IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus).
A. Umumiy ko’zdan kechirish
1. Umumiy axvoli: qoniqarli, o`rta o`g`irlikda, og`ir, o’ta og`ir.
2. Bemorning xolati: aktiv, passiv, majburiy. (Majburiyni qaysi kasallikga xos turi)
3. Es-xushi, fikrlashi: aniq, buzilgan (stupor, sopor, koma)
4. Qadi qomati va yurishi.
5. Boshi va bo`yni (ularning xususiyati, shakli)
6. Yuz ifodasi: qaysi kasallikga xos, xotirjam-tinch yoki bezovta, vaximaga tushgan va x. k.
7. Yuz, burun, quloq shakli va xususiyatlari.
8. Gavda tuzilishi: to`g`ri, noto`g`ri, deformatsiyalar.
9. Tana konsitutsiyasi (normastenik, astenik, giperstenik- belgilari aloxida keltiriladi.)
10. Bo`yining o`lchami -santimetrda, og`irligi-kilogrammda, ko`krak qafasining aylanasi
o’lchami- santimetrda, uchta indekslar- formulasi bilan natijasi ko’rsatiladi va taxlili keltiriladi.
B. Teri qoplamasini ko’zdan kechirish
1. Teri rangi: tana rangida, och pushti, qoracha, qizil, oqargan, kesak rang, to`q jigarrang yoki
bro`nza rangida (shu rang terini qaysi qismida joylashganini ko`rsatish lozim).
2. Teri dog`lari (leykoderma), uni muayan sharoitda yo’qolishi.
3. Teri toshmalari (isiqlik) va uning xususiyatlari: eriterma, dog`, rozeola, papula, teri
puffakchasi. Qichima, teri yarasi po’stlog’i, erroziyalar, teri yorilishidan xosil bo’lgan yaralar,
boshqacha sababli yara-chaqalar, tomir yulduschalari teleangioektaziylar (paydo bo`lgan joyini
ko`rsatish zarur).
4. Teri osti gemorragik holatlar: yoyilganligi, o’zgaruvchanlik xususiyatlari, ivodalanganligi,
o`lchamlari, soni.
5. Teri chandiqlari, joylashgan joyi, uning xususiyatlari va xarakatchanligi, o`lchami.
6. Terining elastikligi (mee’rida, pasaygan).
15
7. Terining namlik darajasi: mee’rida, yuqori. Terining quruqligi, po`st tashlaganligi.
8. Terining xosilalari (ateromalar, angiomalr, va x. k.) ularning xususiyatlari, formasi,
kattaligi,
(santimetrda),
yuzasi
(silliq-g’adir-budur),
konsistentsiyasi
(yumshoq-qattiq),
qo`zg`aluvchanligi, og`rishi, ular ustidagi terning holati.
9. Barmoqlar: shakli (“soat oynasi “), rangi, bo’ylama chiziqlar borligi, sinuvchanligi,
barmoqlarning yemirilganligi.
10. Sochlar xususiyati (qalin-siyrak, nozikligi), to`kilganligi (ko’proq qaysi soxadaligini
ko`rsatish), qoshini xususiyatlari, nota’biy kallikni va oqarishni boshlanishi. Sertuklik (joyini
ko`rsatish), ayyolarda girsutizmning borligi.
V. Ko`rinma shilliq pardalarni ko’zdan kechirish.
1. Ko`rinma shilliq pardalar rangi: och-pushti, oqargan, sarg`aygan, tsianozliy.
2. Enantema-shilliqsimon qoplanish mavjudligi, xususiyati va joyi.
G. Teri osti to`qimani ko’zdan kechirish.
1. Teri osti qavati: yog`simon qatlam, meyo’rida, sust rivojlangan, rivojlanmagan, o`rtacha
rivojlangan, haddan tashqari rivojlangan (qalinligini santimetrda ko`rsatish).
2. Teri osti tomirlari: ifodalangan, kam seziladigan, kattalashgan, venani varikozli kengayishi
(kam-ko’pligi, ifodalanishi, uning rangi o’zgarganligi, varikoz tugunchalari yallig’langanligi).
3. Qon bosim ko’tarilgan vaqtida teri osti tomirchalarining ifodalanishi, kepchib shishganligini
aniqlash, bosib ko’rilganda g’ichirlashi (teri osti qavati emfizemasi vaqtida).
4. Shishlar: joylashuvi, ularning konsistentsiyasi, ifodalanishi va taqsimlanishi, tananing ayrim
qismlarida (qo’l, oyoq, yuz, qorin, bel)umumiy shish, pastoz holat (kepchish).
5. Semizlikni mavjudligi, yog` to’qimasini ortiqcha yig’ilgan joylar, o’lchamii -santimetrda.
D. limfatik tugunlarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi.
1. Barcha gurux limfatik tugunlarni tartibi bilan joylashgan soxani qo`l bilan aniqlab qayd etish
zarur.
2. Limfatik tugunlarni kattaligi –santimetrda qayd etiladi.
3. Limfatik tugunlarni shakli: oval, dumaloq, noto`g`ri shaklda.
4. Limfatik tugunlarni yuzasi: tekis, egri-bugri.
5. Limfatik tugunlarni konsistentsiyasi: qattiq, yumshoq, elastik.
6. Limfatik tugunlarni palpatsiyada og`rishi.
7. Limfatik tugunlar ustidagi terning xolati.
16
E. Muskullarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi..
1. Muskullarning rivojlanishi darajasi: tana qismiga mutanosib rivojlangan, atrofiyalanganligi
yoki gipertrofiyalanganligi.
2. Muskullar tonusi: ikki tomondagi bir xil mushaklarda meyo’rida, (yoki farq qiladi),
muskullar tonusi oshgan, muskullar tonusi kamaygan.
3. Muskul kuchi- ballarda aniqlanadi.
4. Muskullarni palpatsiyada og`rishi, muskul to’qimasini zichlanishini borligi.
J. Suyak-bo`g`im tiziminini ko’zdan kechirish va ularni palpatsiya xamda perkussiysi natijalari.
1. Skelet qismlarining proportsional nisbati. Suyaklar deformatsiyasi mavjudligi. Bosh
suyakning shakli, o’lshami, ayrim qismlarining mutanosibligi.
2. Qo`l va oyoq barmolarning distal falangasining yo`g`onlanishi-“Baraban tayyoqchalari”.
3. Paypaslashda suyak usti pardasining qalinlashganini va sirtini g`adir-budurligini
aniqlanishi.
4. Suyaklarni yumshashini aniqlash.
5. Paypaslash va urib ko`rilganda suyaklarni (qovurg`a, umurtqa, to`sh suyakning) og`rishi.
6. Suyaklar deformatsiyalari.
Z. Bo`g`imlarni ko’zdan kechirish va ularni funkssional holati, palpatsiyasi.
1. Ko’zdan kechirganda: bo`g`imlarni konfiguratsiyasi, shishganligi, bo`g`imlar ustidagi, teri
giperemiyasi.
2. Bo`g`imlarni palpatsiyasida: maxalliy temperaturaning o`zgarganligi, og`rishi, bo`g`imlar
ustidagi terini o’zgarganligi, bo`g`imlarda va suyaklarda deformatsiya mavjudligi.
3. Bo`g`imlarni xarakati vaqtida shovqinlar mavjudligi (qisirlash, shiqillash va x. k.)
4. Bo`g`imlardagi aktiv va passiv xarakat xajmi.
5. Umurtqa pog’onasining shakli, uning xarakatchanlik darajasi, deformatsiyalar mavjudligi.
6. Bemor yurishining biror kasallikga xosligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |