288
joylashadi. Ochiq tabiiy joyda tanklar, piyodalar jangovar mashinalari (zirhli
transportyorlar) o„rtasidagi oraliq masofa
100-150 metr
, jangovar (tankchi)
guruhlar o„rtasidagi oraliq masofa esa
300-400 metr
bo„lishi kerak.
Ochiq tabiiy
joyda tanklar, piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) o„rtasidagi
oraliq masofa
25-50 metrgacha
qisqartirilishi mumkin.
Motoo‟qchi batalyonning minomyot batareyasi va tankka qarshi guruhi o„t
ochishga doim shay holatda to„liq tarkib bilan yoki guruhlarga bo„lingan holda
nisbatan xavfli yo„nalishlarda joylashadi.
Motoo‟qchi batalyonning zenit bo„linmasi dushmanning samolyotlari,
vertolyotlari va havodagi boshqa nishonlariga qarata o„t ochish amalini olib borish
imkonini beradigan joylardagi uchirish (o„t ochish) pozitsiyalarini egallaydi.
Qo„shimcha berilgan bo„linmalar jangovar mo„ljallanishiga ko„ra qo„yilgan
vazifalarni bajarishga shay holatda motoo‟qchi batalyon (vzvod)
komandirining
qaroriga muvofiq joylashtiriladi.
Razvedka guruhi, aloqa guruhi va muhandislik-sapyor seksiyasi motoo‟qchi
batalyonning qo„mondonlik-kuzatuv punkti yaqinida, motoo‟qchi batalyonning
texnik va front orti ta'minoti bo„linmalari esa bo„linmalar ta'minotining
qulay
bo„lishini hisobga olib joylashadi.
Bo„linmalarning elektr uzatish liniyalari ostida, gaz va neft quvurlari
yaqinida joylashishiga yo„l qo„yilmaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) tayinlangan
hududga chiqgunga qadar uni
ko„rib chiqish tashkillashtiriladi. Katta komandir tomonidan yuborilayotgan joyni
ko„rib chiqish guruhi tarkibiga, odatda, motoo‟qchi batalyonning bitta ofitseri
hamda har bir vzvoddan (qo„shimcha berilgan bo„linmadan)
bittadan ofitser yoki
serjant kiritiladi.
Ular vzvodlar, shtatdagi va qo„shimcha berilgan boshqa bo„linmalar,
qo„mondonlik-kuzatuv
punktlari,
zenit-artilleriya
guruhi
o„t
ochish
pozitsiyalarining joylashgan joylari, texnik ta'minot va front orti bo„linmalarining
joylashish joylariga aniqlik kiritadi, razvedka amalini o„tkazadi
va joylarga olib
289
boruvchi yo„llarni belgilaydi, shuningdek, o„z bo„linmalarini
kutib olib, ularni
tayinlangan joylarga olib boradi.
Harakat yo„nalishlarida bo„linmalar nomi va raqami hamda ularning
komandirlari familiyasi qayd etilgan yozuvlarni yuritish yoki ko„rsatkichlar
qo„yish taqiqlanadi.
20-rasm. Motoo‟qchi batalyonining joylashuv
chizmasi
291
Hududda joylashish uchun vazifalar qo„yish vaqtida motoo‟qchi batalyon
(vzvod) komandiri
Do'stlaringiz bilan baham: