Onkologiyada quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi:
DNKning hujayra ichi strukturasini miqdoriy aniqlashda;
Hujayra siklini asosiy parametralini aniqlashda;
Hujayra siklini turli davrlardagi identifikastiyasi va miqdorini aniqlash;
o’tkir leykozda anomal hujayralarni aniqlashda;
rak hujayralarning markerlarini aniqlashda;
immun sistema va immun hujayralarning funkstional holatiga baho berishda;
limfostitlarning subpopulyastiyasini aniqlashda (bu bilan immun sistemaga baho beriladi )
Immunologiyada quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi:
qon hujayralarini immunofenotiplarini (tiplarini va funkstional holatini) aniqlashda;
immun hujayralarning fagositar aktivligini aniqlashda;
hujayra ichi oqsillarini identifikastiya qilishda;
hujayralarni proliferativ aktivligini aniqlashda;
hujayra siklini aniqlashda;
hujayraning sitotoksik aktivligini aniqlashda qo’llaniladi. Bundan tashqari oqimli sitometriya usuli sitologiyada, gematologiyada, farmokologiyada keng qo’llanilmoqda.
Hozirgi kunda immunologik laboratoriyalarda oqimli sitometriya usuli yordamida quyidagi immun sistema parametlari aniqlanadi:
- periferik qondagi limfostitlarning (hujayraviy zveno) subpopulyasion tarkibi (CD45+CD3+; CD3-CD19+; CD3+CD4+; CD3+CD8+; CD3-CD16+CD56; immuno regulyator indeksi CD3+CD4+/CD3+CD8+) aniqlanadi. Bu panel orqali o’tkir va surinkali immun bog’liqlik kasalliklarning farqlashda, davolash va ularning monitoringini olib borish mumkin .
- CD25 (aktivatsiyani erta markeri) ekspressiya bo’lgan leykostitlarni miqdorini (CD3+CD25+; CD25+) aniqlashda.
- HLA-DR (kechki aktivatsiya markeri) ekspressiya bo’lgan leykostitlarni miqdorini (CD3+HLA-DR+; CD3-HLA-DR+) aniqlashda.
- T-limfostitlarni CD4+CD8+ «dubl» pozitivnыx T-limfostit formasini (yuqori differensirovka bo’lgan T-limfostitlar, xotira hujayralari
- yalig’lanishga qarshi (CD14+CD16-) va yallig’lanish monostitlarini (CD14+CD16+) aniqlash.
- granulostitlarni (fagostitoz) aktivligini aniqlash aniqlanish parametri (granulostitlarni fagositar aktivligi %; granulostitlarni stimulyastiya indeksi).
. CYFLOW® COUNTER portativ oquvchi sitometriya apparati
Yangi portativ va stabil PARTEC apparaturasi minimal vaqt mobaynida amaliyotda diagnostika qilish imkoniyatini beradi. Oquvchi sitometriya sistemasi CyFlow® va fluoresstent mikroskop CyScope® har-kuni o’zining ustinligini amaliyotda ko’rsatadi.
Counter limfostitlarning aniq miqdoriy ko’rsatkichi, CD4+ T-limfostitlar va ularning prosten miqdorini (CD4%) aniqlab beradi.
CYFLOW® COUNTER portativ oquvchi sitometriya apparatida T-limfostitlarning asosan SD4 –limfostitlarni absolyut konstentrastiyasi va prostent ko’rsatkichini tez aniqlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.
65- rasm. Qondagi CD4 + T-limfostitlarni absolyut konstentrastiyasini aniqlash.
66-rasm. Qondagi SD4+ T-limfostitlarni prostent miqdorida aniqlash.
18- Laboratoriya ishi.“VIRUSLARNI INDIKATSIYA VA IDENTIFIKATSIYA QILISH. GEMAGGLYUTINATSIYA VA GEMAGGLYUTINATSIYANI TORMOZLASH REAKTSIYALARI”
Do'stlaringiz bilan baham: |