Axborot infrastrukturasi – 1) jamiyatda axborotni yig‘ish, etkazish, saqlash, avtomatik ravishda qayta ishlash va tarqatish imkoniyatini beruvchi muhit. 2) axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish markazlari, axborot almashish va telekommunikatsiya kanallari, axborotlar va axborot bozorini himoya kiluvchi tizim va vosita, aloqa liniyalari majmui.
Axborotning ishonchliligi – olingan axborotning ob’ektiv voqelikga mos kelishi va undagi holisonalik.
Axborot resurslari – shaxs, jamiyat va davlatning hayoti va faoliyati jarayonida olingan biror bir shaklda hujjatlangan ma’lumot. Davlatga va davlatga oid bo‘lmagan a.r. bo‘lishi mumkin. Mulk shakliga qarab fuqarolar, davlat hokimligi, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va ko‘shma korxonalar tasarrufida bo‘lishi mumkin.
Bayonot – xalqaro munosobatlarda bir necha davlatning siyosiy partiyasi yoki partiyalari, hukumati yoxud hukumatlarining bir yoki bir necha davlatlarga oid muhim masalalar yuzasidan o‘z rasmiy fikrlari, qarashlari hamda maqsadlarini, ma’lum hatti-harakatlarini qo‘llab- quvvatlashlari yoki aksincha, qoralashlarini, ularga e’tiroz bildirishlarini ifodalaydigan hujjat.
Barqaror ijtimoiy rivojlanish vaziyati–jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudliligi. Qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin barqaror rivojlanishga katta e’tibor berilmoqda. Milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoya qilish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi, davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi vaziyat.
Barqarorlik – qat’iy, turg‘un vaziyat. Barqarorlik narsa va hodisalarga xos qonuniyatli muayyanlikni ifodalovchi tushuncha.
Betaraflik, neytrallik - 1) ma’lum tomonlar, davlatlar tashkilotlar yoki sub’ektlar o‘rtasidagi tortishuv, mojaro, ziddiyatlarga qarshi kurashishda aralashmaslik; 2) qurolli mojarolarga hamda harbiy–siyosiy ittifoqlarga ishtirok etishni inkor etuvchi davlatning alohida, huquqiy statusi va siyosati. B.ni tinchlik va harbiy davrlarda amalga oshirish mumkin. Turli xildagi betaraflik farqlari; ular: doimiy (SHveysariya va Avstriya tomonidan xalqaro tartibda qabul qilingan) kelishilgan, an’anaviy (uzoq vaqt davomida SHvetsiya tomonidan amal qilinib kelinayapti) ijobiy (harbiy, siyosiy ittifoqlarga qo‘shilmaslik siyosatini olib borayotgan, mustaqil rivojlanayotgan davlatlarning paydo bo‘lishi, munosabati bilan urushdan keyingi yillarda keng quloch yoygan) qurolli betaraflik (harbiy kuch yordamida davlat o‘z betarafligini himoya qilishga tayyor ekanligini e’lon qiladi). B. davlatga hujum qilingan holatlarda BMTning oxirgi nizomiga muvofiq davlat alohida yoki jamoa bo‘lib o‘z-o‘zini himoya qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |