Geostrategik mintaqa – bu alohida davlatlar yoki davlatlar guruhining turli xil qarama-qarshi manfaatlari joylashgan yirik jug‘rofiy makon bo‘lib, geostrategik mintaqa o‘zaro bog‘liq va o‘zaro daxldor bo‘lgan milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ifoda etadi.
Ko‘pgina manbalarda “Geostrategik Region” deb yuritiladigan ushbu tushuncha xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab quvvatlash uchun ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan harbiy tahdidlardan ogoh etish va neytrallashtirish (SHimoliy Amerika, Evroosiyo, Afrika geostrategik mintaqa va boshqalar) bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ro‘yobga chiqarishda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan er hududining bir qismini ifoda etadi.
Globallashuv - iqtisodiyot, ijtimoiy munosabatlar va boshqa turli sohalarda milliy davlat chegaralarining shaffoflashuv jarayoni.
Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo‘lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o‘z ichiga oladi jamiyatni boshqaruvi tizim sifatida D. ichki tizimiga ega, o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun maxsus organlarga ega. D. odamlarning va jamoat guruhlarining qo‘shma faoliyati va munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo‘naltiradi va nazorat qiladi. D. uch asosiy funksiya ega; 1) Tashkiliy - jamiyat birligini saqlash va mustahkamlash, tartibni saqlash, munosabatlarni boshqarish). 2) Spetsifik - Davlat siyosatini va milliy manfaatlarini majburiy bajarishga qaratilgan siyosatni olib borish). 3) Huquqiy - uning maqsadi huquqiy tizimni yaratish va uni boshqarish, qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyati, davlat apparati vakolatilarini chegaralash va boshqarishdir. Bu funksiyalarning barchasi ichki (jamiyat ichidagi faoliyat) va tashqi (davlatlararo munosabatlar) turlarga bo‘linib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bir-biriga bevosita tobedir.
Davlat apparati – 1) davlat hokimiyati institutining tarkibiy qismi bo‘lib, uning qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. 2) davlat boshqaruvining barcha bosqichlaridagi xizmat sohasini amalga oshiruvchi muassasa, tashkilot va ularning xizmatchilari majmui.
Davlat bayrog‘i – davlatning rasmiy belgilaridan biri. Dastak yoki bog‘ichga biriktirilgan, belgilangan o‘lcham va rangdagi, ba’zan davlat gerbi, emblemasi tushirilgan mato. Davlat bayrog‘i bayoni konstitutsiyada qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan XII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatsizlik qilgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.
Davlat gerbi – davlatning rasmiy ramzi bo‘lib, muhr, davlat organlarining blanklari, umumdavlat namunasidagi hujjatlar, pul belgilari va b. ko‘p hollarda davlat bayrog‘ining bir qismi hisoblanadi. D.g.ning mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5–moddasida ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining D.g. Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyul kuni bo‘lgan X sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish bilan tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |