Aylanma kapital - ishlab chiqarishda qatnashuvchi va 1 moliyaviy sikl davomida butunlay sarflanadigan mablag‘lar.
Akkreditlash - xalqaro huquqda davlatning diplomatik vakolatxona boshlig‘i yoki biror-bir xalqaro tashkilotda doimiy vakili lavozimiga tayinlanishi va lavozimni bajarishga kirishishi bilan bog‘liq hatti-harakatlar majmui. Akkreditlash jarayoni quyidagilardan iborat: davlat vakolatli organi tomonidan muayyan shaxsni o‘z diplomatik vakili etib tayinlash to‘g‘risidagi ichki hujjatni e’lon qilish, uning xorijiy davlat tomonidan qabul qilinishiga rozilik olish (agreman) hamda yangi ishga tayinlangan vakilning xizmat qiladigan davlat vakolatli organiga ishonch yorliqlarini topshirish. Biror-bir davlatda mavjud tajribaga asosan, diplomatik vakolatxona boshlig‘i ishonch yorliqlarini topshirgan paytdan yoxud o‘z tashrifi haqida xabar bergan va xizmat qiladigan davlat tashqi ishlar vazirligiga tasdiqlangan ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etgan vaqtdan e’tiboran o‘z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi. Davlatning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotning vakolatli organiga vakolat yorlig‘ini topshirgan paytdan boshlab o‘z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi.
Akt (lot. - astus - harakat, actum – hujjat. 1) harakat yoki qilingan ish; 2) rasmiy hujjat.
Aksiya – 1) harakat, biror bir maqsadga erishishga yo‘naltirilgan chiqish yoki harakat (masalan, siyosiy, diplomatik A.); 2)aksionerlik jamiyati kapitaliga mablag‘ qo‘yganligini tasdiqlovchi va uning egasiga dividend ko‘rinishida foydaning bir qismini olishga huquq beruvchi qimmatli qog‘oz. Ko‘pchilik A. egalari aksionerlarning umumiy yig‘ilishlarida masala echimidagi qaror qabul qilishda ovoz berish huquqini beradi.
Aksiyadorlik jamiyati – ustav jamg‘armasi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan, jamiyatning aksiyadorlar oldidagi majburiyatlarini tasdiqlaydigan xo‘jalik sub’ekti. Jamiyat o‘z majburiyatlari uchun o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulklari bilan javobgar hisoblanadi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati – aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalari bilan boshqa aksiyadorlarning roziligisiz, erkin tasarruf qila oladigan jamiyat. YOpiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat ta’sischilar orasida yoki boshqa, oldindan belgilangan shaxslar doirasida taqsimlanadigan jamiyat.
Alternativa (frans. – alternative, lot. – alternes - galmagal kelish) - 1) muqobillik, ikki yoki undan ortiq imkoniyatlar orasidan tanlash zarurati; 2) bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlardan birini tanlash zarurati.