Qo‘shilmaslik harakati - sovuq urush davrida, asosan, rivojlanayotgan davlatlar tomonidan, o‘zlarining umumiy manfaatlarini himoyalash va bir-biri bilan raqobat qilayotgan buyuk davlatlar ittifoqi ta’siriga tushib qolmaslik maqsadida tuzilgan harakat.
Harbiy islohot – o‘zgargan ichki va tashqi sharoitlari mosligiga qaratilgan davlat harbiy tashkilotining (qurolli kuchlarini, harbiy boshqarish organlarini mudofaa va oziq-ovkat majmuasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan davlat boshqaruvi) barcha miqdoriy va sifatiy o‘zgarishi. H.i. geosiyosiy vaziyat o‘zgarishi bilan, hamda davlatning dunyodagi o‘rni va roli, uning yangi siyosiy vazifalari, qurolli kurash usuli va yangi vositalarning paydo bo‘lishi, iqtisodiy tushunchalar bilan o‘tkazish, ishlab-chiqarish darajasining o‘zgarishi va boshqalar; bular davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan olib boriladi va qonunda harbiy nizom va boshqa hujjatlarni yuridik tomondan mustahkamlashdir.
Harbiy iqtisod –1) davlatning mudofaa ehtiyojini ta’minlovchi xalq xo‘jaligining maxsus qismi; 2) ushbu ta’minotning qonuniyatlari to‘g‘risidagi nazariy fanlar tizimi.
Harbiy-iqtisodiy resurslar – urushning tayyorgarligi va olib borilishi manfaatlarida qo‘llaniladigan moddiy, ijtimoiy va moliyaviy resurslar; harbiy iqtisod doirasida amalga oshadi. Har bir davlat resurslari cheklangan bo‘lganidan H.i.r. taqsimlash ilmiy asoslangan bo‘lishi shart, mumkin bo‘lgan chegaradan chiqishi, tarqalishi teskari natijalarga olib kelishi mumkin (mamlakat iqtisodining butunlay kuchsizlanishi). H.i.r.ni samarali effektiv qo‘llashda muhim vosita bu ularning taqsimlanishi bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorning mavjudligidir.
Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik – bu iqtisodiy xavfsizlikning davlat mudofaasini ta’minlash muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qismidir. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikning ta’minlanishi davlatning ham ichki, ham tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bu xavfsizlik turini uning keng va tor ma’nosiga qarab ajratish mumkin. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik keng ma’noda – bu davlatning milliy manfaatlari himoyasini kafolatlash va iqtisodiy, harbiy tajovuz sharoitida xalq xo‘jaligining barqaror faoliyatini ta’minlash darajasida davlatning tinchlik davrida milliy xavfsizlikning iqtisodiy va harbiy sohalari o‘rtasida optimal muvozanatni ushlab turishga aytiladi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik tor ma’noda – bu harbiy-iqtisodiy qarama-qarshilik sharoitida barqaror faoliyatni va uning mustaqilligini kafolatlovchi va harbiy-iqtisodiy ehtiyojlarning ongli mudofaa darajasini ta’minlovchi mudofaa-xo‘jalik majmuining rivojlanishini anglatadi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash o‘z ichiga bir biriga o‘zaro bog‘liq ikki jihatni; himoya va hujumkorlikni qamrab olishi zarur va harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash strategiyasini ishlab chiqishda bu ikki jihatdan foydalanish zarur va muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |