O„rmon, butazorlar.
O„rmon maydonlari yashil rangda beriladi. Daraxt turlari aralash
o„rmonlarda bargli, tikonli yoki boshqa tuzulishiga qarab ko„rsatiladi.
Daraxtlarning balandligi, qalinligi va o„rmonning quyuqligi haqida ko„rsatmalar
berilgan bo„lsa, uning tuzulishi tushuntirish yozuvlari va sonlar bilan
ko„rsatiladi.
Masalan, archa yozuvi oldidagi sonlar, bu o„rmonda archa daraxti
ko„proqligini, ularning o„rtacha balandligi 5m ligini, o„rtacha qalinligi 30sm
ligini, daraxtlar orasidagi o„rtacha masofa esa 4m ligini tasvirlaydi. Xaritada
o„rmonni kesib o„tuvchi yo„l tasvirlangan bo„lsa, uning eni metrda ko„rsatiladi.
Balandligi 4m gacha bo„lgan daraxt va butazorlar bilan qo‟langan o„rmon
maydoni o„ziga tegishli shartli belgilar bilan ko„rsatiladi va och-yashil rangda
bo„ladi.
archa
Do'stlaringiz bilan baham: |