2.6. Tog„li hududda olib boriladigan mudofaa jangi
Tog„li hududda olib boriladigan mudofaa jangi, qoidaga ko„ra, dushman
harakatlanishining ehtimoli eng katta bo„lgan yo„nalishlarni egallab olgan holda
keng front bo„ylab, yassi tog„lik va keng vodiylarda esa odatdagi sharoitlardagidek
tuziladi.
105
Asosiy sa'y-harakatlar hukmron balandliklar, dovonlar, yo„l uzellari va tabiiy
joydagi boshqa muhim uchastkalarining mudofaasida jamlanadi. Bo„linmalarning
tayanch punktlari aylana mudofaaga tayyorlanadi. Ularning o„rtasidagi ochiq
joylarda razvedka va patrullik olib boriladi, olovli pistirmalar tashkillashtiriladi va
to„siqlar qo„yiladi.
Mudofaani oldingi chizig„i, odatda, ularga olib boradigan yo„llarning yaxshi
ko„rinishi va o„qqa tutilishini ta'minlaydigan tog„ cho„qqilari, balandliklarning
yonbag„irlari va tog„ tizmalarida, shuningdek, balandliklarning orqa tomonidagi
yonbag„irlardan tanlanadi. Dushmanning harakatlari uchun o„tish qiyin bo„lgan
yo„nalishlarni mudofaa qilishga cheklangan sondagi kuch va vositalar ajratiladi.
Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) jangovar tartibi vaziyat sharoitlaridan
kelib chiqqan holda bir yoki ikki eshelonli qilib quriladi. Motoo‟qchi batalyon
tarkibiga kiruvchi tanklar, artilleriya to„plari, minomyotlar va tankka qarshi
vositalar, qoidaga ko„ra, ekipajlarga, raschetlarga (o„t ochish guruhlariga) ajratilib
birinchi eshelon vzvodlarining ixtiyoriga beriladi hamda ularning tayanch
punktlarida eng uzoq masofalarga o„t ochish amalini olib borishni ta'minlaydigan
joylardagi o„t ochish pozitsiyalari egallaydilar. Yo„llar, dara, tonnel, tog„ vodiylari
va tor yo„llarning chiqish joylari, qulay daryo kechuvlari va kanonlardagi o„tish
yo„llari, shuningdek, dushman aylanib o„tish uchun foydalanishi mumkin bo„lgan
yo„nalishlar muhandislik to„siqlari bilan birgalikda juda zich joylashtirilgan barcha
turdagi o„t ochish amallari bilan himoya qilinishi kerak. Dovonlar, qo„mondonlik
balandliklari, o„tish yo„llari va yo„l uzellarini mudofaa qilayotgan bo„linmalar
ognemyotchi bo„linmalar bilan kuchaytiriladi.
Zenit bo„linmalari, shuningdek, havodagi dushmanga qarshi kurashish uchun
ajratilgan motoo„qchi bo„linmalarning vositalari samolyot, vertolyot va boshqa
havo nishonlarini aylana bo„ylab ko„rish va o„qqa tutishni ta'minlaydigan
balandliklardagi pozitsiyalarni egallaydilar.
Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) o„t ochish tizimi oldingi chiziqning
oldi, qanotlar va bo„linmalar tayanch punktlari o„rtasidagi ochiq joylarda o„q yetib
bormaydigan joylar va yashirin yo„llar bo„lmasligini hisobga olgan holda quriladi.
106
Shu maqsadda o„t ochish vositalari o„z bo„linmalarining manyovr amalga oshirishi
mumkinligini hisobga olib, qanotlar, har tomondan va yaqindan ko„p qavatli o„qqa
tutishni ta'minlagan holda balandliklarning dushmanga qaragan yonbag„irlarida
bo„lgani singari ularning orqa tomonidagi yonbag„irlarida ham qavat-qavat bo„lib
joylashtiriladi.
Tog„li hududda mudofaani tashkillashtirish vaqtida motoo‟qchi batalyon
(vzvod) komandiri odatdagi masalalardan tashqari qaysi bo„linmalar (o„t ochish
vositalari) aylanib o„tayotgan dushmanni yo„q qilishga shay bo„lib turishi
kerakligi, shuningdek, ob-havo sharoitlarining kutilmagan o„zgarishlari, toshli va
qorli ko„chkilar, sel oqimlari, qurigan daryo o„zanlarining uzoq muddat davom
etgan yomg„irlar va qorlarning erishi vaqtida to„lib oqishidan o„z bo„linmalarini
himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Tor tog„ vodiyida (darasida) mudofaani tashkillashtirayotganda, o„t ochish
vositalarini tog„larning tutashib ketgan yonbag„irlariga vodiyni (darani) har
tomondan o„qqa tutish ta'minlanadigan qilib joylashtirish kerak. Vodiyning
(daraning) kirish qismini hosil qiluvchi balandliklar ko„proq mustahkamlanadi.
Balandliklarga olib boradigan yo„llar minali-portlovchi to„siqlar, artilleriya,
minomyotchi va granatomyotchi hamda tankka qarshi vositalarning o„t ochish
amali bilan himoyalanadi. Bunda artilleriyadan to„g„ridan-to„g„ri nishonga olib o„t
ochish uchun keng qo„llaniladi.
Dovonning mudofaasini tashkillashtirish vaqtida asosiy sa'y-harakatlar
dovonga olib boradigan yo„llarda joylashgan balandliklarni saqlashga qaratiladi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) kuch va vositalarining bir qismi bevosita dovondagi
mudofaani egallaydi. Dovon orqali o„tadigan yo„lning har ikki tomoniga to„siqlar
qo„yilib, ularga olib boradigan yo„llar tutash balandliklardan turib har tomondan
o„qqa turiladigan bo„lishi kerak.
Dovonlar, yo„llar, tog„ so„qmoqlari va daralar vzvod tayanch punktining
chegaralari etib tayinlanmaydi.
Razvedkaning asosiy sa'y-harakatlari dushman hujumi uchun qulay bo„lgan,
shuningdek, dushmanning mudofaalanayotgan bo„linmalarni aylanib o„tishi
107
mumkin bo„lgan yo„nalishlarda jamlanadi. Kuzatuv postlari (kuzatuvchilar) soni
ko„paytiriladi.
Ommaviy qirg„in quroli va o„ta aniq qurol ta'siridan himoyalanish uchun
tabiiy joy burmalari, qazilgan konlar, g„orlardan keng foydalaniladi.
Bo„linmalarning jangovar qobiliyatini tiklash vaqtida odatdagi tadbirlardan
tashqari zudlik bilan odamlar va texnikaning inshootlardan chiqishiga to„sqinlik
qilayotgan ko„chki va uyumlarni tozalash tashkillashtiriladi.
Tayanch punktlarini muhandislik nuqtai nazaridan jihozlash vaqtida qoyali
yerlardagi fortifikatsion inshootlar asosan tuproq qatlami bilan qoplanadigan
toshlar, shuningdek, tuproq to„ldirilgan qoplardan foydalangan holda yarim
chuqurlashtirilgan va uyumli ko„rinishda quriladi. Muhandislik nuqtai nazaridan
jihozlash portlatuvchi zaryadlardan keng foydalangan holda olib boriladi. Okop,
panagoh va boshqa inshootlar ularga yonuvchan aralashmalar hamda suv oqib
tushmaydigan qilib jihozlanadi.
Motoo‟qchi batalyon mudofaa hududida tabiiy to„siqlardan keng foydalaniladi
va tosh uyumlari hosil qilinadi; yo„llarning (so„qmoqlarning) uchastkalari va sun'iy
inshootlar vayron qilishga tayyorlanadi, yo„llarda minali-portlovchi to„siqlar
qo„yiladi.
Bo„linmalarni niqoblashga, birinchi navbatda tog„li hududning niqoblovchi
xususiyatlaridan ustalik bilan foydalanish orqali erishiladi.
Dushman hujumi mudofaalanayotgan bo„linmalarning, shtatdagi qurol-
aslahalarni amaliy o„t ochishining maksimal uzoqligidan boshlab, barcha o„t
ochish vositalari bilan qaytariladi. Birinchi navbatda dushmanning tank va zirhli
ob'ektlari yo„q qilinib, ularni balandliklarga ko„tarilish va ilonizi yo„llardan
harakatlanish vaqtida shikastlantirish maqsadga muvofiqdir.
Mudofaa oldingi chizig„iga yaqinlashib kelayotgan dushmanga shikast
yetkazishda bo„linmalar shaxsiy tarkibining parchalanuvchi va tankka qarshi
granatalardan foydalanishi katta ahamiyatga ega.
Dushman motoo‟qchi batalyon (vzvod) mudofaasiga yorib kirgan vaqtda
bo„linmalar egallab turgan pozitsiyalarini qattiq himoya qilish va barcha
108
vositalarining o„t ochish amali bilan unga shikast yetkazgan holda ikkinchi eshelon
(rezerv) tomonidan, odatda, tepadan pastga, tizma yoki vodiy bo„ylab amalga
oshiriladigan qarshi hujumda uni yo„q qilishga qulay sharoit yaratadi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) mudofaa hududini (tayanch punktini) aylanib
o„tishga intilayotgan dushman artilleriya va boshqa o„t ochish vositalarining olovi,
shuningdek, ikkinchi eshelondagi (rezervdagi) bo„linmalar yoki zirhli guruhning
dadil harakatlari bilan yo„q qilinadi.
Motoo‟qchi batalyonning texnik ta'minot va front orti bo„linmalari, qoidaga
ko„ra, yo„l va so„qmoq uzellarida joylashishi hamda birinchi eshelon
bo„linmalariga yaqin joyda bo„lishi kerak. Vzvodlarning tayanch punktlari hamda
artilleriya va zenit vositalarining o„t ochish pozitsiyalarida o„q-dori, oziq-ovqat,
suv va yoqilg„ilarning qo„shimcha zaxiralari yaratiladi. Baland tog„li hududlarda
shaxsiy tarkib maxsus anjom-aslahalar, issiq kiyim va yorug„likdan saqlaydigan
ko„zoynaklar bilan ta'minlanadi, shuningdek, shaxsiy tarkibni isitish hamda
yarador va bemorlarni o„z vaqtida evakuatsiya qilish bo„yicha tadbirlar nazarda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |