Batalyon (batalyon taktik guruhi) komandirining ish xaritasida
quyidagilar chizmalashtiriladi:
dushmanning tarkibi va holati; batalyon
(batalyon taktik guruhi) ning vazifasi; qo‟shnilarning vazifasi va ular bilan
chegaralanish chiziqlari (harakat yo‟nalishi); batalyon (batalyon taktik guruhi)
manfaatida katta komandirning kuch va vositalari bilan bajariladigan vazifalar;
bo‟linmalarning jangovar vazifasi; qo‟mondonlik kuzatuv punktini yoyish vaqti va
joyi; hamkorlikning asosiy masalalari.
Batalyon (batalyon taktik guruhi) komandirining qarori uning
o‟rinbosarlarining ish xaritasida, bevosita majburiyatlarini bajarish uchun kerakli
xajimda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |