Gidrografiya
Gidrografiya
-
geografiyaning yer usti suvlarini tekshiruvchi tarmoq. Suv
inshootlari joylarning egri-bugrilik darajasini aniqlaydi. Ular suv ta‟minoti va
suv yo„llari bilan yuk tashishga yaxshi sharoit yaratadi. Suv inshootlari xaritada
ko„k yoki yashil rang bilan tasvirlanadi, shuning uchun ular boshqa mahalliy
jismlarning shartli belgilari orasida aniq ajralib turadi. Xaritada daryolarni,
kanallarni, irmoqlarni, ko„llar va boshqa suv to„siqlarini o„rganishda kengligi,
chuqurligi, oqim tezligi, suv osti qoplami tavsifi, qirg„oqlarni va ularga tutashib
turgan joylar aniqlanadi: ko„priklarni, to„g„onlarni, yo„llardan o„tish joyi, sayoz
joylari va kechuv uchun qulay bo„lgan maydonlar soni va xususiyatlari
belgilanadi. Daryo osti qoplamini yozuvi bo„lmaganda, u oqim tezligiga qarab
taxminan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |