat. Bunda sog’ oyoqa tayanganda dunba burmasi ko’tariladi. Oyoq chiqqanda dumba mushaklari yetishmovchiligi tufayli dumba burmalari o’zgaradi (Trendelenburg simptomi musbat).

Rentgenologik diagnostika

Son suyagi tug’ma chiqishlarining erta rentgenologik simptomlarini birinchi bo’lib atoqli ortoped Putti 1927-yilda aniqlagan. U klassik “Putti triadasini” kiritgan.

1.Quymich kosasi qiyshiqlik burchagining oshishi

2. Quymich kosasiga nisbatan son suyagi proksimal qismining yuqoriga surilishi

3. Suyak xreil qilish yadrosining kech paydo bo’lishi

Yaqqol ifodalanmagan chiqishlarda, asosan ikki tomonlama patologiyada tashxislashda turli sxemalar taklif qilingan: Xilgenreyner, Putti, Reynberg, Erlaxer, Ombredan va boshqalar. Bu sxemalarda eng ko’p qo’llaniladigani Xilgenreyner sxemasi hisoblanib, bu sxema tashhis qo’yishni birmuncha yengillashtiradi.


Xilgenreyner sxemasi . Rentgenogrammada chanoq-son bo’g’imida oldingi-orqa proeksiya bo’yicha ikkala “Y”-simon tog’ay orqali o’tkazilgan gorizontal chiziq (Keller chizig’i): ko’pincha son suyagi metafizidan yuqoridan o’tkazilgan perpendikulyar chiziqni (V) gorizontal chiziq bilan kesishgan joy.

Normada bu perpendikulyarning uzunligi 1-1ю5 smga teng bo’ladi. Quymich kosasi tubidan perpendikulyar chiziqgacha (H) bo’lgan oraliq (L) ham 1-1.5smga teng bo’ladi.

Chiqishlarda H uzunligi kamayib, L uzunligi ortadi. Quymich kosa tubidan uchinchi chiziq o’tkaziladi, hosil bo’lgan burchak (indeks C) o’rtacha 20 gradusga teng bo’ladi. Displaziyada bu indeks oshadi.

1 yoshdan katta bolalarda chiqishlarning 5ta rentgenologik darajasi farqlanadi:

I daraja- son suyagi boshchasi lateral joylashgan, lekin quymich kosasi sathida

II daraja- son suyagi boshchasi Y-simon tog’aydan o’tkazilgan gorizontal chiziqdan yuqorida joylashgan

III daraja- har bir son suyagining boshchasi quymich kosasida biroz yuqoriroqda joylashadi, lekin quymich kosasidan chiqmaydi.

IV daraja- har bir son suyagi boshchasi yonbosh suyagi qanot qismi ostida joylashadi

V daraja- har bir son suyagi boshchasi yonbosh suyagi qanot qismining yuqorisida joylashadi.

Konservativ davo. Davolashda anatomik va funksional jihatdan to’liq tiklash uchun bola tug’ilgan zahoti to’g’ri tashxis qo’yish va davolashni bolaning birinchi haftasidan boshlash zarur. Buning uchun tug’uruqxonalarda chaqaloqlar tug’ilganda ortoped ko’rigidan o’tkazilishi zarur.

Neonatolog va akusherlar kasallikning erta simptomlarini yaxshi bilmog’i lozim. Barcha son suyagi chiqishiga shubha qilingan bolalarga ortoped ko’rigi buyurilib tashxisni to’g’ri aniqlash kerak va davo choralarini vaqtida boshlash lozim.

Davolash bir nechta bosqichlarni o’z ichiga oladi:


  1. Yangi tug’ilgan va 1haftalik chaqaloqlarda konservativ davo;

  2. 3oydan 1yoshgacha bo’lgan bolalarda konservativ davo;

  3. 1yoshdan 3yoshgacha bo’lgan bolalardakonservativ davo;

  4. 3-5 yoshdagi bolalarda operativ davo;

  5. 5-8 yoshdagi bolalarda operativ davo;

  6. o’smirlarda operativ davo.

Konservativ davo metodlari.

Janubiy Osiyo va Afrika davlatlarida bu kasallik deyarli uchramaydi. U yerda yo’rgaklash yo’q, bola oyog’i kerilgan holatda ko’tarib yuriladi va bu chanoq bog’imidagi patologiyani o’z-o’zidan tuzalib ketishiga olib keladi.

Konservativ davolash metodi to’liq kliniko-rentgenologik tashxis qo’yilgandan so’ng aniqlanadi.

Statsionar sharoitda quyidagi konservativ davolash metodlari qo’llaniladi:

1-Sink-jelatinli yoki leykoplastirli bog’lam yordamida cho’zish orqali chiqishni to’g’rilash;

2- Sheptun metodi;

3- Tortmasdan to’g’rilash

Sink-jelatinli yoki leykoplastirli bog’lam yordamida cho’zish orqali chiqishni to’g’rilash son suyagi yuqori chiqishlarida, tog’ay mushak tizimi tonusi oshganda qo’llaniladi. Sink-jelatinli yoki leykoplastirli bog’lam orqali tortish funksional gipsli boylamdan 12-14 kun dan so’ng o’tkaziladi.


Operativ davo. Son suyagi tug’ma chiqishlarini operativ davolashni quyidagi metodlari qo’llaniladi:

  1. Ochiq usulda to’g’rilash:

  1. Oddiy ochiq usulda to’g’rilash;

  2. Quymich kosasini kengaytirish orqali ochiq usulda to’g’rilash;

  3. Bo’g’im kapsulasi artroplastikasi orqali ochiq usulda to’g’rilash;

  4. Amnioplastika yordamida ochiq usulda to’g’rilash;

  5. Son suyagi proksimal qismi va quymich kosasini rekonstruktiv operatsiyasi yordamida ochiq usulda to’g’rilash.

2) Bo’g’imdan tashqari operatsiyalar:

a) Xiari bo’yicha quymich osti osteotomiyasi;

b) Solter operatsiyasi;

с) A.A. Korj operatsiyasi;

d) Dega operatsiyasi;

e) Son suyagi proksimal qismida detorsion, qisqartiruvchi va boshqa operatsiyalar orqali.

Operativ davo metodi quyidagi faktorlarga qarab tanlanadi: chiqish darajasi, bo’g’imdagi displastik o’zgarishlar darajasi, bo’g’im kapsulasi holati, son suyagi proksimal qismi deformatsiyasi, bolaning yoshi.

Tug’ma maymoqlik

Klinikasi. Kasallik klinikasi asosida oyoq panjasi muskul-pay, kapsula-boylam va suyak-bo’g’im apparatining chuqur struktur o’zgarishlari yotadi. Shuning uchun bu to’qimalardagi o’zgarishlar darajalari maymoqlikni og’irlik darajasini belgilaydi.

Yengil turdagi maymoqlikni davolash qiyinchilik tug’dirmaydi, o’rtacha og’irlikdagi maymoqlikni davolashda gipsli boylam va boshqa fiksatsiyalovchi vositalardan foydalaniladi.


Konservativ davo. Bola tug’ilgandan 10-12 kun o’tgach konservati davoni boshlash mumkin. Davolash shifokor rahbarligida ona tomonidan har kuni redressatsiya qilinib boriladi.

Bundan tashqari turli korreksiyalovchi gimnastikalar, Fink-Ettingen usulida fiksatsiyalovchi yumshoq bog’lam qo’yiladi.

Shu bilan birgalikda chaqaloq tug’uruqxonadan chiqqandan so’ng bosqichli korreksiyalovchi gipsli bog’lamlar qo’yiladi. Bosqichli gipsli bog’lamlar oyoqlarni holatini doimiy korreksiya qilib turadi, bog’lamlarni almashtirish vaqtida qilinadigan fizioterapevtik muolajalar va gimnastika oyoqlardagi nerv mushak tonusini saqlashda va ularni tana bilan bir xil rivojlanishiga yordam beradi. Bolaning yoshi va kasallikni og’irlik darajasi bilan bog’liq holda davolash muddati va gipsli bog’lam bilan fiksatsiya vaqti turlicha bo’ladi. Bola qancha yosh bo’lsa gisli bog’lamni almashtirish vaqti shuncha qisqa va fizioterapevtik muolajalar va DJT o’tkazish vaqti shuncha uzun bo’ladi.

Gipsli bog’lam bilan fiksatsiya qilish bola to’liq tuzalmaguncha to’xtatilmaydi. Keyinchalik bolaga mahsus ortopedik oyoq kiyimlar va tungi atsetonli shinalar buyuriladi.

Barcha konservativ davolash usullari bola to’liq tuzalguncha va oyoqda deformatsiyalar qolmasligi uchun uzoq muddat olib boriladi. Agar konsevativ davo erta va boshlanib regulyar olib borilsa 60-70% holatlarda bolalar to’liq tuzalib ketadi, qolgan hollarda esa operativ davoga muhtoj bo’ladi.
Operativ davo.

Hozirgi kunda kompressin-distraksion usul maymoqlikni barcha elementlarini davolashda keng qo’llanilmoqda. Bu usulda tug’ma maymoqlikning barcha komponentlari va yumshoq to’qima va suyak-bo’g’imdagi o’zgarishlar asta sekin bosqichma-bosqich davolanadi.

Oyoq panja va yuqori qismlari suyak-bo’g’im og’ir deformatsiyalarida, bundan tashqari katta yoshdagi bolalarda kompression-distraksion metod tayyorgarli bosqichlari bilan stabilizatsiyalovchi operativ davo orqali olib boriladi

Kompression-distraksion metodni afzallik tomonlari bunda qonsiz va oyoqlardagi suyak-bo’g’im, boylam-kapsulyar va muskul-pay elementlarini jarohatlanishlari kuzatilmaydi.

Kompression-distraksion 1.5-2 yoshli bolalarda va barcha retsidiv bergan holatlarda qo’llash yaxshi samara beradi.

Bundan tashqari og’ir holatlarda Ilizarov apparatidan ham foydalaniladi,ayniqsa katta yoshdagi bolalarda sharnir osteotomiya qilinadi.



Retsidiv bergan holatlarda tizza tovon levsanodez va artrodez qo’llaniladi.

Adabiyotlar.

  1. Yumashev G.S. “Травматология и ортопедия”. «Медицина» 1990. – 575с.

  2. Musalatov X.A. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1995. –с.

  3. A.V. Kaplan «Повреждения костей и суставов» М.,«Медицина 1979.-568 с.

  4. WWW.ejbjs.org




Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish