Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


 Motoo„qchi (vzvod) tomonidan aholi punktini zabt etish (ishg„ol qilish)



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

4.9. Motoo„qchi (vzvod) tomonidan aholi punktini zabt etish (ishg„ol qilish) 
davomida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar 
Janggarilarning qo„lida bo„lgan aholi punktini zabt etish (ishg„ol qilish) 
qo„shinlar ishtirokidagi hujum tavsifiga ega maxsus harakatlarning eng murakkab 
turi hisoblanadi.
Aholi punktni, ayniqsa shaharni, zabt etish (ishg„ol qilish) olib borilayotgan 
sharoitlar manevr o„tkazishning murakkabligi, o„qqa tutish zonalarining 
cheklanganligi, nafaqat jangovar vazifalarni bajarayotgan bo„linmalar o„rtasida, 
balki aholi punktini qurshovga olishni amalga oshirayotgan bo„linmalar bilan ham 
aniq belgilangan hamkorlikni saqlab turish zarurati bilan tavsiflanadi.
Ishg„ol qilish bo„yicha harakatlarni olib borish uchun brigadada, qoidaga 
ko„ra, tarkibi tankchi, artilleriya, tankka qarshi, ognemyotchi va muhandislik-
sapyor bo„linmalari bilan kuchaytirilgan motoo„qchi batalyondan tashkil topgan 
hujumchi otryadlar tuziladi. Hujumchi otryad tarkibiga qo„shimcha ravishda 
terrorizmga qarshi kurash bo„yicha maxsus kichik bo„linmalar kiritilishi mumkin.
Hujumchi otryadlarda, qoidaga ko„ra, 2-3 ta hujumchi guruhlar tuzilib, 
ularning asosini kuchaytirilgan motoo„qchi va tankchi vzvodlar tashkil etadi.
Magistral ko„cha bo„ylab hujumga o„tayotgan hujumchi guruh ikki-uchta 
jangovar guruhlar, tankchi guruh, 1-2 ta minomyot rascheti, 1-2 ta SPG rusumidagi 
tirgakka o„rnatilgan tankka qarshi granatomyot rascheti, ognemyotchilar 
bo„linmasi (2-3 nafargacha ognemyotchi), avtomobilga o„rnatilgan ZU-23-2 
rusumidagi zenit qurilmasi, to„siqlarni olib tashlaydigan muhandislik mashinasi, 
UR-77 rusumidagi mashina, muhandislik-sapyor seksiyasi, tibbiy guruh va texnik 
ta'minot seksiyasidan tashkil topishi mumkin.
Bundan tashqari, hujumchi guruhlarning tarkibiga binolarni dushmandan 
tozalash bo„yicha vazifalarni bajaradigan 2-3 tagacha oralab chiqish guruhlari 


247 
(terrorizmga qarshi kurash bo„yicha maxsus kichik bo„linmalar tarkibidan) 
kiritilishi mumkin.
Ikkinchi darajali ko„cha bo„ylab hujumga o„tayotgan hujumchi guruhning 
tarkibi kamroq sondagi kuchaytirish vositalariga ega bo„lishi mumkin.
Hujumchi otryad (guruh) portlovchi zaryadlar, aerozolli (tutunli), 
yondiruvchi va signal berish uchun mo„ljallangan vositalar bilan ta'minlanadi. 
Hujumchi guruhning bo„linmalari, qoidaga ko„ra, jangovar “juftlik” va 
“uchlik”larga bo„linib harakat qiladilar hamda ularning o„rtasida hamkorlik va bir-
biriga madad berish tashkillashtiriladi. Hujumchi guruhlarning harakatlari 
artilleriya bo„linmalari tomonidan qo„llab-quvvatlanadi, buning uchun hujumchi 
otryad boshqaruv punktida komandirning yonida aviatsiya mo„ljallovchisi va 
artilleriya o„t ochish amallariga to„g„rilashlar kirituvchi bo„ladi. Hujumchi otryad 
komandirining qo„mondonlik-kuzatuv punkti, qoidaga ko„ra, magistral (asosiy) 
ko„chada harakatlanayotgan hujumchi otryadning jangovar tartibida (jangovar 
tartib ortida) joylashadi.
Hujumchi otryadning jangovar tartibi 2-3 ta hujumchi guruhlar, rezerv 
(kuchaytirilgan jangovar guruhdan motoo„qchi vzvodgacha), artilleriya 
bo„linmalari va muhandislik rezervidan tashkil topadi.
Hujumchi guruhning jangovar tartibi quyidagilardan tashkil topishi mumkin: 
qo„lga olish kichik guruhi, rezerv kichik guruhi, o„t ochish kichik guruhi, to„siqni 
tozalash kichik guruhi hamda oralab chiqish guruhlari. Qo„lga olish kichik 
guruhiga, qoidaga ko„ra, pulemyot seksiyasi (jangovar mashinasiz) hamda 
ognemyotchilar bilan kuchaytirilgan tankchi guruh va bir-ikkita jangovar guruhlar 
kirishi mumkin. Rezerv kichik guruhining tarkibida, odatda, kuchaytirilgan 
jangovar guruh harakat qiladi.
O„t ochish kichik guruhiga minomyot va SPG rusumidagi tirgakka 
o„rnatilgan tankka qarshi granatomyot raschetlari, motoo„qchi vzvodning o„t ochib 
madad berish vzvodi (pulemyot seksiyasisiz) va avtomobilga o„rnatilgan ZU-23-2 
rusumidagi zenit qurilmasi, to„siqni tozalash kichik guruhiga esa muhandislik-
sapyor bo„linmasi va shunga mos muhandislik texnikasi kiradi.


248 
Hujumchi otryadga birinchi navbatdagi va navbatdagi vazifalar tayinlanadi. 
Hujumchi otryadning birinchi navbatdagi vazifasi ikki-uchta dahani qo„lga 
olishdan, navbatdagi vazifasi esa shahar yoki uning tumanlaridan biridagi muhim 
imoratni (ob'ektni) zabt etishdan iborat bo„lishi mumkin.
Hujumchi guruhga birinchi navbatdagi vazifa va kelgusi harakatlarning 
yo„nalishi tayinlanadi. Hujumchi guruhning birinchi navbatdagi vazifasi binoni (bir 
nechta kichik binolarni), ba'zida esa bitta dahani qo„lga olish va zabt etishdan 
iborat bo„lishi mumkin. Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, jangovar vazifani 
bajarish mobaynida hujumchi guruhlarning jangovar vazifalariga hujumchi otryad 
komandiri tomonidan aniqliklar kiritilishi mumkin.
Hujumchi guruhlar dushman bilan bevosita jangovar to„qnashuv chizig„ida 
harakat qilayotgan bo„linmalar ortida yoki egallab turgan hududlaridan chiqib 
kelgan holda hujum qilinadigan ob'ektlarga imkon qadar yaqin joydan 
egallanadigan boshlang„ich holatdan turib harakat qilishlari mumkin. Belgilangan 
vaqtda (umumiy signalga binoan) hujumchi guruhlarning bo„linmalari hujumga 
o„tadilar.
Hujumchi otryad, qoidaga ko„ra, ulardan biri magistral ko„cha bo„lgan ikkita 
ko„cha bo„ylab hujum qiladi. Magistral ko„cha bo„ylab hujum qilayotgan hujumchi 
guruhning qo„lga olish kichik guruhi binolarning o„ng va chap tomonidan 
harakatlangan holda olg„a siljib boradi hamda qarshilik ko„rsatgan dushmanni yo„q 
qiladi. Qo„lga olish kichik guruhidagi motoo„qchi va ognemyotchilar tanklar 
panasidagi jangovar “juftlik” va “uchlik”lar tarkibida piyoda yurgan holda 
binolarning birinchi qavatlari va yerto„lalariga qarata o„t ochish amalini olib 
boradilar. Tanklar va piyoda yurib harakatlanayotgan motoo„qchilar ortida, 50-100 
metr uzoqlikda kelayotgan qo„lga olish kichik guruhi bo„linmalarining BMP 
(BTR) lari ikkinchi-uchinchi qavatlarga qarata o„t ochish amalini olib boradilar. 
Qo„lga olish guruhi ortidan o„t ochish kichik guruhi harakatlanib, u dushman 
tomon qo„l granatomyotlari va o„qli qurollardan o„t ochib qo„lga olish guruhining 
zirhli ob'ektlari hamda shaxsiy tarkibiga shikast yetkazishining oldini olish 
maqsadida binolarning yuqori qavatlari va tomlariga qarata o„t ochadi. Oralab 


249 
chiqish guruhlari o„t ochish kichik guruhining ortidan harakatlanib, ketma-ketlik 
bilan binolarni ko„zdan kechirish hamda u yerlarda qolib ketgan dushmanning 
kichik guruhlari va yakka holdagi janggarilarini yo„q qilishni amalga oshiradilar.
To„siqni tozalash kichik guruhi, hujumchi otryad va guruh qo„mondonlik-
kuzatuv punktlari, shuningdek, rezerv kichik guruhi, qoidaga ko„ra, qo„lga olish 
kichik guruhining bo„linmalaridan 150-300 metrlik uzoqlikda, ko„cha markazi 
bo„ylab kolonna bo„lib harakatlanadilar.
Qo„lga olish guruhi, odatda minalangan bo„lib chiquvchi uyumlar, vayron 
qilingan uchastkalar, barrikada va to„siqlarga duch kelgan vaqtda, to„siqni tozalash 
guruhi oldinga chiqib, tanklar hamda qo„lga olish kichik guruhi bo„linmalarining 
olovli himoyasi ostida o„tish joylarini (o„tish yo„llarini) ochish va minalarni 
zararsizlantirishga kirishadi. Mudofaaga tayyorlangan binolarni vayron qilish 
uchun UR-77 rusumidagi boshqariladigan raketa qurilmalaridan foydalanish 
mumkin.
Dushmanning mudofaa uchun tayyorlangan binodagi kuchli qarshilik 
o„chog„iga duch kelgan vaqtda qo„lga olish kichik guruhining motoo„qchi va 
ognemyotchilari oldinga chiqadilar hamda hujum ob'ektidan 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish