Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

“Hujumga tayyorlan”
komandasini, tanklar birinchi transheyadan o„tgandan so„ng esa 
“Hujumga – 
olg„a!”
komandasini beradi hamda unga ko„ra shaxsiy tarkib transheyalardan 
(okoplardan) sakrab chiqadi va tanklar ortidan dushmanga hujum qiladi. Piyodalar 
jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) marradan marraga (panagohdan 
panagoxga) katta tezlikda harakatlangan holda o„z bo„linmalari ortida o„z 
qurollarining o„t ochish amali bilan hujum qilayotgan tankchi va motoo„qchi 
bo„linmalarga ishonchli madad berishni ta'minlaydigan uzoqlikda harakat qiladilar, 
stabilizatsiyalangan qurol-aslahalarga ega piyodalar jangovar mashinalari esa 
bevosita hujum qilayotgan motoo„qchi bo„linmalarning zanjirida harakat qiladilar. 
Piyodalar jangovar mashinalarida (zirhli transportyorlarda) hujumga o„tish 
vaqtida motoo„qchi bo„linmalar shaxsiy tarkibni piyodalar jangovar mashinalariga 
(zirhli transportyorlarga) chiqarishni o„t ochib hujumni tayyorlash vaqtida amalga 
oshiradilar. Bunda o„z bo„linmalari ortida joylashgan piyodalar jangovar 
mashinalari (zirhli transportyorlar) motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandirining 
komandasiga (signaliga) binoan o„z bo„linmalariga pinhona yaqinlashib, u yerda 
tabiiy joyning burmalaridan foydalangan holda shaxsiy tarkibni chiqarish uchun 
to„xtaydi. Motoo„qchi bo„linmalarining shaxsiy tarkibi tezlik bilan mashinalarga 


146 
chiqadi va o„t ochishni olib borishga tayyorlanadi, shundan so„ng piyodalar 
jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) tanklar ortidan hujumga o„tadi. 
Artilleriya motoo„qchilarning hujumi boshlanishi bilan o„t ochib hujumga madad 
berishga o„tadi. To„g„ridan-to„g„ri nishonga olib o„t ochish uchun ajratilgan 
to„plar, tankka qarshi vositalar, granatomyotlar va piyodalar jangovar mashinalari 
(zirhli transportyorlar) hujum qilayotgan bo„linmalar o„rtasidagi oraliqlar hamda 
ularning qanotlari ortidan olib boriladigan o„t ochish amali bilan dushmanning 
omon qolgan va yangi aniqlangan nishonlarini yo„q qilishda davom etadi.
Motoo„qchi bo„linmalarning piyoda yurib amalga oshiradigan hujumi 
vaqtida shaxsiy tarkib tanklar ortidan ularning izlari va ochgan yo„llari orqali 
dushmanning mina maydonlarini yengib o„tadi. Trallarga ega piyodalar jangovar 
mashinalari (zirhli transportyorlar) mina maydonlarini mustaqil ravishda yengib 
o„tadi. Trallarga ega bo„lmagan piyodalar jangovar mashinalari (zirhli 
transportyorlar) hamda zirhli transportyorlar ochilgan yo„llar orqali mina 
maydonlarini yengib o„tib, o„z bo„linmalariga yetib oladi va o„z qurollarining o„t 
ochish amali bilan ularning hujumiga madad beradi.
Trallar bilan jihozlangan piyodalar jangovar mashinalarida hujum qilayotgan 
motoo„qchi bo„linmalar dushman mina maydonlarini, qoidaga ko„ra, jangovar 
tartibni yig„masdan mustaqil ravishda trallar yordamida yengib o„tadi, trallarga ega 
bo„lmagan jangovar texnika esa ochilgan yo„llar orqali o„tadi. 
Hujum qilayotgan bo„linmalarning chiqib kelish yo„nalishlarida yoki hujum 
qilayotgan bo„linmalar oldiga masofaviy minalash vositalari bilan qo„yilgan mina 
maydonlari, ularni aylanib o„tish imkonsiz bo„lganda, hujum qilayotgan 
bo„linmalar va artilleriya o„t ochish amalining himoyasi ostida jang oldi 
tartiblarida to„siqlardan tozalash guruhlari va minalarni zararsizlantirish guruhlari 
tomonidan ochilgan yo„llar orqali yengib o„tiladi. Bu holatda alohida piyodalar 
jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) va tanklar ochilgan yo„llarga jangovar 
guruhlarning kichik guruhlari (tanklarning ekipajlari) tomonidan shtatga ilova 
qilingan jadvalda ko„zda tutilgan minalarni zararsizlantirish uchun mo„ljallangan 


147 
tashib yuriladigan to„plamlardan foydalangan holda hamda boshqa usullari bilan 
minalardan tozalangan chiqish yo„llari bo„ylab harakatlanadi.
Mina maydonlarini tankchi va motoo„qchi bo„linmalar tomonidan yengib 
o„tilishi vertolyotlarning zarbalari hamda artilleriya va motoo‟qchi batalyonni 
tankka qarshi bo„linmasining o„t ochish amali himoyasi ostida amalga oshiriladi.
Motoo„qchi bo„linmalar dushman o„zlarini tanklardan ajratib yubormasligi 
hamda ular bilan yaqin olovli hamkorlikni ta'minlash uchun imkon qadar tanklarga 
yaqin masofada harakatlanadilar.
Tankchi va motoo„qchi bo„linmalar o„zini snaryad va minalarining 
portlashlaridan xavfsiz uzoqlashuv marrasiga yaqinlashishi bilan artilleriya 
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandirining komandasiga (signaliga) binoan o„t 
ochish amalini ichkariga ko„chiradi. Piyoda yurib hujum qilayotgan motoo„qchi 
bo„linmalar uchun xavfsiz uzoqlashish masofasi 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish