SHaxsga sig‘inish – siyosiy yoki diniy hokimiyat ierarxiyasida yuqori mansablarni egallab turuvchi shaxsni haddan tashqari ko‘klarga ko‘tarish, goh-gohida ilohiylashtirish; yo‘lboshchilikning roli va vazifalarini maksimal darajada ko‘tarib baholash.
SHeriklik – u yoki bu masala yuzasidan yagona pozitsiyani ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan turli sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir turi, shuningdek, qisqa muddatli, ayni vaqtdan belgilangan ushbu sub’ektlarning manfaatlarini ifodalovchi, siyosiy dasturlarning qator muhim masalalarda mos kelishiga asoslangan uzoq muddatli o‘zaro harakatlarni tashkillashtirish. SHeriklarning har biri tomonidan ular faoliyatining asosiy aspektlarida nisbiy mustaqillikning saqlanib qolishi sheriklikning spetsifikasi hisoblanadi.
SHovinizm – fransuzcha, shauvinisme, Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi, fransuz harbiy qo‘mondonlaridan N.SHoven (Chauvion) nomidan olingan bo‘lib, boshqa millatlarni mensimaslikni o‘z millatining ularga nisbatan ustunligini asoslashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi. Xalqaro munosabatlarda shovinizm atamasining mohiyatini boshqa millatlarning jahon tarixida tutgan o‘rnini mensimaslikka intiladi. SHovinizm ko‘p sonli xalqlarning ko‘p millatli doirasida, shuningdek, uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutloq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashi namoyon bo‘ladi, harbiy kuchga ishonuvchi (tayanuvchi) haddan tashqari, gipertroflashgan vatanparvarlik. Ultranatsionalizm va avtoritarizm elementlarini o‘z ichiga oladi.
SHok terapiyasi (iqtisodiyotda) – iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan bir qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o‘sishi, inflyasiya, bandlikning pasayishi va shunga o‘xshash boshqa holatlarni) o‘z ichiga oluvchi radikal chora-tadbirlarning majmuasi.
SHtat – ijtimoiy-siyosiy ma’noda bo‘lib ba’zi mamlakatlarda (AQSH, Meksika) shtatlar o‘z konstitutsiyalariga ega. SHtat tepasida saylanadigan yoki tayinlanadigan gubernator turadi. Uning vakolatlari ba’zi jihatdan davlat boshlig‘ining vakolatlariga o‘xshash bo‘ladi. SHtatlarning qonun chiqaruvchi organlari, odatda, ikki qatorli bo‘ladi. Biroq shtat mustaqil davlat emas. 1) qator federativ davlatlarda o‘z-o‘zini boshqaruvchi ma’muriy-hududiy birlik; 2) yuridik ma’noda qandaydir muassasa, tashkilot xodimlarining doimiy tarkibi; 3) xodimlarning miqdoriy tarkibi, ularning funksiyalari, muassasaning strukturaviy bo‘linmalari va shu kabilar to‘g‘risidagi jadval, nizom.
Do'stlaringiz bilan baham: |