Xalqaro uyushgan jinoyatchilik - butun dunyo bo‘ylab bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik sindikatlarini o‘z ichiga oladigan tushuncha .
Xalqaro xavfsizlik – bu xalqaro munosabatlardagi kafolatlangan barqarorlik, dunyo hamjamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalaridagi mustahkam adovatni, harbiy nizolar va urushlarning oldini olish sharoitlari shakllangan holati. Milliy xavfsizlikni himoyalanish darajasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro xavfsizlik bilan bog‘liq. Xalqaro xavfsizlik o‘z ichiga milliy va mintaqaviy xavfsizlik turkumlarini mujassam qilgan. Xalqaro xavfsizlik – milliy xavfsizlikdan farqli ravishda davlat xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi bilan murakkab bog‘liqligini e’tirof etadi.
Xalqaro xavfsizlik tizimi – xalqaro huquq me’yorlari va uning asosida tashkil qilingan organ, kuch va mexanizmlar orqali ikkita yoki undan oshiq mamlakatlarning xavfsizligini ta’minlash yaxlitligi.
Xristianlik – eramizning I asrida Falastinda paydo bo‘lgan va Iso Masixga ilohiy inson, dunyoni qutqaruvchisi sifatida ishonch bilan birlashuvchi uch asosiy tarmoqqa – katolitsizm, pravoslav va protestantlikka bo‘linib ketgan uch jahon dinlaridan biri (islom va buddizm bilan bir qatorda); X.ning asosiy diniy ta’limoti Bibliya-Injil hisoblanadi (eng avvalo YAngi Ahd). Bibliya ikki qismga –qadimgi Ahd va yangi Aqdga bo‘linadi («ahd» so‘zi Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini bildiradi. Qadimgi Ahd (ya’ni Tovrot va Zabur) Iso Masix tug‘ilishidan avval, yangi Ahd (ya’ni Injil) Iso Masix tug‘ilgandan keyin birinchi asrda yozilgan.
Xunta – 1) hokimiyatni noqonuniy qo‘lga kiritgan va diktatorlik usullari bilan boshqarayotgan fitnachilar guruhi; 2) ba’zi bir lot Amerikasi mamlakatlarida ijroiya hokimiyat organi; 3) Ispaniya, Italiya va Lot. Amerikasi mamlakatlarida jamoat va siyosiy tashkilotlar, birlashmalarning nomi.
Xususiy mulk – Eng qadimgi va keng tarqalgan mulk xususiy shakldagi mulk bo‘lib, u asosan, ayrim shaxslar bilan bog‘liqdir. Alohida fuqaro yoki oila, yuridik shaxsning er hovlisiga qurilishlar bilan uy-joy, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa tadbirkorlik faoliyatida binoning, imoratlar hamda pul vositalari, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar mulki. Xususiy mulk asosiy o‘rinni egallamaguncha va davlat mulki ustunligi yo‘q qilinmaguncha baribir iqtisodiy taraqqiyotning ob’ektivligi nisbatan sun’iylikning ustunligi mavjud bo‘laveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |